O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi



Yüklə 94,47 Kb.
səhifə1/13
tarix03.12.2022
ölçüsü94,47 Kb.
#72175
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA‘LIM VAZIRLIGI




BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
PEDAGOGIKA FAKULTETI BOSHLANG‘ICH TA‘LIM ASOSLARI KAFEDRASI
“Matematika darslarida o‘quvchilarni tejamkorlikka o‘rgatish” mavzusidagi


K U R S I SH I
Bajardi: Boshlangìch ta`lim, sport tarbiyaviy ish ta`lim yo`nalishi 14-1BTU-17 guruh talabasi Abdiyeva Tursunoy


ILMIY RAHBAR:


O`qituvchi. Hakimova M.
Buxoro – 2020
1



REJA


KIRISH

  1. BOB. BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING IQTISODIY BILIMDONLIGINI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI

    1. O‘quvchilarning iqtisodiy bilimdonligini rivojlantrish dolzarb pedagogik muammo sifatida

    2. Bolalarni tejamkorlikka o‘rgatish sohasidagi tarixiy tajribalar


  1. BOB. BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI IQTISODGA OID BILIM, TUSHUNCHALARINI RIVOJLANTIRISHGA YO‘NALTIRILGAN MAZMUNLI TEXNOLOGIYALAR

II. 1 Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini iqtisodga oid bilim, tushunchalarini rivojlantirish jarayonining mazmuni, usul va metodlari

  1. 2 Masalalar yechish jarayonida o‘quvchilarda tejamkorlik ko‘nikmasining tarkib topishi

XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI


KIRISH


Mavzuning dolzarbligi. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng ijtimoiy - iqtisodiy taraqqiyotning o‘ziga xos modelini tanladi. Ijtimoiy - iqtisodiy, ma‘naviy-ma‘rifiy sohalardagi o‘zgarishlar qatorida ta‘lim - tarbiya mazmunini yaxshilash , uni muntazam takomillashtirib borish, zarurati vujudga keladi. Bunday yangilanish, O‘zbekiston Respublikasining ,,Ta‘lim to‘g‘risidagi Qonuni’’, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturidada yoritilgan
Darhaqiqat, bugungi kunda jamiyatga har tomonlama rivojlangan ma‘naviy- yetuk, iqtisodiy jihatdan bilimdon , teran fikrlaydigan , yuksak iqtisodiy bilim va madaniyatga ega bo‘lgan yoshlarni yetishtirish muhim ahamiyatga ega. Chunki har bir inson bugungi bozor iqtisodiyoti munosabatlari rivojlanib borayotgan bir sharoitda uni o‘rab turgan iqtisodiy voqelikni anglash, tahlil qilish hamda shunga mos harakatlarni amalga oshirish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi lozim. Bu bilim ko‘nikmalar asosan umumiy o‘rta ta‘lim maktablarida beriladi. Shuning uchun o‘quvchilar ongiga barcha bilim va turli o‘quv ko‘nikmali tarkibiga iqtisodiy bilim va tushunchalarni singdirish ehtiyoji vujudga kelmoqda. Kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarini tejamkorlikka o‘rgatib borish ularda iqtisodiy bilim va tushunchalar yaqindan yordam beradi. O‘quvchilarning iqtisodga, tejamkorlikka oid bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish bugungi kunning dolzarb muammolardan biriga aylanib qolmoqda.
Iqtisodiy bilim yoshlarga mavjud boyliklarni ehtiyot qilish, asrab-avaylash, tejamkor, uddaburon, ishbilarmon, halol, rostgo‘y, mehnatsevar, diyonatli bo‘lishni o‘rgatadi. Shuning uchun iqtisodiy bilim berish, tejamkorlikka o‘rgatish yoshlikdan, bola endi maktabga kelgan davrdan boshlansa, ijtimoiy hayotda sifat o‘zgarishlari sodir bo‘lib o‘sishi mumkin. Bugungi kunda o‘quvchilarimizga fan asoslarini o‘rgatar ekanmiz, ular hayotda shunday masalalarga duch kelishlarini, ularni yechish, tushunib olish uchun iqtisodiy bilim, tushuncha tejamkorlikka oid ko‘nikma va malakalariga ega bo‘lishi lozimligini tushuntirish kerak. Kuzatish va tajribalar shuni ko‘rsatmoqdaki, ko‘pcilik boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari matematika darslarida dastur va darslikdagi masalalarni yechish bilan

cheklanmay, o‘quvchilarni tejamkorlikka doir qo‘shimcha va malakalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan o‘quv topshiriqlari ustida ham ishlashadi. Kundalik turmushimizda ishlatiladigan elektr chiroqlari, tabiiy gaz, suv kabi tabiat ne’matlaridan oqilona tejamkorlikka rioya qilgan holda foydalanishga oid o‘quv topshiriqlari tuzish va ulardan amalda to‘g‘ri foydalanishga o‘rgatish masalasi bugungi kunda har bir boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi oldida turgan muhim vazifalardan biri hisoblanadi.



Yüklə 94,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin