Tasdiqlayman” Fakultet dekani A. Qurbonov


O‘zbek bolalar adabiyotining shakllanish taraqqiyoti



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə6/56
tarix12.04.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#96804
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56
2 5310107710040059096

O‘zbek bolalar adabiyotining shakllanish taraqqiyoti

  • O‘zbek bolalar adabiyotiga qardosh xalqlar adabiyotining ta’siri

  • O‘zbek bolalar she’riyatining urush yillari va urushdan keyingi davri

  • Hozirgi zamon o‘zbek bolalar badiiy adabiyoti

    O‘zbek xalqi qadimdan mehnatkash, savodxon xalq bo‘lgan. Bunga erishmoq uchun esa farzandlar tarbiyasiga juda qattiq e’tibor bergan. Bolalarga ta’lim-tarbiyada ko‘proq xalq og'zaki ijodi bilan ta’sir qilish yo‘lidan borgan. Boy va rang-barang xalq ijodi namunalari yozma adabiyotning maydonga kelishi va rivojlanishida boy manba bo‘lib xizmat qiladi. Bu yerda yana bir narsani ta’kidlab o‘tish kerakki, badiiy adabiyotning taraqqiyoti jamiyatning umumiy taraqqiyoti bilan ham uzviy bog'liqdir. Bu jihatdan Mahmud Koshg'ariyning «Devonu lug'atit turk» asarini eslab o‘tish o‘rinlidir. XI asming buyuk tilshunos olimi o‘zining bu kitobida bizga ko‘p ma’lumotlar beradi. Kitobda XI asr adabiyoti bilan birga, avvalgi zamonlarda paydo bo‘lib, og'izdan-og'izga, avloddan- avlodga ko‘chib yurgan qo‘shiq va lirik she’rlardan namunalar ham keltirilgan. Ayniqsa, mehnat, qahramonlik, marosim, mavsum qo‘shiqlari haqida batafsil ma’lumot beriladi. Shuningdek, Yusuf Xos Hojibning «Qutadg'u bilig» («Saodatga olib boruvchi bilim»), Ahmad Yugnakiyning «Hibat ul haqoyiq» («Haqiqatlar armug'oni») dostonlarida hamda Ahmad Yassaviy, Sulaymon Boqurg'oniylarning asarlarida til, ilm, fan, axloq-odob masalalari qamrab olinadi. Haydar Xorazmiy, Qutb, Durbek, Sakkokiy, Lutfiy singari shoirlaming adolatsizlik va zulmni qoralash, oddiy insonning og'ir ahvoliga achinish, orzuarmonlarini qisman bo‘lsa-da yoritishga qaratilgan asarlari tarixda muhim rol o‘ynaydi. Atoiy, Sakkokiy, Lutfiy g‘azallari timsolida XV asr o‘zbek she’riyati hayotiy voqelikni aks ettirish sohasida katta badiiy tajriba to‘pladi. Bu tajriba Alisher Navoiydek buyuk san’atkoming voyaga yetishi uchun


    zarur bo‘lgan shart-sharoitlami tayyorladi. Alisher Navoiy butun faoliyati va ijodini insonning baxt-saodati uchun kurashga, xalqning osoyishtaligiga, o‘zaro urushlaming oldini olishga, obodonchilik ishlariga, ilm-fan, san’at va adabiyot taraqqiyotiga bag'ishladi. U adolatparvar, donishmand davlat arbobi, o‘zbek klassik adabiy tiliga asos solgan va o‘zbek mumtoz adabiyotini yangi taraqqiyot pog'onasiga ko‘taigan buyuk so‘z san’atkori bo‘lib, davming madaniy hayotiga rahbarlik qildi, ilm-fan, san’at va adabiyot ahllariga homiylik ko‘rsatdi, ko‘plab
    shogirdlar yetishtirdi.
    XV—XVI asrlarda yashab ijod etgan Zahiriddin Muhammad Boburning «Bobumoma» asarida o‘sha davr hayotiga doir tarixiy voqealar bilan birga, ilm-fanga oid qimmatli ma'lumotlar berilgan, turli xalqlarning urf-odatlari, tili, san'ati va adabiyoti yoritilgan. XVIII asming oxiri XIX asming boshlarida yashab ijod etgan ikki buyuk shoir Muhammadniyoz Nishotiy va Muhammad Sharif Gulxaniylar ijodi mumtoz adabiyotimiz tarixida alohida ajralib turadi. Nishotiyning xalq og'zaki ijodi asosida yaratgan «Husnu dil» dostoni ishq-muhabbat, aqlfarosat, odob-axloqqa bag'ishlangan. Shu narsa diqqatga loyiqki, dostonda har biri mustaqil asar bo‘la oladigan «Shohboz va bulbul», «Gul va Daf», «Nay va Shamshod», «Kosai Chin Naigis», «Binafsha va Chang» kabi masallar ham berilgan. Bu masallaming barchasida el-yurtga foyda keltirish, maqtanchoq bo‘lmaslik, ortiqcha kibr-havoning zarari kabi mavzulaming yoritilishi bolalar uchun har jihatdan ibratlidir.
    Gulxaniy ham «Zarbulmasal» asarida o‘zining muhim ijtimoiy qarashlarini, el-ulus taqdiriga munosabatini qiziqarli masallar orqali ifodaladi.
    Munis mehnatkash xalqning og'ir ahvoliga qattiq achindi, ilm-fan va
    adabiyot ahlining xor-zorligidan qayg'urdi. Shoir kishilami bilim olishga,
    kitob o‘qishga, johil va yomonlardan uzoq bo‘lishga chaqiidi. Munis «Savodi
    ta' lim» risolasi orqali bolalami o‘qitish va tarbiyalash ishiga katta hissa qo‘shdi.
    Uning ma'rifatparvarlik g'oyalari o‘zidan keyin yashagan Muqimiy, Furqat,
    Zavqiy, Avaz O‘tar kabi shoirlarga ham katta ta'sir ko‘rsatdi. Ma’rifatparvarlikni bayroq qilib ko‘targan Abdulla Avloniy, Hamza, Fitrat, Elbek, Munawarqorilar tomonidan yozilgan darslik va qo‘llanmalarda bolalar hayoti, o‘qishi, axloq-odobi haqida materiallar beriladi. Abdulla Avloniy («Birinchi muallim», «Ikkinchi muallim», «Maktab gulistoni», «Turkiy guliston yoxud axloq»), Hamza Hakimzoda Niyoziy («Yengil adabiyot», «Axloq hikoyalari», «Qiroat kitobi») asarlarida yangi davr nafasi ufura boshladi. O‘tgan asrning 20-yillarda Fitrat, Cho‘lpon, Usmon Nosir, G'afur G'ulom, G'ayratiy, Shokir Sulaymon, Oybek va boshqalaming kata yoshdagi bolalar uchun yozgan asarlarida ilm va mehnatga chaqiriq keng o‘rin oldi. Keyinchalik bu safga Z. Diyor, D. Oppaqova, M. Fayziy, I. Muslim, A. Rahmat, Sh. Sa’dulla, SJo‘ra, M. Oqilova, Q. Muhammadiy, H. Nazirlar kelib qo‘shildi. Ular bolalami yaxshi o‘qishga, ilm, fan nurlaridan
    bahramand bo‘lishga, davming haqiqiy o‘g'il-qizlari bo‘lib kamol topishga targ'ib etdilar.
    Bolalar adabiyotimiz yildan-yilga rivojlanib bordi. 30-yillarga kelib, o‘zining professional shoir va yozuvchilariga ega bo‘ldi. Poeziya (Zafar Diyor, Adham Rahmat, Ilyos Muslim, Shukur Sa’dulla, Sulton Jo‘ra, Mahmuda Oqilova, Quddus Muhammadiy), proza (Majid Fayziy, Doijiya Oppoqova, Hakim Nazir), dramatuigiya (Zafar Diyor, Doijiya Oppoqova) sohalarida
    bolalar ijodkorlari yetishib chiqdilar. Sadriddin Ayniy, G'afur G'ulom, Hamid Olimjon, Oybek, Shokir Sulaymon va G'ayratiylir ham o‘zbek bolalar adabiyotini yuksaltirish ishiga o‘z hissalarini qo‘shdilar. Bu davrda Zafar Diyoming «Qo‘shiqlar» (1933), «Tantana» (1936),
    «She'rlar» (1939), «Muborak» (1940), «She'rva hikoyalar» (1940) to‘plamlari va «Mashinist» (1935) dostoni, «Baxtli yoshlik» dramasi, «Jo‘natish», «Nojo‘yaliklar» hikoyalari; A. Rahmatning «Dum» (1938), «Baxtli yoshlik» (1939), «Zavqli allalar» (1940), «She'rlar» (1940), «Hiylagar tulki» (1940) kitoblari; Sulton Jo‘raning «Fidokor» (1940); Ilyos Muslimning «O‘suv»
    (1932); «Zaharxandalar» (1932) to‘plamlari, «Miqti keldi» dostoni (1934); Shukur Sa'dullaning «Hayqiriq» (1932) «Uch ayiq», «Ayyor chumchuq» (1937), «Yoriltosh» to‘plamlari bosilib chiqdi.
    Bu davrda qardosh xalqlar adabiyotidan juda ko‘plab sara asarlar o‘zbek tiliga taijima qilindi. Buning natijasida o‘zbek bolalar adabiyoti har tomonlama boyib bordi. Ayniqsa, «Yosh turkistonliklar», «Bolalar yo‘ldoshi», «Bolalar dunyosi», «O‘zgarishchi yoshlar», «Yosh kuch» kabi jumaUar nashrining yo‘lga qo‘yilishi bolalar adabiyotining har tomonlama rivojlanishiga sabab bo‘ldi.
    Xullas, bolalar adabiyotining mavzu doirasi kengaya bordi. Yoshlik, maktab hayoti, ona-yurt tabiati, xalqlar do‘stligi, ilm, hunar va texnikaga muhabbat mavzulari bolalar adabiyotidan keng o‘rin oldi.
    Xalqimizda: «Ona yurting omon bo‘lsa, rangi-ro‘ying somon boimas», degan naql bor. Sobiq ittifoqqa nemis-fashist bosqinchilarining xiyonatkorona bostirib kirishi o‘z baxtini, kelajagini halol mehnati bilan bunyod etayotgan xalqning oromini, tinchligini buzdi.
    Urushning birinchi kunlaridanoq Oybek, Hamid Olimjon, G'afur G‘ulom, Sobir Abdulla, Uyg‘un, Maqsud Shayxzoda, Zafar Diyor, Amin Umariy, G'ayratiy, Mirtemir, Ilyos Muslim, Sulton Jo‘ra va boshqalar fashist bosqinchilarining, albatta, yer bilan yakson bo‘lishiga
    komil ishonch g‘oyasi bilan yo‘g‘rilgan asarlar yaratdilar. Urushning birinchi kunlaridayoq yaratilgan Uyg'unning «Xayrlashuv», Zafar Diyoming «Kichkina jangchi», Ilyos Muslimning «Yovni tutday to‘kamiz», Sulton Jo‘raning «Tekstil» kombinati to‘quvchilari», Ra'no Uzoqovaning «Talpin, yurak» she'rlari bolalar adabiyotida urushni la'natlovchi dastlabki
    asarlardan bo‘ldi.
    Bu davr adabiyotining asosiy mavzusini urush davridagi xalq qahramonlarirang fashist bosqinchilariga qarshi jasoratlaiga to‘la kurashi «Xat» (Hamid Olimjon), «Men yahudiyman», «Sen yetim emassan» (G'afur G'ulom), «Vatan haqida», «Yigitlarga» (Oybek), «Kurash nechun?», «Kapitan Gastello» (Maqsud Shayxzoda), «Vatan haqida qo‘shiq» (Uyg'un), «Vatan», «Chavandoz» (Temir Fattoh), «Qurol bering menga ham», «Bizning oila» (Zafar Diyor), «To‘pchi Muhammad» (Sulton Jo‘ra), «Onamning aytganlari» (Adham Rahmat), «Biz yengamiz» (Hasan Said) tasviri tashkil etdi. 1941 yilning iyul oyidayoq «O‘lim yovga» adabiy to‘plami bosilib chiqdi. To‘plamdagi she'rlarda g'alabaga bo‘lgan komil ishonch jo‘shib
    kuylanadi.
    «Vatan uchun» to‘plami ham shu yilda yuzaga keldi. Undagi she'rlar mavzu jihatdan yanada kengaytirilganligi, qahramonlik, ona — Vatanga sadoqat g'oyasi yetakchilik qilishi xarakterlidir. Ayniqsa, Zafar Diyor yaratgan qahramonlar yosh bo‘lishiga qaramay juda qasoskor. Ular tinchlik, osoyishtalik shaydolari, nemis-fashist bosqinchilarini qattiq qahr-g'azab bilan la’natlaydilar. Binobarin, ona — Vatanni sevish, ardoqlashning o‘zi yetmaydi, uni munosib o‘g'lon bo‘lib himoya qila olish zarur, degan muqaddas tuyg'u bilan nafas oladilar. Shuning uchun ham shoirning qahramonlari qo‘lda qurol bilan nemis-fashist bosqinchilariga qarshi sherday hamla qilishga tayyor. Zafar Diyor «Qurol bering menga ham!» she’rida lirik qahramon tilidan shunday misralami bitadi:
    Meni kichik demangiz,
    Kamsitmangiz kuchimni,
    Bosqinchidan olgumdir
    Halq qasosi — o ‘chimni!
    Qurol bering menga ham,
    Qurol bering menga ham.
    Razil nemis boshiga
    Men ham solay katta g ‘am,—
    Nemis-fashist bosqinchilari barcha qatori yosh bolalarning ham osuda hayotini buzdi. Ulami daryo, koilar bo‘yida baliq tutib hordiq chiqarishdan, bilim olib, quvnoq o‘yin-kulgi bilan yashashdan mahrum etdi. Shuning uchun ham yosh vatanparvar butun xalq bilan bir tan, bir jon bo‘lib, qo‘lida qurol bilan dushmandan o‘ch olishga shaylandi: deya shijoat ko‘rsatishi bilan diqqatni tortadi. Urush davri bolalar adabiyotida front orqasini mustahkamlash ishi ham alohida mavzu bo‘lib qolgan edi. Zafar Diyoming «Maktab sening fronting», «Poezd ketar fiontga», «Temirchilar minbari», Shukur Sa'dullaning «Yoshlik», «Sen nima qilding?» kabi asarlarida bolalarning front orqasini mustahkamlashdagi jangovar mehnatlari namoyon bo‘ladi.
    «Sen nima qilding?» she'rining qahramonlari o‘zlariga ham, o‘zgalaiga ham talabchan bolalar. Ular har bir kun, har bir daqiqani mehnat muvaffaqiyati bilan o‘tkazishni o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘yganlar. Shuning uchun ham ular bir-biriariga jiddiy savol beradilan
    —Front uchun ne qilding?
    Navbat senga! So ‘yla qani,
    Nimalami ep bilding?!
    Javob ham aniq:
    ... O U lab topdim: uyga kirdim,
    Kezdim har yonni bir-bir.
    Bog’lar oshdim, ko ‘p yo7 yurdim,
    Yig‘dim tersagu temir.
    «Bular front uchun!»
    — deya eltdim maktabim sari, shu zaylda har bir bolaning qo‘shgan ulushi besh o‘rtoq o‘rtasida muhokama qilinadi. Va nihoyat ular: «Bundan o‘qu tank bo‘ladi!», deya o‘zn ishlaridan qanoat hosil qiladilar. She’rda har bir bolaning fikri-o‘yi, orzu-umidi, harakati, mehnati ishonarli tarzda ifoda etiladi. Urushdan so‘nggi davr bolalar she’riyatida ona — Vatan, go‘zal diyor, hur o‘lkamiz to‘g'risida yaratilgan asarlar diqqatga sazovordir. «Yashna, Vatan» (I. Muslim), «Obod o‘lkam», «Yurtimizning yuragi» (P. M o‘m in), «Mening Vatanim», «Baxtli bolalar» (Q. Hikmat), «O‘lkamizning tongi otmoqda» (A. Rahmat), «Dehqon bobo va o‘n ikki bolakay qissasi» (A.Oripov), «Onadegan so‘z» (O.Matjon) vaboshqalar.
    Bu mavzuda yaratilgan she’rlami sanagan bilan tamom bo‘lmaydi. Bu mavzuda yaratilgan asarlar ichida Abdulla Oripovning «Dehqon bobo va o‘n ikki bolakay qissasi» she'ri bolalar adabiyotining keyingi yillarda qo‘lga kiritgan jiddiy yutuqlaridan bo‘ldi. O‘zbek bolalar she'riyatida O‘zbekiston haqida ko‘plab asarlar bor. A. Oripov ulami takrorlamasdan o‘ziga xos original asar yozgan. She'r qahramonlari o‘n ikki viloyatdan chiqqan a'lochi, jamoatchi o‘quvchi bolalar. Ular o‘z joylarining tarixini yaxshi bilishadi. Poezdda o‘zlariga xamroh bo‘lgan boboning savollariga lo‘nda-lo‘nda qilib javob berishadi. O‘zbekistondagi har bir viloyatning o‘ziga xos boyligi, shaharlari, bag'ri keng odamlari kitobxon ko‘z o‘ngida bir-bir gavdalanadi. O‘zaro suhbat asosiga qurilgan bu she’rda boboning yakuniy nutqi juda salmoqli. To‘rt misra she’r bilan tobora gullab-yashnab borayotgan, o‘ziga mustaqil bo‘lib, o‘z taqdirini o‘zi bunyod etayotgan diyorimizning husnjamoli, qudrati birbutunligicha ifoda etilgan:
    Siz atagan har bir joy
    Bitta bo‘ston bo‘ladi,
    Hammasini qo‘shsangiz,
    O‘zbekiston bo‘ladi.
    O‘zbek xalqi azaldan mehnatkash xalq. Ishchanlik bizga otabobolarimizdan meros bo‘lib qolgan. Q.Muhammadiyning «Etik», «Buvimning hikoyasi», H.Yoqubovning «Sirdaryo oftobi», Shukur Sa'dullaning «Hovlimizning bolalari»,
    «Dastyor qiz», «Bog'bon qiz», Ilyos Muslimning «Oyxon va rayhon», «Ishchan asalarilan>, «Sening sovg'ang», Po‘lat Mo‘minning «Dalalaiga qarasam», «Oftob chiqdi olamga», Qudrat Hikmatning «Bobo va nabira», «Jo‘jam, yurma laqillab», Tolib Yoidoshning «Vaqt qadri», Yusuf Shomansuming «Baraka», «Tikuvchi», Tursunboy Adashboyevning «Shanbalik», Rauf Tolibning «Bobo xursand, Nodira xafa», Qambar Otaning «Mehnatdan zavq olaman» she'rlari bevosita mehnat mavzusiga bag'ishlangan.
    Iste’dodli shoir Qambar ota uzoq yillardan beri bolalam i
    mehnatsevarlikka chorlab she’rlar yozib keladi. «Mehnatdan zavq olaman»
    asari shulardan biri. Asarning lirik qahramoni sog'lom va tetik bola. Buning
    asosiy sababi uning mehnatkashligida. Bola ishlashni, ayniqsa, kattalaming
    yumushlariga yordam berishni yaxshi ko‘radi. Lirik qahramonning mehnati,
    orzuxayoli yosh kitobxonning ezgu niyatiga mos tushadi:
    Sog'lom, quvnoq bolaman,
    Mehnatdan zavq olaman.
    Agarda ish qilmasam,
    Tez zerikib qolaman.
    Kattalarga dastyorman,
    Xizmatiga tayyorman.
    Mehnat — baxt. 0 ‘sha baxtni qo‘lga kiritish, mehnat unumdorligini oshirish uchun esa eng awalo ilm-fanni puxta o‘zlashtirib olish kerak. Q. Muhammadiy «Kichkina michurinchilar» she'rida mehnatning zoe ketmasligini alohida ta' kidlaydi:
    Ilmini bilib olsang,
    Mo ‘Ijaling xato ketmas.
    Mehnat dunyoda buyuk ish. Kimki bu ishning etagini tutsa, u hech qachon kam boimaydi. Bugun ham shoirlarimiz o‘z asarlarida bolalami mehnatkash bo‘lishga, mehnat ahdini xurmat qilishga, ulaming peshona terlari evaziga bunyod etilgan narsalami e’zozlashga, asrab-avaylashga da’vatkor she’rlari bilan kitobxon mehrini qozonmoqdalar.
    Bolalami bog‘cha yoshidan boshlaboq tabiatga muhabbat ruhida taibiyalash muhim ishlaidan biri hisoblanadi. Bolalar ijodkorlari bu masalaga aloxdda e’tibor beradilar. «Kichkina bog‘bon haqida doston», «Suv bilan suhbat», «Yuksak tog‘, keng o‘tloq va mard o‘rtoq haqida qissa» (Zafar Diyor); «To‘rt fasl» (Sh. Sa’dulla); «Bizning boqqa kelinglar» (G'.G'ulom); «Boychechak», «G‘uncha» (Uyg‘un); « 0 ‘rik gullaganda» (H. Olimjon); «Yurtimiz tabiati», «Tilla qo‘ng‘iz» (I. Muslim); «Tabiat alifbosi», «Qanotli do‘stlar» (Q. Muhammadiy); «Bahor», «Tog‘ manzarasi», «Suv» (Q. Hikmat); «Toshbaqa» (Yu. Shomansur); «Bir cho‘ntak yong'oq» (MA’zam); «Baholar», «Maqtanchoq chumoli» (T. Adashboyev); «Bahor va men»,« Qushcha so‘zi» (R. Tolib); «Kamalak afsonasi» (O. Matjon) va boshqalar shular jumlasidandir. Bular orasida Shukur Sa’dullaning «Kichkina qushcha» asari alohida ajralib turadi. Unda bolalarning qushlarga bo‘lgan mehri, g'amxo‘riigi misralar qatiga chuqur singdiriladi.
    Bolalar shoiri Olim Mahkam o‘ziga o‘zi talabchan qalamkashlardan biri. U o‘zining har bir asarini qayta-qayta ishlaydi, tilining sodda, badiiy tomondan mukammal bo‘lishiga katta e’tibor beradi. «Kapalak» she’rini olib ko‘raylik. To‘rt misiadan iborat bu asar naqadar oddiy, naqadar sodda. Ammo juda ta’sirchan. Bu she’rda insonlar u yoqda tursin, hatto, hashoratu qurt-qumursqalar ham tabiatning mudom guldek yashnab turishi tarafdori ekanligi ayon boiadi:
    — Kapalakjon, beri kel,
    Buncha parvoz etasan.
    — Meni quvma Erkinjon,
    Gulni bosib ketasan.
    Tinchlik va do‘stlik! Bu ikki so‘z bir-biriga egizak. Bolalar adabiyotida bu mavzu muhim o‘rinlardan birini egallaydi. G'afur G ‘ulom («Kaptar uchar, g‘oz uchar», «Tinchlik archasi»), Q. Muhammadiy («Urushga yoi bermaymiz»), Sh. Sa'dulla («Tinchlik qushi haqida men o‘qigan she'r»), I.Muslim («Do‘stlik»), Q. Hikmat («Tinchlik haqida qo‘shiq»), Shuxrat («Tinchlik allasi», «Do‘stlik guli»), Yusuf Shomansur («Orzular bir»), Safar Barnoyev («Biz bolalar») kabi shoirlar kitobxonlami tinchlik va do‘stlik ruhida tarbiyalashga barakali hissa qo‘shdilar. Quddus Muhammadiyning «Urushga yo‘l bermaymiz» sh e'ri bolalarning sevimli asarlaridandir. Unda yetuk insonlarning asosiy maqsadi tinchlik va osoyishtalik ekanligini bolalar ruhiga singdirib, ulami tinchlik uchun kurashga chaqiradi:
    Deysan, tanda jonim bor,
    Tinchlik uchun kurashay,
    Urushga hech yo‘l bermay,
    Vatan, xalqim yashnatay.
    Quddus Muhammadiy bu bilan chegaralanib qolmay, tinchlik tarafdorlarining yengilmas kuch-qudratini, astoydil harakat qilinsa tinchlik urushni yengishi muqarrar ekanligini shunday ifodalaydi:
    Tinchlik bo‘lsin hamma yoq.
    Buning uchun hamma vaqt,
    Kurashar jam bo ‘lib xalq.
    Urushga yo ‘l bermaymiz,
    Tinchlik yengar, tinchlik haq.
    Bolalarning suyukli shoirlaridan biri boigan Qudrat Hikmat «Do‘stlar,
    bering qo‘lga qo‘l» she' rida Quddus Muhammadiyning fikrini davom ettirib,
    shunday yozadi:
    Tinchlik doim saqlanar,
    Qasd qilgan majaqlanar.
    Do‘stlar, bering qo‘lga qo‘l,
    Urushga hech qoymang yo‘l»!
    Hoziigi zamon o‘zbek bolalar adabiyotida tinchlikning asosiy garovi bo‘lmish do‘stlik mavzusi tobora kengayib bormoqda. Bu mavzuda ayniqsa S. Jabbor, E. Raimov, R. Tolib, A. Obidjon va boshqalar g'oyaviy-badiiy mukammal asarlar yaratmoqdalar.
    Bugungi o‘zbek bolalar she’riyati haqida gap ketar ekan, maktab hayotini aks ettiradigan asarlar haqida alohida to‘xtalib o‘tish kerak. Hamma narsa o‘qishga, maktabga bog'liq. Maktab mavzusida yozilgan she’rlarda taibiya o‘chog'i maktablar, unda qaynayotgan baxtli hayot, bolalarning ilm-fan nurlaridan bahramand bo‘lishga intilishdek ijobiy fazilatlari ifodalanadi.
    Ilyos Muslimning «Maktabim», «Kitobcham» she'rlari kichik maktab yoshidagi bolalarga mo‘ljallangan. «Maktabim»ni o‘qigan bolada o‘qishga, ilm-fan nurlaridan bahramand bo‘lishga intilish yanada o‘sadi.
    Ona kabi mehribon —
    Ilm-fanlarga makon,
    Yayrab o‘qiyman har on,
    Qadrdonim, maktabim!
    Senda darslar xilma-xil,
    Ongim o ‘sar yilma-yil.
    Sevinchlarga to ‘lar dil,
    Qadrdonim, maktabim!»
    Alochi o‘quvchining maqsad va niyati ham a’lo darajada. Uning maqsadi o‘sib, ulg'ayib xalq uchun, ona-oika uchun haqiqiy farzand bolib voyaga yetish:
    A ’lo o ‘qishdir burchim,
    Sarf etaman bor kuchim.
    Ishlayman xalqim uchun,
    Qadrdonim maktabim!
    Po‘lat Mo‘minning «Xoh o‘qishda, xoh ishda», «Yer chopildi, javob topildi», «Sinfimiz qo‘shig'i», «Ustozlar», Rauf Tolibning «Katta tanaffusda», «O‘rtog'imiz yo‘qoldi», «Uy vazifasi»; Eigash Raimovning «Endi katta boiaman» kabi asarlarida shu kunning nafasi sezilib turadi. Odatda bolalar orzular qanotida yashaydilar. Eigash Raimovning «Endi katta bo‘laman» she' rida bolaning orzu-niyati nihoyatda buyuk. Tezroq o‘sib, ulg'ayib maktab o‘quvchisi bo‘lish:
    Bultur edim oltida,
    Yoshitn yetmay qoldida,
    Maktabga yozishmadi,
    O‘qishga olishmadi.
    Yillar yurmas ketiga,
    Bu yil to ‘ldim yettiga.
    Endi katta bo‘laman,
    Men maktabga boraman.
    Bugungi kun bolalar she’riyatida harbiy vatanparvarlik mavzusi ham ancha mukammal ishlangan. Urush davri she’riyati tasvir markazida tuigan jangovarlik, fashist bosqinchilariga kuchli nafrat, Vatan himoyasiga chaqiriq, baynalmilal do‘stlik g'oyalari so‘nggi davr she’riyatida ham asosiy mavzulardan biriga aylandi. Ammo endi davr bilan bog'liq ravishda tasvir uslubining birmuncha o‘zgarganini ko‘rishimiz mumkin. Jumladan, urush davri she’riyatida lirik qahramonning bevosita jang maydonlaridagi kechinmalari ifodalansa, keyinchalik jang qahramonlarining esdaliklari yoki u haqda boshqalaming taasurotlari, tinchlik uchun kurash g'oyasi, urushning faqat halokatli oqibatlarini ifoda etishi birinchi o‘ringa chiqarildi. Bu hoi she’riyatda harbiy vatanparvarlik tuyg'usining, tushunchasining tobora kengayib, yangi-yangi qirralari namoyon bo‘layotganligini, davr talabi asosida ijodiy an’ananing davom etayotganini, boyitilayotganini ko‘rsatadi. Urushdan keyingi harbiy vatanparvarlik she’riyati uchun xarakterli xususiyatlar urush qahramonlari jasoratining ko‘proq ikkinchi shaxs tomonidan hikoya qilinishida ham ko‘zga tashlanadi. Urushga munosabatning bu shaklini Uyg'un («Mening akam»), Asqad Muxtor («Tinchlik soldati») kabi keksa avlod vakillaridan tortib, Tursunboy Adashboyev («O‘g'limga»), Safar Barnoyev («Dadamning qoilari») singari keyingi avlod qalamkashlari ijodida ham uchratish mumkin.
    O‘zbek bolalar she’riyatining urushdan keyingi davrda yaratilgan namunalari ko‘zdan kechirilganda, harbiy vatanparvarlik mavzusiga turlicha yondashilganini ko‘rishimiz mumkin. Jumladan, Mavlon Ikrom «Yosh partizan» poemasida qrimlik yosh partizan Viktor Korobkovning jasoratiga oid hujjatlardan foydalansa, Quddus Muhammadiy, Tolib Yo‘ldoshlar urush sababchisi bo‘lgan fashistlami folklordagi ya’juj-m a’jujlar kabi an’anaviy obrazlar tasviri orqali urushni la’natlaydilar. Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari Ilyos Muslim va Shuhratlar fashistlaming kirdikorlarini o‘sha voqealaming bevosita shohidlari sifatida hayotiy, ta’sirchan gavdalantirsalar, Tursunboy Adashboyev, Qambar Ota, Aziz Abdurazzoq, Shamsi Odil,
    Rauf Tolib, Qutbi Nosirova va bosqalar ko‘proq otalar va bolalarning achchiq xotiralari tarzida qalamga oladilar.
    Tolib Yoidoshning «Bobom ertak aytsalar» she'ri bevosita urush
    qatnashchisining nevaralariga jang-jadallar haqidagi ertagi tarzida bitilgan.
    Bolalarga ertak tuyulgan bu voqealar aslida ertak emas, oddiy jangchining
    ko‘igan-kechiiganlaridir.
    «Qilich botir», «Alpomish», «Aldar ko‘sa» dostonlarini jon qulog'I bilan tinglagan bolalarning fashist bosqinchilari to‘g'risidagi xikoyadan vujudlari larzaga keladi.
    Ammo bu an’ana so‘nggi yillar yoshlar she’riyatida o‘zini oqlamayapti. Anvar Hojining «Men akamni kuzatdim», Habib Rahmatning «Askar ukasi», Fayzi Shohismoilning «Botir askar» she’rlarida akalarini harbiy xizmatga kuzatgan bolalarning ularga havasi; Shamsi Odilning «Ota meros», Rauf Tolibning «Ota izidan» she’rlarida bolalarning sodiqligi to‘g'risidagi
    ahdu-paymonlari quruq bayon qilinadi.
    Harbiy xizmatni o‘tash har bir yigitning muqaddas burchi. Kichkintoylarning buni orziqib kutishi hech kimga sir emas. Binobarin, kichik qahramonlaming akalari bilan faxrlanishi, quyidagi parchalarda bayon etilgani kabi tezroq katta bo‘lib, harbiy kiyimni kiyishni orzu qilishlari kishiga g'ayritabiiy tuyulmaydi.

    Yüklə 0,89 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin