Mavzu:Boshlang‘ich sinflarda «tarbiya» fanini bosqichma-bosqich
amaliyotga joriy etish va ijtimoiy kompetensiyalarni shakllantirish (1-4 sinf
tarbiya darsi)
Kompetensiya (lot.competo-erishyapman, munosibman, loyiqman) –u yoki
bu
sohadagi bilimlar, tajriba. O‘qituvchi - muallimlarning shaxsiy ijtimoiy
sifatlariga azaldan e’tibor qaratib kelingan va har bir zamon talabidan kelib chiqib,
pedagogga qo‘yiladigan talablar
takomillashib, murakkablashib boravergan.
Zardo‘sht ta’limotida, “muallim — kohinlarning burchlari bolalarga bilimlarni
yaxshilik yo‘sinida o‘rgatib, ularni yaxshi bilan
yomonni ajratadigan qilib
tarbiyalash va to‘g‘ri yo‘lga hidoyat etishdir” deyilgan. Uning “yasht”larida aqlu
farosat bilan, yomonlikka qarshi kurashni amalga oshirib,
bolalar ruhiyatiga rost
so‘z, pok aqida, halol niyatni singdiradigan ustoz-muallimlar
peshvosi madh
qilinadi.
Shuningdek,
“Avesto”ning
“Yasht”larida
tanballigi,
befarqligi,
mas’uliyasizligi, loqaydligi, farosatsizligi, o‘quvsizligi,
bilimi va malakasini
takomillashtirmasligi oqibatida bolalar zehnini, ularning
mustaqil tafakkurini
o‘tmaslashtiradigan, ayni chog‘da, yoshlarning aqlini “Zanglatadigan”, hayotga,
mehnatga munosabatlarini susaytiradigan, imon-e’tiqodini zaiflashtirib, ma’anaviy
jihatdan qashshoqlashtiradigan “Yomon ustozlar” qattiq qoralanadi.
Zardushtning oliy tangri Ahuramazda bilan muloqotida ham yaxshi va yomon
ustozlar haqida shunday deyiladi: “Noshud, yomon muallim o‘quvchi qalbidan
hunarmandchilikni yo‘qotar ekan, ey yazdon, yomon ustozdan o‘zing asra”.
Talabalarga bilim berish o‘qituvchining mas’uliyatli burchidir, deb
Ibn Sino
o‘qituvchining shaxsiyati qanday bo‘lishi kerakligi haqida quyidagi fikrlarni
bildirgan:
— bolalar bilan muomalada bosiq, jiddiy bo‘lish;
— beriladigan bilimni talabalar qanday o‘zlashtirib olayotganiga e’tibor
berish;
— ta’limda turli usul va
shakllardan foydalanish;