Qishloq xo’jaligida innovatsion texnologiyalarni joriy etishning asosiy vazifalari mundarija kirish
QISHLOQ XO’JALIGIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNI JORIY ETISHNING ASOSIY VAZIFALARI
MUNDARIJA
KIRISH……………………………………………………………………
1-BOB. QISHLOQ XO’JALIGIDA ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYALARINI JORIY ETISHNING NAZARIY ASOSLARI…
Qishloq xo’jaligida innovatsion texnologiyalarning tashkiliy shakllari va xususiyatlari……………………………………
Qishloq xo’jaligida innovatsion texnologiyalarni joriy etishning vazifalari………………………………………………………………….
Qishloq xo’jaligida innovatsion texnologiyalarni joriy etishning xususiyatlari……………………………………………………
2-BOB. QISHLOQ XO’JALIGIDA ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYALARINI JORIY ETISHNING XORIJIY TAJRIBALARI VA AMALIY JIHATLARI………………………………………………
2.1. Qishloq xo’jaligida innovatsion texnologiyalarni joriy etishning jahon
tajribasini o’rganishni ahamiyati……………………..
2.2. Qishloq xo’jaligida innovatsion texnologiyalarni joriy etishning
zamonaviy holati tahlili
XULOSA……………………………………………………
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………………
2
KIRISH
1-BOB. QISHLOQ XO’JALIGIDA ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYALARINI JORIY ETISHNING NAZARIY ASOSLARI
1.1 Qishloq xo’jaligida innovatsion texnologiyalarning tashkiliy shakllari va xususiyatlari
Respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bozor munosobotlarini shakllantirish jarayonida, mamlakatimiz va xorijiy tadqiqotlar tomonidan qator ilmiy izlanishlar va fundamental tadqiqotlar manbalarni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlanib «innovasiya»ga – jarayon sifatida qaraldi. Davlat tomonidan innovasiyani rivojlantirish va uning konsepsiyada, innovasiya vaqt mobaynida rivojlanishida uning faoliyatida tashkiliy shakllari aniq ifodalangan bosqichlarga ega bo'lishi taqiqlanadi. Innovasiyaning dinamik va statistik jihatlaribo'lib, dinamik jihatdan innovasiya iqtisodiy ko'rsatkichlarnitahlil qilish jarayonidir. Statistik jihatdan innovasiya –ilmiy-ishlab chiqarish siklining (IIS) pirovard natijasidir.Ushbu natijalarda o'ziga xos muammolarga ega bo'ladi. «Innovasiya» va «innovasiyaviy jarayon» atamalari o'zaro yaqin bo'lsada, ammo ular bir xil emas. Innovasiyaviy jarayon innovasiyalarning shakllarini yaratish, o'zlashtirish tarqatish bilan bog'liqdir ilmiy izlanishlar; fundamental tadqiqotlar; innovasion loyihalarni qo'llab-quvatlash; innovasiyani yaratuvchilar (novatorlar) mahsulotning hayotiy sikli va iqtisodiy samaradorlik kabi mezonlardan keng foydalanadi. Ularning strategiyasi, agrotarmoq va zamonaviy yangiliklarni yaratib, raqobatdoshlardan ustun bo'lishdir. Qishloq xo'jaligida davlat tomonidan innovasiyani tartibga solishda ilmiy-texnik ishlanmalar, yangiliklar ilmiy-ishlab chiqarish jarayoni undan olingan iqtisodiy samarasi va amaliyotga qo'llanilish jarayoni o'z-o'zidan ilmiy-texnik innovasiyalarga aylanadi. Ilmiy-texnik ishlanmalar va ilmiy natijalar kashfiyotlar yangi bilimlar asosida, ishlab chiqarishga joriy etish maqsadida vujudga keladi. Ilmiy-texnik innovasiyalar (ITI)- ishlab chiqarish jarayonidagi yangi g'oya, bilimlar, kashfiyotlar va ilmiy-texnik ishlanmalarning moddiylashgan ko'rinishidir. Ilmiy-texnik innovasiyalarning asosiy maqsadi – iste'molchilar ehtiyojini ilmiy asosda qondirish orqali foyda olishdir. Innovasiyaning xususiyatlaridan biri ilmiy-texnik yangilik ishlab chiqish va amaliyotda qo'llanilishini ko'zda tutadi. Innovasiyani tijorat nuqtai nazaridan amalga oshirish mumkin. Unga erishish uchun muayyan sharoitlar mavjud bo'lishi lozim. Qishloq xo'jaligida iqtisodiy rivojlanishni davlat tomonidan tartibga solishda innovasiya va innovasiyaviy jarayonni shakllarini hisobga oladi. CHunki innovasiya uchun uchta ta xususiyat:
1) ilmiy-texnik yangilik;
2) ishlab chiqarishda qo'llanilishi;
3) tijorat nuqtai nazaridan amalga oshirilishi bir xil xizmat qiladi.
Agar birortasi qatnashmasa innovasiyaviy jarayonga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Tijorat jihati innovasiyani bozor ehtiyojlarini qondirishga iqtisodiy zaruriyat sifatida ta'riflash mumkin. Bunda innovasiyalarni yangi texnik takomillashgan mahsulotga aylantiruvchi «moddiylashtirish» va ularni daromad manbasiga aylantiruvchi «tijoratlashtirish» e’tiborga olindi.
Qishloq xo'jaligida texnologik innovasiyalar bu korxonaning texnologik yangi mahsulotlar va jarayonlarni, mahsulotlar va jarayonlarda sezilarli darajada takomillashtirilgan usullarni ishlab chiqish va joriy etish bilan bog'liq faoliyatni o'z ichiga oladi.
Qishloq xo'jaligida innovasion jarayonni shakllarini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashda ilmiy-texnik innovasiyalar o'z ichiga quyidagilarni oladi:
a) yangilikka ega bo'lishi;
b) bozor ehtiyojini qondirishi;
v) ishlab chiqaruvchi foyda olib olish.
Innovasiyalarni amaliyotga tatbiq etish va ularni yaratishda, innovasiya jarayonining shakllari (IJ) tarkibiy qismi hisoblanadi.
Qishloq xo'jaligida innovasiya jarayonini uchta mantiqiy shaklga ajratish mumkin:
1. Oddiy tashkilot ichidagi (natural);
2. Oddiy tashkilotlararo (tovar);
3. Kengaytirilgan.
1.Oddiy tashkilot ichidagi innovasiyani yaratish va undan foydalanish bitta korxona tarkibida bo'ladi. Bunda innovasiya bevosita tovar shaklini olmaydi.
2.Oddiy tashkilotlararo innovasiya jarayonida innovasiya oldi-sotdi predmeti bo'lib xizmat qiladi. Buning vazifasi innovasiyani yaratish va ishlab chiqarish funksiyasini iste'mol qilish funksiyasidan ajratadi.
3.Kengaytirilgan innovasiya jarayoni innovasiya mahsulotlari ishlab chiqaradiganlarni ortib borishida namoyon bo'ladi. Bu esa mamalakatda o'zaro raqobat natijasida ishlab chiqarilayotgan, mahsulotning iste'mol darajasining ortib borishiga va uni qadrlanishiga xizmat qiladi.
Innovasiya jarayoni sharoitida ikkita xo'jalik subyekt faoliyat yuritadi:
1) innovasiya ishlab chiqaruvchi (yaratuvchi);
2) iste'molchi (foydalanuvchi).
Agarda innovasiya texnologik jarayon ko'rinishida bo'lsa, ishlab chiqaruvchi va iste'mol qiluvchi bitta xo'jalik subyektida birlashgan bo'ladi.
Innovasiya jarayoni tovar jarayoniga aylanib borishi natijasida ikkiga bo'linadi: a) yaratish va tarqatish;
b) innovasiya diffuziyasi funksiyasini bajaradi.
Birlashgan qismida asosan, ilmiy tadqiqotlar va tajriba konstruktorlik ishlarining ketma-ket bosqichlari, tajriba ishlab chiqarish va savdoni tashkil etishni va tijorat ishlab chiqarishini tashkil etishni o'z ichiga oladi. YAratish va tarqatish qismida innovasiyaning foyda olish va samara olishi amalga oshirilmaydi. Balki uni amalga oshirish uchun sharoit yaratiladi. Ikkinchi qismida jamiyat uchun foyda olish innovasiya ishlab chiqaruv chilari, hamda ishlab chiqaruvchilar va iste'molchilar o'rtasida qayta taqsimlanadi. Diffuziya natijasida ishlab chiqaruvchi va iste'molchilar sonining oshishi va ularning sifat ko'rsatkichlari o'zgaradi. Innovasiyaviy jarayonlarning doimiyligi, innovasiya larning bozor iqtisodiyotidagi diffuziyasi tezligi va kengayi shiga ta'sir ko'rsatadi.
Innovasiyaviy jarayonni samarali boshqarishni tashkil etishning ikkita yo'nalishi mavjud:
1. Innovasiya loyihalarini barcha bosqichlarini yagona uzluksiz jarayonga birlashtirish, boshqaruv tizimining barcha pog'onalari tuzilmasini o'zgartirish, ular o'rtasidagi aloqalarni vertikal va gorizontal muvofiqlashtirish. Bunday tendensiyalar, yirik miqyosdagi vazifani bajarish va resurslarni jamlashda paydo bo'ladi;
2. Innovasiya jarayonlarni boshqaruv tizimini boshqarishni mustaqil obyektiga ajratish, hamda innovasiyaviy tuzilmalarningishlab chiqarish funksiyalarini, tarmoqdagi ish bajaruvchi bo'linmalardan ajratishdan iborat.
Amaliyotda, birontasiga ustunlik boshqaruvchisida berilgan ikkala yondashuv ham qo'llaniladi. Bunda yirik ilg'or chet el kompaniyalari, bozordagi o'zgarishlariga javoban, mavjud resurslarni qayta guruhlash maqsadida o'z ilmiy-ishlab chiqarish
majmuasini qayta tashkil etilishini amalga oshiradilar. Innovasiyaviy jarayonni amalga oshirish uchun korxona tashkiliy tuzilmasini optimallashtirish, yuqori rahbariyatning muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.
Innovasiyalarni ishlab chiqish va ishlab chiqarish uchun, odatda, mustaqil korxona kabi faoliyat yurituvchi, ya'ni o'z ishlab chiqarish va bozor siyosatini amalga oshiruvchi maxsus bo'linmalar tashkil etiladi. Ushbu bo'linmalar savdo va daromad hajmi dinamik o'sib borishida o'z faoliyatini yuritadi, o'sish sekinlashganda esa ular
qayta tashkil etiladi: boshqa bo'linmalar bilan qo'shiladi, yoki kichikroq mustaqil bo'g'inlarga bo'linadi. Agarda bir vaqtning o'zida bir nechta bo'linmalarda ilmiy-texnik muammolar vujudga kelsa, ularni yengib o'tish uchun maxsus bo'g'in tashkil etish maqsadga muvofiq bo'ladi. Ikkita bo'g'in manfaatlari o'rtasida ziddiyatlar
kelib chiqqan taqdirda, bir vaqtning o'zida ikkita bo'linma ishini nazorat qilib boradigan «soyabon» guruh tuziladi.
Innovasiyaviy faoliyat rivojlanishining o'ziga xos tendensiyasi sifatida korxonalar o'rtasida bir-biri bilan integrasiyaviy aloqalarni izlash xizmat qiladi. Bu moliyaviy mablag'lar tanqisligi, kreditlarning qimmatligi, ilmiy-tadqiqot ishlarining murakkablashuvi va qimmatliligi, mahsulot hayotiy sikli davomiyligini qisqarishi, turli xil texnologiyalardan majmuaviy tarzda foydalanish zaruriyatidan kelib chiqadi.
Shuning uchun ham innovasiyaviy faoliyatni amalga oshirish uchun korxonalar o'rtasidagi kooperasiya, ko'pgina hollarda korxona ichida innovasiyaviy faoliyatni tashkil etish nisbatan samarali bo'lib chiqadi. Bunday kooperasiya quyidagi ko'rinishlarda bo'lishi mumkin:
kompaniyalar tomonidan pay asosida yaratiladigan tarmoq institutlari;
universitetlar va kompaniyalar birlashuvi bazasida paydo bo'ladigan innovasiyaviy markazlar;
moliya-sanoat guruhlari (MSG), xoldinglar va boshqa
yirik birlashmalar.
Hozirgi sharoitlarda muvaffaqiyatli ilmiy-texnik rivojlanishga korxonalarning MSGlar, xolding tuzilmalari va boshqa yirik birlashmalarga integrasiyasi yordam beradi. U yerdagi aloqalar gorizontal (tarmoq), vertikal (tarmoqlararo), aralash (vertikal plyus gorizontal) va diversifikasion (birlashish – qo'shib olish asosida) turlarga ajratiladi. Odatda, dinamik rivojlanayotgan MSGlar tarkibida ilmiy-tadqiqot va texnologik markazlar, laboratoriyalar kabi ixtisoslashgan innovasiyaviy tuzilmalar tashkil topgan bo'lsa, yetakchi strategiyani amalga oshirayotgan MSGlar tarkibida venchur tuzilmalar mavjud bo'ladi.
Korxonalarni xo'jalik faoliyatining tahlili asosida qayd etish mumkinki, korxona o'lchami, umuman olganda, innovasiyaviy jarayon samaradorligiga ta'sir ko'rsatmaydi. Yirik korxonalarning ustunliklari quyidagilar:
qimmatbaho innovasiyalarni amalga oshirishda katta moddiy, moliyaviy va intellektual resurslar mavjudligi;
turli bilim sohalaridagi mutaxassislarni birlashtiruvchi ko'p maqsadli tadqiqotlarni o'tkazish imkoniyati;
parallel tarzda bir nechta ishlanmalarni olib borish va ulardan optimal variantni tanlash imkoniyati;
ayrim innovasiyalar muvaffaqiyatsiz tugaganda bankrotlikka uchrashning past ehtimoli.
Kichik korxonalarning ustunliklari quyidagilar:
o'ziga xos ishlarga tezda o'z e'tiborini qaratish, mobillik va noan'anaviy yondashuv;
yirik korxonalar uchun olinishi mumkin bo'lgan natijalar istiqbolsiz, cheklangan yoki kam daromad va katta tavakkalchilikga ega bo'lgan sohalarda faoliyat yuritish imkoniyati;
byurokratik boshqaruvning deyarli yo'qligi.
Dostları ilə paylaş: |