Rivojlanish falsafasi. Falsafaning fan va dunyoqarashga doir mohiyati



Yüklə 44,41 Kb.
səhifə1/10
tarix15.04.2023
ölçüsü44,41 Kb.
#98444
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Referat 1




MAVZU: FALSAFANING FAN VA DUNYOQARASHGA DOIR MOHIYATI. BORLIQ FALSAFASI (ONTOLOGIYA). RIVOJLANISH FALSAFASI.


REJA:

1. FALSAFANING FAN VA DUNYOQARASHGA DOIR MOHIYATI.


2. BORLIQ FALSAFASI (ONTOLOGIYA).
3. RIVOJLANISH FALSAFASI.

FALSAFANING FAN VA DUNYOQARASHGA DOIR MOHIYATI.
FALSAFA” tushunchasi yunoncha phileo – sevaman va sophia – donolik so’zlaridan kelib chiqqan bo’lib, mazkur atamaning dastlabki ma‘nosini donolikka muhabbat deb talqin qilish mumkin. Falsafa so’zini ilk bor qadimgi yunon mutafakkiri Pifagor miloddan avvalgi VI asrda tayyor holda (afsonalar, rivoyatlar, an‘analar orqali) avloddan avlodga o‗tuvchi bilim bilan inson o’z aqliga tayanib, mushohada yuritish va tanqidiy fikrlash yo’li orqali olishi mumkin bo’lgan bilimni farqlash maqsadida ishlatgan.
Sharqda «Ikkinchi Arastu», «Ikkinchi muallim» deya e‘tirof etilgan buyuk mutafakkir Abu Nasr Farobiy filosofiya so’zini «Hikmatni qadrlash» deb talqin etgan. Falsafa Sharq xalqlari ijtimoiy tafakkurida «donishmandlikni sevish» degan mazmun bilan birga, olam sirlarini bilish, hayot va insonni qadrlash, umr mazmuni haqidagi qarash va hikmatlarni e‘zozlash ma‘nosida ishlatilgan.
Hayot qonuniyatlarini yaxshi biladigan, umrning o‗tkinchi ekani, abadiyat insonga emas, olamga xosligini yaxshi anglab etgan, o’zi va o’zgalar qadrini to’g’ri tushunadigan kishi hech qachon
«Men — donishmandman» deya ochiq e‘tirof etmaydi. Ayniqsa, Sharq xalqlari hayotida bu hol yaqqol ko’zga tashlanadi. Ammo, Farobiy ta‘kidlaganidek, hikmatni qadrlash, olam va odam hamda hayotning qadriga etish — boshqa gap. Shu ma‘noda, bizda qadim zamonlarda faylasuf deganda,
Ko’pdan-ko’p ilm sohalarini egallagan, ustoz va muallim sifatida shuhrat qozongan alloma va mutafakkir kishilar tushunilgan.
Donishmandlar deb, asrlar sinovidan, eng so’nggi haqiqat manbai sifatidagi bilimlarga ega bo’lgan bashoratgo’ylar, kohinlar va oqsoqollar e‘tirof etilgan. Ularning so’zlari birdan-bir to’g’ri deb qabul qilingan. FAYLASUF esa, qadimgilar fikriga ko’ra donishmandlik muxlisi bo’lishi, e‘tiqod sifatida qabul qilingan tayyor haqiqatlarga emas, balki o’z aqliga tayanib, ijodiy yo’l bilan, shuningdek boshqa faylasuflar tomonidan olingan bilimlar va tajribadan foydalangan holda maqsadga intilishi lozim bo’lgan.

Yüklə 44,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin