Sanoat binolarining hajmiy – rejaviy yechimi



Yüklə 107,01 Kb.
səhifə1/4
tarix06.12.2022
ölçüsü107,01 Kb.
#72550
  1   2   3   4
sanoat


Sanoat binolarining hajmiy rejaviy yechimi


Reja:



  1. Sanoat binolarining hajmiy – rejaviy yechimi

  2. Sanoat binolari kavatini tanlash.

  3. Binolarning tuzilmaviy sxemalari.


Sanoat binolarining hajmiy – rejaviy yechimi
Har qanday sanoat binosining hajmiy-rejaviy yechimi, bino ichida bo‘layotgan texnologik jarayonga bog‘liq. Texnologik jarayon o‘z navbatida ishlab chiqarish texnologik sxemasini aniqlab beradi. Sxemada ishlab chiqaradigan mahsulotning ketma-ketligi, texnologik asbob-uskunalar xarakteri va joylanishi, syex ichidagi transport ko‘rinishi va yuk ko‘tarishi, xonalar o‘lchami va joylanishi aniqlanadi.
Shuningdek sxemada keltirilayotgan xom ashyo va yordamchi materiallar, chiqarilayotgan tayyor mahsulot, ishlab chiqarishda chiqayotgan chiqindilarni (otxodi) alohida qilish va injenerlik tarmoqlarini (seti) qulay joylashtirish kabi masalalar ko‘zda tutiladi.
Bundan tashqari texnologik sxema chiqarilayotgan mahsulot va asbob-uskunalar xarakteri va massasiga qarab binoning qavatlari qanday bo‘lishini bildiradi.
Sanoat korxonalari bosh rejasida bino va inshootlarni joylashtirish, ular orasidagi masofalar, transport va muhandislik tarmoqlarini o‘tkazilishi korxona uchun qabul qilingan texnologik sxemaga bog‘liq.
Syexlarni rasional rejalash uchun texnologik asbob- uskunalar va tayyor mahsulotlar gabaritlari, ishlash joylari xarakteri, o‘tish joylar va yo‘llar eni, hamda ishlab chiqarish asbob- uskunalarini o‘rnatish sxemasini bilish kerak.
Sanoat ishlab-chiqarayotgan mahsulotiga qarab klassifikasiya bo‘yicha 250 ga yaqin ishlab chiqarish bo‘lim (otrasli) va guruhlarni birlashtiradi. Shuning uchun sanoat binolari ko‘rinishlari va tiplariga qarab, ularning konfigurasiyalari va o‘lchamlarini rejalashtirish keng ko‘lamli.
Hamma ko‘rinishdagi rejalashtirish asosan 2 tipga bo‘linadi: alohida (razdelniye) va yoppa (sploshniye) (Rasm 6)
Birinchi tipga quvvati kam bo‘lgan korxonalar kiradi, hamda ularga ishlab chiqarish kichik oraliqli alohida turgan binolarga joylashgan bo‘ladi.



Yüklə 107,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin