01.02.2021
2961-сон 10.01.2018. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan, O‘…
https://lex.uz/ru/docs/-3497684
1/3
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM
VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING
QARORI
O‘ZBEKISTON YOSHLAR ITTIFOQI TOMONIDAN OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA TO‘LOV-
KONTRAKT ASOSIDA TAHSIL OLAYOTGAN, O‘ZBEKISTON YOSHLAR ITTIFOQINING FAOL
A’ZOSI BO‘LGAN TALABALARNI MODDIY QO‘LLAB-QUVVATLASH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI
NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 10-yanvarda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat
raqami 2961]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-iyuldagi PF-5106-son “Yoshlarga oid davlat siyosati
samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi Farmoni va
2017-yil 18-iyuldagi PQ-3138-son “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini takomillashtirishga doir kompleks
chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va
Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida tahsil
olayotgan, O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zosi bo‘lgan talabalarni moddiy qo‘llab-quvvatlash tartibi
to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.