Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali agrologistika va biznes fakulteti


Ipak qurtlari boqilgan haroratga qarab yoshlarini necha kun davom etishi



Yüklə 1,87 Mb.
səhifə7/109
tarix09.02.2022
ölçüsü1,87 Mb.
#52286
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   109
Ipak qurti ekologiyasi va boqish agrotexnikasi

Ipak qurtlari boqilgan haroratga qarab yoshlarini necha kun davom etishi.


Qurtlarning yoshlari va uyqusi

Haroratga qarab qurt yoshini davom etishi, kun

20-210

22-230

25-260

26-270

28-290

Birinchi yoshi

3,5

3

2,5

2,5

2,5

Birinchi uyqu

1

1

1

1

1

Ikkinchi yoshi

3

3

2,0

2

2

Ikkinchi uyqu

1

1

1

1

1

Uchinchi yoshi

4

4

3

2,0

2

Uchinchi uyqu

1,5

1

1

1

1

To’rtinchi yoshi

5

4

3,5

3,0

3

To’rtinchi uyqu

2

2

1,5

1,5

1,5

Beshinchi yoshi

9

8

7,5

7

6

Jami

30

27

23

21

20

Qurt boqish davrining davomati 15o da-60 kun; 17oda – 52 kun; 20oda –37 kun; 22o da –27 kun; 25o-26oSda –23 kun; 29o-30oda – 18-19 kun davom etadi.

Namlikni ipak qurtiga ta’siri.

Muhit namligi turlicha bo’lib, hasharotlar ekologiyasida havoning nisbiy namligi, ya’ni suv bug’i bilan to’yinish darajasi muhim ahamiyatga ega.

Havo namligini baholashda 3 xil kattalik foydalaniladi:

1. Absolyut namlik – bunda 1m3 havo tarkibidagi suv bug’ining miqdori aniqlanadi.

2. Maksimal namlik – ma’lum haroratda havoga quyiladigan suv bug’ining miqdori.

3. Nisbiy namlik – absolyut namlikning maksimal namlikka bo’lgan foizlardagi nisbati.

H   100

N- nisbiy namlik

A- absolyut namlik

M- maksimal namlik

Havo harorati yuqori bo’lsa maksimal namlik ko’payadi, agarda harorat pasaysa – kamayadi. Havo namligi haroratga bog’liq bo’ladi. Masalan, 1m3 havoni 0o da bug’ bilan to’yintirish uchun 4,9 g suv, 10o da –9,4 g va 30o Sda 30,4 g suv talab qilinadi. Havo harorati pasayganda namlik oshib ketadi, harorat ko’tarilsa namlik miqdori kamayib ketadi. /2 - jadval/.

Harorat bilan havo namligining bir-biriga bog’liqligi

2-jadval


Havo harorati

S0

N a m l i k

Absolyut namlik (g)

Maksimal namlik (g)

nisbiy namlik

(%)

0

4,9

4,9

100

10

4,9

9,4

52

20

4,9

17,3

28

30

4,9

30,4

16

Harorat bilan havoning nisbiy namligi bir me’yorda bo’lishi ipak qurti hayotida muhim rol o’ynaydi. Namlikning miqdoriga qarab, qurt tanasidan suvning bug’lanish darajasi o’zgarib turadi. Organizmdagi suvning bug’lanishi qurt tanasidagi haroratni bir qadar boshqarib turish va oziq moddalarning xazm bo’lishi va almashinishiga ta’sir etadi.

Ipak qurti ozuqasi hisoblangan yangi kesilgan tut bargi tarkibida 75% suv bo’ladi. Bu suyuqlikning bir qismi ichaklarda shimiladi, qolgani ovqat qoldiqlari bilan tashqariga chiqib ketadi. Ichaklarda shimilgan suvning 40% qurtning terisidan bug’lanib ketib, 60% organizmda qoladi. Suvning bug’lanishi 1 kg tirik vazniga nisbatan aniqlanadi. 1 kg tirik ipak qurti bir sutka davomida

Birinchi yoshda 0,52 kg suv

Ikkinchi yoshda 0,40 kg suv

Uchinchi yoshda 0,32 kg suv

To’rtinchi yoshida 0,26 kg suv

Beshinchi yoshida 0,11-0,22 kg suv bug’lantiradi.

Kichik yoshdagi qurtlar katta yoshdagilarga nisbatan suvni ko’proq bug’lantirib, beshinchi yoshdagi bir quti qurt 1 kunda 60 kg suv bug’lantirishi mumkin.



Nazorat savollari

1.Ipak qurtlarini rivojlanishiga haroratning ta’siri ayting.


2.Keskin o’zgaruvchan haroratni ipak qurtiga ta’siri ayting.
3.Ipak qurtlarini fiziologik jarayonlariga haroratning ta’siri ayting.

4.Namlikni qurt rivojlanishiga ta’siri ayting.



4.1 Mavzu. Yorug’likni ipak qurtiga ta’siri

Reja

1.Hashoratlar rivojlanishiga yorug’likni ta’siri

2. Yorug’likni ipak qurtiga ta’siri
Hashoratlarning rivojlanishi va ko’payish tezligiga ba’zan quyosh nuri ham ta’sir etadi. Masalan, ba’zi o’simlik butalarining jinsiy mahsuloti yorug’lik yetarli bo’lganda tezroq rivojlanadi. Tungi kapalaklarning ko’pi faqat yetarli darajada qorong’ilik bo’lganda tuxum qo’yadi. Hashoratlar rivojlanishiga kun va tunning almashishi ham ta’sir etadi. Agar karam kapalagi qurtining rivojlanishi kunning uzunligi 15 soatdan kam bo’lganda o’tsa, bunday qurtlardan paydo bo’lgan g’umbaklar diapauza holatiga o’tadi. Ya’ni ularning rivojlanishi to’xtaydi va yetuk hashoratga aylanishi kechikadi. Tut ipak qurtining diapauzasiga yorug’likni ta’sir etishi aniqlangan.

Tut ipak qurtining rivojlanishi binolarda /qurtxonalarda/ bo’lganligi uchun quyosh nurining to’g’ri ta’siridan saqlanadi.

Xonalarning yorug’ligi yorug’lik koeffitsienti bilan ya’ni yorug’lik tushadigan oyna satxining yoritilayotgan joy maydoniga nisbati bilan aniqlanadi. Qurtxonalar uchun bu koeffitsient 1:9 - 1:12. binoning yorug’lik darajasi derazalar oynasining sifati, qalinligi, turi va tozaligiga bog’liq. Oq bems 2mm qalinlikdagi oynada 10%, ikki qavatli oynalarda 20%, kir oynalarda 50% yorug’lik ushlab qolinadi. Bundan tashqari pardalar ham yorug’lik o’tishni 40% gacha saqlab qoladi.

Oynalarning sifati xonaga tushayotgan quyosh nurining miqdori va tarkibiga ta’sir etadi. Oddiy oynalar nurlarni yaxshi o’tkazib, infraqizil va ultrabinafsha nurlarni yutadi. Quyosh nurining energiyasi ko’rinuvchi nurlar hisobida bo’lib, qurtxonalarga kirganda ma’lum darajada kamaygan xolda qizitadi. Yer (pol), devor va predmetlar issiqlikni yutadi va o’z navbatida issiqlik energiyasi infraqizil nuri ajratadi. SHuning uchun xona ichida issiqlik saqlanadi. Ultrabinafsha nurlarini oddiy oynalar saqlab qoladi. Bu esa gigienik ahamiyatga ega bo’lib mikroorganizmlarni o’ldiradi va ipak qurtining yaxshi rivojlanishiga sharoit yaratadi.

Parnik va issiq xonalarda oyna o’rnida oq plyonkalardan foydalaniladi. Bu plyonkalar yorug’lik va ultrabinafsha nurlarini o’tqazadi. SHuning uchun qurtxona oynalarini plyonkaga almashtirish mumkin.

Respublikamizda ultrabinafsha nurlarining hayvon organizmiga ta’sirini o’rganishga katta e’tibor berilmoqda.

Olib borilgan tajribalar tut ipak qurtiga ultrabinafsha nurlarining ta’siri yaxshi natijalar berilganligini isbotlaydi.

Ipak qurtining yaxshi rivojlanishi uchun oddiy kun yorug’ligi yetarli. Kun yorug’ligi kam bo’lgan binolarda boqilgan qurtlarning rivojlanishi sekinlashadi, qorong’ida o’ralgan pillalar kichik va mayda bo’ladi. SHuning uchun ilg’or pillakorlar yuqori hosil olish uchun kechqurun qurtxonalarni chiroqlar yordamida yoritadilar, ayniqsa 1.2 va 3 yoshlarida. Tajribalar shuni ko’rsatdiki, kechalari yoritish natijasida qurtlik davri 1-2 kunga qisqarib, 5-10% hosildorlik oshgan.

Qorong’i qurtxonalarda doimo namlik yuqori bo’lib, g’analar tez qurimaydi, qurtlar kasallanadi. Yorug’ qurtxonalarda esa qurtlarni rivojlanishini kuzatish oson. Lekin to’g’ri quyosh nuri yoki haddan tashqari yorug’lik qurtlarni bezovtalaydi.

Savollar

1. Ipak qurtiga yorug’likni ahamiyati nimada

2. Qurtxonani maydoniga qarab yorug’lik kayfitsentini ayting.


Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin