O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA .O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
Tarix fakulteti
Tarix ta`lim y o`nalishi
18.70-guruh talabasi Ergashev Umidjinning
Tarixshunoslik va manbashunoslik fanidan
“Mustaqillik davrida Farg’ona vodiysida amalga oshriligan arxeologik va etnografik tadqiqotlar ” mavzusidagi
KURS ISHI
Mundarija:
Kirish………………………………………………..….3
I.BOB ARXEOLOGIYA FANI VA UNING RIVOJLANISHI.
1.1 Arxeologiya fan sifatida…………………………….5
1.2 O’zbekiston Respublikasi hududida topilgan arxeologik boyliklar.……………………………………………..…..14
II.BOB. FARG’ONA VODIYSIDA AMALGA OSHIRILGAN ARXEOLOGIK ISHLAR.
2.1 Farg’onaning o’ziga yarasha madaniyati.…………….24
Fargona vodiysi antik davrida ……………………………27
III.Xulosa…………………………………………………….30
IV. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati……………………31
Kirish.
Tarix taqozosi shunday bo’ldiki , O’rta Osiyo mintaqasida markaziy o’rinni egallovchi O’zbekiston hududi qadim zamonlardan boshlab , o’troq dehqonchilik va ularning chorvador ko’chmanchilar madaniyati bilan o’zaro tasirga kirishi jarayoni yuz bergan makonga aylandi . Mazkur sivilizatsiyasining moddiy yodgorliklarini o’zbek tuprog’i o’z bag’rida saqlab kelyapti .
O’zbekiston arxeologiyasini o’rganish davri 3 ga bo’linadi .
1 . Rossiya mustamlakasi davri .
2 . Sovet hukmronligi davri .
3 . O’zbekiston mustaqilligi davri .
Rossiya mustamlakasi davrining I bosqichi 1819 – yilda kapitan Muravyov boshchiligidagi arxeologik ekspeditsiyaning yuborilishi bilan bog’liq . Bu ekspeditsiya Xiva xonligi hududidagi turli xil arxeologik yodgorliklarni ro’yxatga oladi . U o’zining ilmiy xulosalarini fransuz , ingliz va nemis tillariga tarjima qilib , bu ilmiy xulosalarga tayangan holda 1 – bo’lib O’zbekiston hududida ibtidoiy odamlar yashaganligi haqida fikr yuritadi .
II bosqich XIX asrning II yarmida boshlangan . Bu davrda Bartold , Jukovskiy , Veselovskiy kabi sharqshunos olimlar , Pun , Lerx , Vyatkin , Paslavskiy , Postroumov va boshqa havaskorlarning O’rta Osiyo arxeologiyasi va tarixini o’rganishga xizmatlari katta bo’ldi .
III bosqich Turkiston havaskor arxeologlar to’garagining tuzilishi bilan bog’liq . 1895 – yilda Bartold tomonidan to’garak tashkil etilgan . 1895 – yilda Astroumov rahbarligida Muzey tashkil etiladi . O’zbekiston arxeologiya havaskorlar to’garagi Bartold boshchiligida tashkil etilgan .
II bosqich ham 3 davrga bo’lib o’rganiladi :
1). 1917 – 1938 – yillarda davom etgan . 1918 – yilda Moddiy madaniyat tarixi va Rossiya akademiyasi tuzildi . Unga barcha arxeologik , san’at , madaniyat va memorchilik yodgorliklarini hisobga olib ularni davlat himoyasiga olish vazifasi qo’yildi . Arxeologik tadqiqotlarni kengaytirish maqsadida O’rta Osiyo hududida 5 ta ekspeditsiya tashkil etiladi .
1. 1936 – yilda Masson boshchiligida Termiz arxeologik ekspeditsiyasi;
2. 1937 – yilda Bernshtam boshchiligida yettisuv arxeologik ekspeditsiyasi;
3. 1937 – yilda Tolstof rahbarligida Xorazm ekspedidsiyasi;
4. 1937 –yilda Masson rahbarligida Farg’ona arxeologik ekspeditsiyasi;
5. 1937 – yilda Shishkin rahbarligida quyi Zarafshon arxeologik ekspeditsiyasi;
2). Ikkinchi bosqichda O’zbekiston hududida arxeologik tadqiqotlar anchagina rivojlandi . Unda sobiq SSR fanlar akademiyasining O’rta Osiyo respublikalaridagi filiallari , Lelingrad va Moskvadagi ilmiy tashkilotlar , moddiy madaniyat tarixi akademiyasi , sharq madaniyati muzeyi kabi tashkilotlar O’zbekiston hududida arxeologik tadqiqotlarni olib bora boshladi . 1939 – yildan boshlab fanlar akademiyasi tashkil topgan .
3). Uchinchi bosqich 1945 – yildan keyingi davrlarni o’z ichiga oladi . Bu davrda yuqoridagi ekspeditsiyalar tarkibiga o’zgartirish kiritildi . Yettisuv eksoeditsiyasina - 1944 – 1949 – yillarda Tyanshan Oliy ekspeditsiyasi , 1951 – 1955 – yillarda esa Qirg’iziston arxeologik etnografik ekspeditsiyasi davom ettiradi . 1946 – 1952 – yillarda Farg’ona arxeologiyasini Bernshtant rahbarligida Pomir oloy va Pomir Farg’ona ekspeditsiyalarini o’rgandi 1970 – yilda Farg’ona ekspeditsiysi tashkiletildi .
Dostları ilə paylaş: |