Sinf: 3-“А” Sana



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə1/6
tarix30.12.2022
ölçüsü0,65 Mb.
#78163
  1   2   3   4   5   6
3 А ochiq dars ishlanmasi




Sinf: 3-“А”
Sana:31.01.2022
Fan:O’qish
Mavzu: Jaloliddin Manguberdi
Darsning maqsadlari:

Ta’limiy:

o’quvchilarni “Jaloliddin Manguberdi” hikoyasi matni bilan tanishtirish, yozuvchi Mirkarim Osim, Jaloliddin Manguberdi haqida ma’lumot berish . FK1-Hikoya, ertak, hadis va ixcham matn asosida yaratilgan audiomatn, videotasvirlarni tinglab tushuna oladi; matnni tushunib ongli, to’g’ri, ifodali (bo’g’inlamay sidirg’a) o’qiy oladi va ularning mazmunini to’liq yoki qisqartirib qayta aytib bera oladi; O’rganilgan mavzular doirasida bayon va bolalar yozuvchilari , ularning asarlari nomini mustaqil yoza oladi;



Tarbiyaviy :

o’quvchilarni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash. Ularlarda Jaloliddin Manguberdi kabi vatanparvar ajdodlarimiz bilan faxrlanish , tinchlikni qadrlash tuyg’usini shakllantirish; dars jarayonida jamoat transportida o’zini tutuish odobi, yo’l harakati qoidalariga oid bilimlarini mustahkamlash va o’quvchilarni kasbga yo’naltirsh.
TK2-Milliy va umuminsoniy qadriyatlarni e’zozlash;
TK3-Badiiy adabiyotda go’zallik va ezgulikdan o’rnak olish,yovuzlikdan nafratlana bilish



Rivojlantiruvchi:

o’quvchilarning og’zaki nutqi, so’z boyligi, fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish va ularning faolligini,tezkorligini o’stirish. FK2-O’rganilgan asar nomi, mazmuni va qahramonlarini ajrata oladi va o’qituvchi yordamida ularga baho bera oladi; o’qilgan asarga doir savol va topshiriqlarga javob bera oladi; matndagi so’z va so’z birikmalarining ma’nolarini izohlay oladi; asar mazmunidan ta’sirlana oladi; asar qahramonlariga munosabat bildira oladi.




Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin