8-MAVZU: Yordamchi soʻzlar. Alohida guruh soʻzlar. Yordamchi soʻzlar
ta’rifi va ularning turlari. Modal soʻzlar va ularning tasnifi. Undov soʻzlar va
ularning tasnifi. Taqlid soʻzlar va ularning tasnifi.
Reja:
1.Yordamchi so’z turkumlari haqida umumiy ma’lumot.
2. Ko‘makchilarning grammatik xususiyatlari, turlari.
3.Ko‘makchi va kelishik affikslari.
4. Bog’lovchilarning grammatik xususiyatlari, turlari.
5. Yuklamalarning grammatik xususiyatlari.
6. Yuklamalarning ma’no va tuzilishiga ko‘ra turlari.
Yordamchi so`z turkumlari mustaqil so`z turkumlaridan farqlanadi. Ular
lug`aviy ma’noga
ega emas, morfologik jihatdan o`zgarmaydi,
gapda sintaktik
vazifa bajarmaydi, yasalish xususiyatiga ega emas.
Mustaqil lug`aviy ma’noga ega bo`lmay, gap bo`laklari va gaplarni o`zaro
bog`lash, xilma-xil munosabatlarni ko`rsatish yoki ularga qandaydir qo`shimcha
ma’no qo`shishga xizmat qiladigan so`z turkumlari yordamchi so`z
turkumlari
deyiladi. Yordamchi so`z turkumlariga bog`lovchi, ko`makchi va yuklama kiradi.
Ko’makchilar
Ot, olmosh,
harakat nomi,
sifatdoshlardan keyin kelib, ularni hokim so’zga
bog’lash uchun xizmat qiluvchi yordamchilar. Ko’makchilar o’zgarmaydi,
kelishiklarni (bosh,
qaratqich, jo’nalish, chiqish)
boshqaradi, ma’no
va vazifasi
jihatdan kelishik qo’shimchalariga yaqin turadi.
Ko’makchilar kelib chiqishiga ko’ra 2 xil:
1) Sof ko’makchilar – atash ma’nosini tamoman yo’qotib, faqat o’zi birikkan
so’zni boshqa so’zga tobelantirib bog’lash uchun xizmat qiladigan ko’makchilar:
bilan, uchun, kabi, sari, sayin, qadar, singari, uzra, tufayli, haqida
.
Sof ko’makchilar urg’u olmaydi. Urg’u ko’makchi bilan birga kelgan mustaqil
so’zning oxirgi bo’g’iniga tushadi. Shuning uchun ko’makchi
ohang tomonidan
o’zidan oldingi so’z bilan
bir butunlikni tashkil qiladi, lekin yozuvda ko’makchi
doimo ajratib yoziladi.