KIRISH.
Botanika - tiriklikning bir qismi bo‘lgan o‘simliklarni o‘rganuvchi fan hisoblanadi.
«Botanika» so‘zi yunoncha «botane» so‘zidan olingan bo‘lib, ko‘kat, o’t degan
ma’noni bildiradi. Hozirgi kunda planetamizda 500 millionga yaqin o‘simlik turlari
bo‘lib, planetamizning hamma joyida: 149 mln km2 iborat quruqlikda hamda 361 mln
km2 maydonni egallagan okean va dengizlardan л tashkil topgan suvliklarda keng
tarqalgandir.
Mana shu o‘simliklaming morfologik va anatomik tuzilishini, ulami tashqi muhit
bilan hamda o'zaro munosabatlarini, ularda yuz beradigan barcha hayotiy jarayonlar:
oziqlanish, fotosintez, nafas olish, ko’rpayish, transpiratsiya, moslashish kabi tiriklik
xususiyatiarini, ulami evolutsion taraqqiyot jarayonidagi rivojlanishi hamda yer yuzi
bo‘ylab tarqalish qonuniyatlarini, bu o‘simliklarni yaqin va uzoq belgilariga asoslanib
filogenetik sistemaga solishni, o‘simliklardan ongli ravishda foydalanish hamda ularni
muhofaza
qilish
yo‘llarini
botanika
fani
o‘rganadi.
Kurs ishi maqsadi: O`zbekistonda tarqalgan Yalpiznamolar
qabilasiga mansub
o`simliklarining zamonaviy holati, o`simlik jamoalarining xilma-xilligi, tur tarkibi,
turlar morfologiyasi, tarqalish mintaqalari, hayotiy shakllari, xalq xo`jaligi va xalq
tabobati hamda ilmiy meditsinada qo`llanilish usullarini o`rganish.
Kurs ishi vazifasi: ─ Yalpiznamolar qabilasiga umumiy tavsif;
─Yalpiznamolar qabilasining zamonaviy holatini o`rganish;
─Yalpiznamolar qabilasining turlar tarkibini aniqlash,
kamyob va endem
turlarning kamyoblik maqomini o`rganish
─ ayrim vakillarining morfologiyasini, bioekologik xususiyatlarini o’rganish;
─ taksonomik tahlil;
─ hayotiy shakllari va tarqalish
mintaqalarini yoritib berish;
─ xalq xo`jaligi va tabobatda ahamiyatini o`rganish;
Mavzuni dolzarbligi: O`zbekistonda olib borilgan botanik izlanishlar ichida
aynan Yalpiznamolar qabilasiga bag`ishlangan ilmiy tadqiqotlar,
manbalar va
ilmiy adabiyotlarning,
shuningdek, oilaning turlari ro`yhatini tuzilmaganligi
mavzuning dolzarbligini belgilaydi.
Kurs ishi predmeti: O`zbekiston florasi ko`plab foydali, dorivor, efir moyli va
manzarali o`simlik turlariga boyligi bilan boshqa floralardan ajralib turadi.
Aksariyat o`simlik turlari meditsinada, kulinariyada, ko`kalamzorlashtirish va shu
boshqa sohalarda keng ishlatiladi. Biroq, O`zbekiston
florasidagi foydali
ahamiyatga ega o`simlik turlari, turkumlari va oilalari hali to`la to`kis o`rganilgan
emas. Kishilarning kundalik hayotida yoki ishlab chiqarishning ayrim
tarmoqlarida mahalliy bioxilma-xillikdagi ko`plab o`simlik turlari hali o`z o`rnini
topgani yo`q. Yana bir faktni aytish mumkinki, dunyo florasidagi 300 000 dan
ortiq o`simlik turlaridan faqatgina 2500 ga yaqin o`simlik turlari odamlarning
kundalik turmush tarzida u
yoki bu darajada ishlatiladi, xalos.
Kurs ishi obyekti: O`zbekistonda tarqalgan Yalpiznamolar qabilasi vakillari;
Kurs ishi muammosi: Natijalarining amaliy ahamiyati shundan iboratki, olingan
natijalar
Lamiaceae oilasining istiqbolli dorivor o‘simliklar
dunyosidan oqilona
foydalanish va uni saqlash tizimini ishlab chiqish uchun asos sifatida xizmat qiladi.
Shu bilan bir qatorda, u kamyob va yo‘qolib borayotgan dorivor o‘simlik turlarining
davlat kadastrini tuzish uchun, yovvoyi dorivor o`simliklarni madaniylashtirishga doir
o‘tkaziladigan izlanishlar uchun ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.