Psixologiya yo‘nalishi 19. 18 guruh talabasi Komilov Shuxratjon Nurmuxammad о‘g‘li Tibbiyot psixologiyasi



Yüklə 127,5 Kb.
səhifə1/10
tarix31.01.2023
ölçüsü127,5 Kb.
#81890
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Psixosomatikada diagnostika xususiyatlari. Psixosomatik kasalliklarda psixosotsial Qoʼllab-quvvatlash va terapiya


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI
PEDAGOGIKA –PSIXOLOGIYA FAKULTETI
PSIXOLOGIYA YO‘NALISHI
19.18 guruh talabasi Komilov Shuxratjon Nurmuxammad о‘g‘li


Tibbiyot psixologiyasi fanidan
“Psixosomatikada diagnostika xususiyatlari. Psixosomatik kasalliklarda psixosotsial Qoʼllab-quvvatlash va terapiya mavzusidagi
KURS ISHI

Ilmiy rahbar:---------------------------


Farg‘ona- 2022
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-martdagi “Psixiatriya yordami ko‘rsatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-3606-son qaroriga muvofiq aholiga psixiatriya yordamini ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish, psixiatriya muassasalarini zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jihozlash (qo‘shimcha jihozlash), shuningdek axolining ruxiy salomatligi masalalari va respublika psixiatriya muassasalari binolarini qurish va rekonstruksiya qilish dasturlari bajarilmoqda. 2019 — 2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi aholisining ruhiy salomatligini muhofaza qilish xizmatini rivojlantirish konsepsiyasini 2019-2020-yillarda amalga oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda bu qarorlarning qabul qilinishi ham mavzumizning dolzarbligini ifodalaydi. Psixologik bilimlarni inson tomonidan o’rganilishi shuning uchun ham muhimki odamlarning bilimdonligi nafaqat tashqi olamda ro’y berayotgan ob‘ektiv hodisalar mohiyatiga aloqador bilimlar majmuiga ega bo’lish bilan, balki hayotda munosib o’rin egallash, o’z ichki imkoniyatlari va salohiyatidan samarali foydalangan holda faoliyatini oqilona tashkil etishning barcha sirlaridan boxabar bo’lish, o’ziga va o’zgalarga ta‘sir ko’rsatishning usul va vositalarini bilish va ulardan o’z o’rnida unumli foydalanishni nazarda tutadi. Kundalik hayotning tobora shiddatli tus olayotgani insonga bo’layotgan axborot xurujining ko’pligi, ijtimoiy muammolarning haddan ziyod zidlashuvi natijasida asablarning taranglashishi juda ko’p insonlarni stress holatiga duchor etmoqda. Shu nuqtai nazardan bizning tanlagan mavzuimiz talabalik yoshi davridagi psixologik salomatlik omillari nazariy va amaliy yoritishga asoslanganligi bilan ahamiyatga egadir. Zero mamlakatimizning birinchi prizidenti I.A.Karimov tabiri bilan aytganda “ Biz farzandlarimizni 21 asr talablariga to’liq javob beradigan yosh avlodni tarbiyalashni o’z oldimizga maqsad qilib oldik”1 – deya bildirgan firlarida salmoqli e’tibor yoshlarga qaratilganligini anglash mumkin . Mamlakatimiz prizidenti Sh . M.Mirziyoyev 2016 yil yakunlari va 2017 yilga mo’ljallangan ishlarning taxliliy masalalarida katta e’tibor ta’lim tarbiya va ilm fan va salomatlik masalalariga qaratilishini Vazirlar Maxkamasining qo’shma yig’ilishida taxlil qilib o’tganlar . 2
Ba'zan shunday gaplarni eshitib qolamiz: tomoq stress natijasida og‘riydi, saraton birovni kechira olmaslik va adovat saqlash tufayli rivojlanadi, allergiya esa ichda yutilgan g‘azab natijasida "tashqariga chiqadi" - psixosomatikaga doir ilmiy ishlarda shunday izohlarni ko‘p uchratish mumkin. Qisqasi, bizning kasalliklarimizda g‘am-tashvishlarimiz aybdor. Bu psixosomatika deyiladi.  Bu qandaydir yangilikmi? Yo‘q, bir zamonlar hatto Gippokrat ham insonning sog‘lig‘i uning fe'l-atvoriga bog‘liq ekani haqida aytgan: "Melanxoliklar nafaqat tushkun kayfiyatdan aziyat chekishadi, balki qorin sohasida xuddi nina sanchilgandek og‘riqlarni his qilishadi". 1920 yilda sil bilan kasallangan Frants Kafka o‘zining holatiga shunday ta'rif bergan: "Mening ongim kasal, o‘pkamdagi kasallik esa shunchaki ruhiy kasalligimning aksidir". Yozuvchi Ketrin Mensfild ham shu kasallikka chalinib, o‘zining kundaligida shunday yozadi: "Rasvo kun... Azobli og‘riq va hokazo. Bu faqat jismoniy zaiflik emas. Sog‘ayib ketish uchun men o‘zimning "men"imni tuzatishim kerak. Shifo topmayotganimning asl sababi ham shunda. Mening ongim menga bo‘ysunmayapti".

Yüklə 127,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin