Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə1/6
tarix04.02.2022
ölçüsü0,54 Mb.
#52118
  1   2   3   4   5   6
Tillayev Abbos kurs ishi


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT VILOYATI CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI

“ FIZIKA VA ASTRONOMIYA O’QITISH METODIKASI “ YO’NALISHI


MAVZU: “MKN ideal gaz holatining asosiy tenglamasi” mavzusini innovatsion texnologiyalar asosida o’qitish metodikasi.

BAJARDI: Tillayev A.

TEKSHIRDI:


Toshkent-2022

Mavzu: “MKN ideal gaz holatining asosiy tenglamasi” mavzusini innovatsion texnologiyalar asosida o’qitish metodikasi.

REJA:

KIRISH


I-BOB. FIZIKA O’QITISHDA INNOVATSION USULLAR

1.1- Fizika o`qitish usullari.

1.2- Fizika o’qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish.

1.3- Fizika darslaridan muammoli o’qitishni amalga oshirish metodikasi.

II-BOB. “MKN IDEAL GAZ HOLATINING ASOSIY TENGLAMASI” MAVZUSINI INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA O’QITISH METODIKASI.

2.1-Fizika faniga Axborot-kommunikatsiya va innovatsion texnologiyalarni joriy qilish.

XULOSA

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


KIRISH


Respublikamiz mustaqillikka erishgach hayotimizning boshqa soxalari kabi ta`lim tizimida ham muhim o`zgarishlar sodir bo`ldi. Ta`lim tizimini isloh qilish maqsadida ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖ va ―Ta`lim to`g`risida‖gi qonuni qabul qilindi. Bu hujjatlarga asosan respublikamizda ta`lim bir nechta bosqichda amalga oshirilmoqda.

Shu turlaridan umumiy o`rta ta`lim maktablarining 6-9 sinflarida ham fizika fani maxsus o`qitiladi. Endi bu ta`lim turlarining har birida fizikaning bo`limlaridan biri bo`lmish Molekulyar fizika va Termodinamika asoslarini o`qitishning o`ziga xos jihatlarini qarab chiqamiz.



Umumiy o`rta ta`lim maktablarida fizika fani 6-sinfdan boshlab o`rganiladi. 6-sinfga kelgan o`quvchini ta`biiy yo`nalishdagi bir qator fanlarni hamda matematika fanini quyi sinflarda o`qigan va bu fanlar bo`yicha ma`lum bilimga, amaliy ko`nikma va malakalarga ega bo`lganligini inobatga olgan holda, fizika fanini o`qitish tashkil etiladi. Dasturga asosan 6-sinfda fizika kursi mazmuni o`zgartilmagan holda‚ fizik hodisalar va kattaliklar o`rganish ketma-ketligi ulardan birini tanlab olish imkoniyatiga ega. Ulardan birinchisida fizika an‘anaviy bo`lgan usulda avval jismlarning harakati, bosib o`tgan yo`li, unga ketgan vaqti, tekis va notekis harakatda tezlik, massa, zichlik kabi fizik kattaliklar o`rganiladi. So`ngra modda tuzilishi haqidagi dastlabki ma‘lumotlar 6-sinf fizikasining 1-bobida berilgan, 6-sinfda modda tuzilishi haqidagi ma‘lumotlarga 6 soat ajratilgan bo`lib, bu bobda modda tuzilishi haqida antik davr olimlari va yurtdoshlarimiz bo`lgan Roziy, Beruniy, Ibn Sino ta`limotlari‚molekulalarning tartibsiz harakati‚ qattiq jism‚ suyuqlik va gazlarning molekulyar tuzilishi‚ diffuziya hodisasi haqidagi boshlang`ich bilimlarni o`quvchilarga berib boriladi. Mavzuga tegishli elementar mavzularning o`qitilishi nazarda tutilgan. Shuningdek 4ta demonstratsion, tajriba 1ta laboratoriya ishi suyuqliklarda diffuziya hodisasini o`rganish bo`yicha, ya`ni o`quvchilarga o`qituvchi ishni qanday bajarilishini tushuntirib‚ kuzatishlar to`g`risida xulosalar yozishlarini aytadi. Modda tuzilishi haqidagi dastlabki ma`lumotlarni qay darajada o`zlashtirganini bilish maqsadida 1-bobni yakunlash bo`yicha nazorat savollari ham berilgan. Mexanika bo`limi jismlarni harakati va muvozanat holati haqidagi bo`limdir. Bu bo`limdan keyingi bo`limlarida qo`llaniladigan ko`plab tayanch tushunchalar o`rganiladi. Ma`lumki jismlarning o`lchamlari va massalarini bilish‚ ularni barcha xossalarini tushuntirib berish uchun yetarli emas. Atrofdagi jismlar bir –biridan faqat o`lchamlari va massalari jihatdangina emas‚ boshqa bir qator tomonlari bilan ham farq qiladi. Jismlarni xossalari ularni qanday tuzilganligiga hamda uning qismlari qanday kuchlar bilan ta`sirlashishiga bog`liqdir. Shuning uchun‚ moddaning tuzilishi haqidagi masala, fizikaning asosiy masalalaridan biridir. Bu masala fizikaning molekulyar fizika va issiqlik hodisalari bo`limida batafsil qaraladi. Bo`limning o`ziga xos tomoni ham ana shundadir.


Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin