Soliqlar va soliqqa tortish


-chizma. Qo'shilgan qiymat solig'ining soliq solish ob'ekti



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/31
tarix27.09.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#149551
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   31
qoshilgan qiymat soligini hisoblash va tolash tartibi

11-chizma.
Qo'shilgan qiymat solig'ining soliq solish ob'ekti
16
 
Qo’shilgan qiymat solig’ining soliq solish ob’ektini tadbirkorlik 
sub’ektlarning tovarlarni realizatsiya qilish, ishlarni bajarish, xizmatlarni ko’rsatish 
oborotlari hamda respublika hududiga qilingan import oboroti bilan belgilanadi. 
Tovar, ish va xizmatlar realizatsiya qilish oborti keng ma’noni bildiradi. Unda 
nafaqat tovarlarni xaridorga sotish, balkim tovarlar, ishlarni va xizmatlarni boshqa 
yuridik shaxslarga bepul berish, xodimlarga ish haqi hisobiga yoki muassisga 
(ishtirokchiga) dividendlar to’lash hisobiga berish, qarz beruvchiga garov bilan 
ta’minlangan majburiyatlar hisobiga garov narsasini berish va boshqa tardagi 
berishlar ham soliq solish oboroti tarkibiga kiradi. 11-chizmaga qarang. 
Bundan tashqari, soliq solish oboroti tarkibiga tovarni va boshqa mol-mulkni 
quyidagi tartibda jo’natishlar ham kiritiladi: 
-ustav fondiga qo’shilgan hissa; 
- boshqa tovarlarga almashtirish uchun mol-mulkni berish; 
- muassisga dividendlar to’lash hisobiga mol-mulk berish;
-bitta yuridik shaxsning bir tarkibiy bo’linmasi tomonidan mustaqil soliq 
to’lovchilar bo’lgan boshqa tarkibiy bo’linmasiga mol-mulkni berish;
- mol-mulkni moliya ijarasiga berish; 
16
Ўзбекистон Республикаси Солиқ кодекси асосида тузилган
soliq 
solinadigan 
oborot 
soliq 
solinadigan 
import 
Qo'shilgan 
qiymat 
solig'ining 
soliq solish 
ob'ekti 


38 
- to’lovni bo’lib-bo’lib to’lash sharti bilan tovarni jo’natish; 
- mol-mulkni operativ ijaraga berish; 
- intellektual mulk ob’ektlariga bo’lgan huquqni o’tkazish yoki ulardan 
foydalanish huquqini berish; 
- yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ini hisoblab chiqarishda 
xarajatlari chegirilmaydigan, soliq to’lovchining o’z ehtiyojlari uchun o’zi ishlab 
chiqargan tovarlarni berish, o’z kuchi bilan ishlarni bajarish, xizmatlar ko’rsatish; 
-zayom shartnomalari asosida tovar-moddiy zaxiralarni berish. 
Soliq to’lovchilarning xo’jalik faoliyatida soliq solish ob’ekti sifatida 
qaralmaydigan 
operatsiyalar 
amalga 
oshirilishi 
mumkin. 
Bunday 
operatsiyalarning mavjud bo’lishi qo’shilgan qiymat solig’i to’lovchilarida
qo’shilgan qiymat solig’i bo’yicha soliq majburiyati yuzaga keltirmaydi. Soliq 
majburiyati yuzaga keltirmaydigan realizatsiya qilish oborotiga quyidagilarni 
kiritishimiz mumkin:
-korxonaning xarajatlari sifatida qaraladigan, uning o’z ehtiyojlari uchun 
tovarlarni berish, ishlarni bajarish, xizmatlar ko’rsatish;
-bitta yuridik shaxsning bir tarkibiy bo’linmasi tomonidan mustaqil soliq 
to’lovchilar bo’lmagan boshqa tarkibiy bo’linmasiga ishlab chiqarish ehtiyojlari 
uchun berilgan mol-mulk, bajarilgan ishlar, ko’rsatilgan xizmatlar qiymati;
-korxonaning o’z ehtiyojlari uchun o’z kuchi bilan bajarilgan qurilish-montaj 
ishlarining qiymati;
-qaytariladigan tara qiymati; 
-yuridik shaxsning tugatilishi munosabati bilan muassislartarga, sheriklarga
dastlabki hissa doirasida mol-mulkni berish;
- asosiy vositalarni, nomoddiy aktivlarni va tugallanmagan qurilish 
ob’ektlarini bepul asosda berish; 
-banklar va sug’urta tashkilotlari tomonidan mol-mulkni o’z filiallariga 
berish;
- oddiy shirkat shartnomasi bo’yicha sherikning ulushi sifatida tovarlarni va 


39 
boshqa mol-mulk berish; 
- mol-mulkni mulkdordan ishonchli boshqaruvchiga berish va aksincha
ishonchli boshqaruv shartnomasi tugatilgan taqdirda, mol-mulkni mulkdorga 
qaytarish; 
- ob’ekt qiymatini ijaraga beruvchi oladigan ijara to’lovining bir qismi tarzida 
qoplash; 
- kafolatli muddati davrida tovarlarni ta’mirlash va ularga texnik xizmat 
ko’rsatish bo’yicha qo’shimcha haq olmasdan ishlarni bajarish va xizmatlar 
ko’rsatish.
O’zbekiston Respublikasining Soliq kodeksining 200- moddasida qo’shilgan 
qiymat solig’i soninadigan va solinmaydigan oborotlarni belgilash qoidalari 
bayon qilingan. Realizatsiya qilish joyi O’zbekiston Respublikasi hududi 
bo’lmagan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish oborotlari, soliqdan 
ozod etiladigan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish oboroti, 
soliqdan ozod qilinadigan moliyaviy xizmatlar, soliqdan ozod qilinadigan sug’urta 
xizmatlari qo’shilgan qiymat solig’i solish oboroti deb tan olinmaydi. 
Yuqorida taakidlaganimizdek, O’zbekiston Respublikasining bojxona 
hududiga olib kirilayotgan tovarlar soliq solinadigan importdir. 
Ish va xizmatlar importi bilan bog’liq qo’shilgan qiymat solig’i solishning 
obortini aniqlashda ularni realizatsiya qilish joyini aniqlash muhim ahmiyat kasb 
etadi. 
O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 202-moddasiga asosan,
quyidagi shartlardan biri mavjud bo’lsa, tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) 
realizatsiya qilish joyi O’zbekiston Respublikasi hududida joylashgan deb tan 
olinadi: 
-xizmatlar haqiqatda O’zbekiston Respublikasi hududida turizm, madaniyat, 
san’at, ta’lim, jismoniy tarbiya va sport sohasida ko’rsatilayotgan bo’lsa; 
-tovar O’zbekiston Respublikasi hududida turgan bo’lsa va bitim natijasida 
O’zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga chiqarilmaydigan bo’lsa; 


40 
-jo’natish yoki tashish boshlangan paytda tovar O’zbekiston Respublikasi 
hududida turgan bo’lsa. 
- ishlar, xizmatlar O’zbekiston Respublikasi hududida bo’lgan ko’chmas mulk 
bilan bog’liq bo’lsa;
-ishlar, xizmatlar O’zbekiston Respublikasi hududida bo’lgan ko’char mulk 
bilan bog’liq bo’lsa; 
-ishlarni, xizmatlarni sotib oluvchi faoliyatini O’zbekiston Respublikasi 
hududida amalga oshirayotgan bo’lsa. Xaridor bo’lgan yuridik shaxsning 
O’zekiston Respublikasi hududida davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi, ta’sis 
hujjatlarida ko’rsatilgan joyda xizmat sotib olinganligi asos sifatida qabul qilinadi. 
Ishlarni, xizmatlarni sotib oluvchi faoliyatini O’zbekiston Respublikasi 
hududida amalga oshirilgan deb tan olish uchun quyidagi belgilar bo’lishi zarur: 
-xodimlar berish agar xodimlar sotib oluvchi o’z faoliyatini amalga 
oshirayotgan joyda ishlayotgan bo’lsa; 
-advokatlik, buxgalterlik, reklama, maslahat berish, auditorlik, injiniring 
xizmatlari, shuningdek axborotga ishlov berish xizmatlari ko’rsatilganda; 
-intellektual mulk ob’ektlariga bo’lgan huquq o’tkazilgan yoki ulardan 
foydalanish huquqi berilganda; 
-ko’char mulk ijaraga berilganda. 
Bajarilgan ishlarni, ko’rsatilgan xizmatlar yordamchi xarakterga ega bo’lsa, 
asosiy ishlar, xizmatlar realizatsiya qilingan joy yordamchi ish va xizmatlar 
uchun realizatsiya qilish joyi sifatida e’tirof etiladi. 
Realizatsiya qilingan tovarlar, ish va xizmatlarni amalga oshirilgan sanasiga 
qarab soliq solish ob’ekti tarkibiga kiritiladi. Amaldagi soliq qonunchiligida
turli-xil realizatsiya qilish oboroti amalga oshirilgan sanalari belgilangan. 
Mahsulot va tovarlar uchun realizatsiya qilish oboroti sanasi sifatida ularni
jo’natilgan kun qabul qilinadi. Tovarlar jo’natilmay, tovarga bo’lgan mulk huquqi 
xaridorga o’tgan hollarda, mulk huquqi o’zgargan sana - realizatsiya qilish oboroti 
sanasi sifatida qabul qilinadi. 


41 
Garovga qo’yilgan mol-mulkning garovga qo’yuvchi tomonidan garov 
predmetini qarz hisobiga topshirilganda, mulk huquqi o’tkazilgan sana - 
realizatsiya qilish oboroti amalga oshirilgan sana deb e’tirof etiladi. 
Korxonaning xodimlariga shaxsiy ehtiyojlari uchun ish haqi hisobiga, shu 
jumladan bepul tovarlar berilganda, ishlar bajarilganda, xizmatlar ko’rsatilganda 
tovar berilgan, ishlar bajarilgan, xizmatlar ko’rsatilgan hamda hisobvaraq-faktura 
va (yoki) ishlar bajarilgani, xizmatlar ko’rsatilgani faktini tasdiqlovchi boshqa 
hujjatlar rasmiylashtirilgan kun oborot amalga oshirilgan sanadir.
Ishlarni, xizmatlarni realizatsiya qilish oboroti amalga oshirilgan sanani 
belgilash bo’yicha alohida shartlar mavjud. Quyida kursatilgan shartlar asosida 
realizatsiya qilish oboroti amalga oshirilgan sanasi belgilanadi: 
-ishlar, xizmatlar uzluksiz asosda realizatsiya qilingan holatlarda, hisobvaraq-
faktura yozilgan sana; 
-hisobvaraq-faktura rasmiylashtirilganda; 
-ishlar bajarilganligi, xizmatlar ko’rsatilganligi faktini tasdiqlovchi hujjatlar 
rasmiylashtirilganda.
-ishlar, xizmatlar O’zbekiston Respublikasi norezidentidan olingan hollarda, 
ishlar, xizmatlar olinganligi to’g’risidagi hujjat rasmiylashtirilgan sana. 
Xulosa qilib aytganda, qo’shilgan qiymat solig’ining soliq solish ob’ektini
tovarlarni realizatsiya qilish, ishlarni bajarish, xizmatlarni ko’rsatish oborotlari 
hamda respublika hududiga qilingan import oboroti bilan belgilanadi.
Realizatsiya qilish oborti tovarlarni xaridorga sotishdan tashqari, tovarlar, 
ishlarni va xizmatlarni boshqa yuridik shaxslarga bepul berish, xodimlarga ish haqi 
hisobiga yoki muassisga dividendlar to’lash hisobiga berish, qarz beruvchiga
garov bilan ta’minlangan majburiyatlar hisobiga garov narsasini berish holatlarini 
ham o’z ichiga oladi. 
Soliq solish ob’ekti sifatida qaralmaydigan operatsiyalar amalga oshirilishi 
qo’shilgan qiymat solig’i to’lovchilarida qo’shilgan qiymat solig’i bo’yicha soliq 
majburiyati yuzaga keltirmaydi. 


42 
Importdan olinuvchi qo’shilgan qiymat solig’ining soliq solish ob’ekti sifatida 
soliq solinadigan import e’tirof etiladi. 

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin