Sinf rahbarining faoliyatiga qo’yiladigan pedagogik va psixologik talablar ii-bob. Sinf rahbarining o`quvchilar bilan ishlash mahorati 1



Yüklə 50,61 Kb.
səhifə1/6
tarix22.05.2023
ölçüsü50,61 Kb.
#119936
  1   2   3   4   5   6
To\'lanboyeva Iroda


Mundareja: Kirish………………………………………………………………………….….…...2
I-BOB. Sinf rahbarining o`quvchilarga bo`lgan munosabatida pedagogik mahoratning ahamiyati
1.1 Sinf rahbarining sinf jamoasi bilan tarbiyaviy ishlar mazmuni.. …......................4
1.2 Sinf rahbarining faoliyatiga qo’yiladigan pedagogik va psixologik talablar…...10
II-BOB. Sinf rahbarining o`quvchilar bilan ishlash mahorati
2.1. Sinf rahbarining o’quvchi shaxsi va jamoani o’rganishdagi mahorati..……….16
2.2. Sinf rahbari tarbiyaviy faoliyatining shakl va metodlar ………………….……20
Xulosa ……………………………………………………………………..……..…26
Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………………….....27

Kirish
Mavzuning dolzarbligi: So'nggi yillarda sinf rahbarining faoliyati turli shakl va metodlar bilan boyitildi. Tarbiyaviy ishlarni tashkil etish va o'tkazishda o'quv yurti jamoat tashkilotlarining roli tobora oshirildi. Ushbu ishni tayyorlashdan maqsad o'quv yurtining sinf rahbariga hozirgi vaqtda mamlakatda uzluksiz ta'limning yagona tizimini yaratish borasidagi ish uslublarini har tomonlama keng joriy qilish va metodik yordam ko'rsatishdan iboratdir. Ideologik muassasalar sifatida o'quv yurti oldiga muhim tarbiyaviy vazifalar qo'yilgan, bu esa ayni vaqtda har bir sinf rahbarining asosiy vazifalarni xisoblanadi, shunday qilib. Alohida sinf birlashib o'quv yurtini tashkil etadilar. Alohida sinf jamoalari qo'lga kiritgan ta'lim va tarbiya borasidagi muvaffaqiyatlar butun o'quv yurti jamoasining muvaffaqiyatini ta'minlaydi. O'zbekiston Respublikasining bundan keyingi rivojlanishi bevosita ta'lim-tarbiya natijasiga bog'liqligi barchaga ayon. Ta'lim-tarbiyani takomillashtirmay, ma'naviy boy barkamol insonni tarbiyalash mushkul. Bu haqda O'zbekiston Respublikasining Ta'lim to'g'risidagi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilab berilgan ijtimoiy vazifalardan kelib chiqib yosh avlod ta'lim-tarbiyasini tashkil etishni kundalik hayotning o'zi talab qilmoqda.
Jamiyatda o'qituvchi, birinchidan, o'sib kelayotgan avlodni tarbiyalash, ularga har tomonlama bilim berishdan iborat bo'lgan faxrli hamda ma'sul vazifalarni bajaradi. Yurtboshimiz ham ta'lim-tarbiyani dolzarb masala sifatida ko'tarmoqda. Ya`ni, mustaqil dunyoqarashga ega, ajdodlarimizning bebaho merosi va zamonaviy taffakurga tayanib yashaydigan barkamol shaxs - komil insonni tarbiyalashdan iborat degan fikrlari yana bir bor boshlang'ich talim o'qituvchilariga masuliyat yuklaydi va vazifalarni ado etish pedagogning alohida ijtimoiy roli va uning jamiyatdagi faxrli o'rnini belgilaydi. Jamiyatda o'qituvchi faoliyati yuksak baholanmoqda va uning obro'si yuksaltirilmoqda.
Sinf rahbarining muhim vazifalaridan biri-bu o'quvchining o'qishga bo'lgan havasi, e'tiqodi va bilim, qobilyatini rivojlantirish, kasb-hunarga bo'lgan layoqatini, yosh va ruhiy xususiyatlar asosida rivojlantirish, har bir o'quvchining bo'lg'usi hayoti rejalarini amalga oshirish, o'quvchilarning salomatligini muhofaza qilishdan iborat. Faollarga ishonish, ularning sinf jamoasi orasida obro'sini ko'tarish, o'z vaqtida ularga tegishli yordam ko'rsatish sinf rahbarining bevosita asosiy vazifasidir. Shuningdek,sinf rahbarining tashkilotchilik funksiyasi tarbiya jarayonida muhim vosita sanaladi. Chunki, tashkilotchilik tushunchasining o'zi keng ma'noga ega. Maxsus bir maqsadni ko'zlab u yoki bu ishni tadbiriy choralarni tashkil etish sinf rahbaridan katta malaka va maxsus mahoratni talab qiladi.

Yüklə 50,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin