66
10-Mavzu: Emotsiya va hissiyot haqida tushuncha (2 soat)
Reja:
1. Hissiyot to‘g‘risida umumiy tushuncha
2. Emotsiy to‘g‘risida umumiy tushuncha
3. Hissiyotning o‘ziga xosligi
4. Odam va hayvon emotsiyalari
1. Hissiyot to‘g‘risida umumiy tushuncha
Hissiyot
borliqqa, turmushga, shaxslararo munosabatga nisbatan shaxsni subyektiv
kechinmalarining aks ettirilishidir. Shaxs tirik mavjudod bo‘lishi bilan birga jamiyat a'zosi
hamdir, shuningdek, yakkashol (individual) inson sifatida tevarak-atrofdagi narsalar va
hodisalarga nisbatan munosabatlarini xolisona (obyektiv) aks ettiradi, in'ikos qiladi. Aks ettirish
jarayoni favqulodda o‘z ichiga quyidagilarni qamrab oladi: a) shaxsning ehtiyojini qondirish
imkoniyatiga egalikni; b) qondirishga yordam beradigan yoki qarshilik ko‘rsatadigan
obyektlarga
subyekt sifatida qatnashishni; v) uni harakat qildiruvchi, bilishga intiltiruvchi
munosabatlarini va hokazo. Subyektiv munosabatlarning inson miyasida His-tuyg‘ular,
emosional holatlar, yuksak ichki kechinmalar tarzida aks etishi Hissiyot va emosiyani yuzaga
keltiradi. Hissiyot -yaqqol voqelikning ehtiyojlar subyekti bo‘lmish shaxs miyasida obyektlarga
nisbatan uning uchun qadrli, ahamiyatli bo‘lgan munosabatlarining aks ettirilishidir.
Mulohazalardan ko‘rinib turibdiki, munosabat atamasi bir necha marta matnda qayd
qilindi, shuning uchun unga ayrim izoshlar berish maqsadga muvofiqdir. Psixologiyada shali bir
talay terminlar, atamalar, tushunchalar mavjudkim, ularga moshiyat, ma'no, qo‘lam, sifat, shakl
jishatidan qo‘llanilishi yuzasidan ba'zi bir tuzatishlar kiritilishi ayni muddao bo‘lar edi.
Psixologiya fanida munosabat tushunchasi ikki xil ma'noda qo‘llanilib kelinadi: 1) subyekt
(shaxs) bilan obyekt (narsa) o‘rtasida tabiiy holda (tarzda) yuzaga keladigan o‘zaro
aloqa
o‘rnatish (obyektiv munosabatlar); 2) o‘rnatilgan aloqalarning aks ettirilishi (ularning
kechinmasi), xususiy subyektning ehtiyojlari va ularning obyektlararo munosabati (subyektiv
munosabatlar), binobarin, namoyon bo‘lgan ehtiyojlarni qondirishga shay turgan narsalar bilan
odam o‘rtasidagi munosabat ma'nosida ishlatiladi. Hissiyot tushunchasi kundalik turmushda va
ilmiy psixologik manbalarda har xil ma'noda qo‘llaniladi. Jumladan, Hissiyot o‘rnida sezgilar,
anglanilmagan mayllar, anglanilmagan xoHishlar,
tilaklar, maqsadlar, talablar tushunchalardan
foydalaniladi. Bu holatlar o‘rtasidagi o‘zaro o‘xshashlikka asoslanib ishlatilishi kundalik
turmush voqealari bo‘lib Hisoblanadi, xolos.
Ilmiy nuqtai nazardan kelib chiqib tashlil qilinganda "Hissiyot" odatda tirik mavjudodlar
miyasida, ya'ni shaxslarning ehtiyojlarini qondiruvchi va unga monelik qiluvchi obyektlarga
nisbatan uning (odamning) munosabatlarini aks ettirish ma'nosida qo‘llaniladi.
Jahon psixologiyasida "Hissiyot" bilan "emosiya" terminlari (ayniqsa chet mamlakatlarda)
bir xil ma'noda ishlatiladi, lekin ularni aynan bir xil holat deb tushunish mumkin emas. Bunday
nuqson ommabop adabiyotlarda, chet ellarda chop etilgan darsliklarda
aksariyat shollarda
uchraydi. Odatda tashqi alomatlari yaqqol namoyon bo‘ladigan His-tuyg‘ularni ichki
kechinmalarda ifodalanishdan iborat psixik jarayon yuzaga kelishining aniq shaklini emosiya
deb atash maqsadga muvofiq. Masalan, ranglarning o‘zgarishi, yuzlarning ta'bassumlanishi,
lablarning titrashi, ko‘zlarning yarqirashi, kulgu, yig‘i, g‘amginlik, ikkilanish, sarosimalik va
boshqalar emosiyaning ifodasidir.
Lekin vatanparvarlik, javobgarlik, mas'uliyat, vijdon, meshr
oqibat, sevgi- mushabbat singari yuksak xislatlarni emosiya tarkibiga kiritish g‘ayritabiiy hodisa
67
Hisoblanar edi. Ushbu Hissiy kechinmalar o‘zining moshiyati, kuch-quvvati, davomiyligi,
ta'sirchanligi, yo‘nalganligi bilan bir-biridan keskin farq qilishlariga qaramay,
ularni emosiya
sifatida talqin qilish oddiy safsataga aylanib qolgan bo‘lar edi. Shu boisdan ularning o‘zaro eng
muhim farqi shundaki, birisi ijtimoiy (Hissiyot), ikkinchisi esa (emosiya) individual, xususiy
ahamiyat kasb etadi.
Ta'kidlab o‘tilgan mulohazalarga qaramasdan, Hissiyot bilan emosiyaning o‘zaro bir-
biridan qat'iy cheklab qo‘yish ham ba'zi anglashilmovchilikni keltirib chiqarishi mumkin.
Faoliyat, xulq-atvor, muomala subyekti o‘zining shaxsi hamda jamiyati uchun ahamiyati
Hisoblangan narsalar va hodisalarni aks ettiruvchi munosabati Hissiyotda mujassamlashadi.
Shaxsning individual shayoti va faoliyatiga aloqador (xosh foydali, xosh zararli bo‘lishdan qat'i
nazar) omillar, qo‘zg‘ovchilar, turtkilarni ifodalovchi hamda
kelib chiqishi instinktlar, hartsiz
reflekslar, irsiy belgilar (ovqatlanish, jinsiy, shimoyalanish, qo‘rqish va boshqalar) bilan bog‘liq
sodda Hissiy holatlar "emosiya" deyiladi. Emosiyalar nafaqat insonlarga, balki jonli rivojlangan
mavjudodlarga ham taalluqli ruhiy (psixik) holatlardir. Hayvonlardagi emosiyalar o‘zgarishi
murakkab bo‘lgan tabiylik (irsiy) alomatlarga asoslanuvchi sodda tuzilishga egadir. Odam bilan
shayvon emosiyalari o‘zlarining moshiyati, tuzilishi, ta'sirchanligi, jadalligi, sifati, shakli bilan
keskin tafovutlanadi. Emosiyalar tashqi ko‘rinishga xosligi bilan,
muvaqqat xususiyatga ega
ekanligi bilan Hissiyotdan farqlanadi.
Shuni aytib o‘tish joizki, Hissiyot shayvonot olamiga xos kechinma emas, u aql-zakovat
subyekti sanalmish shazrati insongagina xos, xolos, chunki empatik (hamdardlik) His-tuyg‘ular
shaxsning mukammallik bosqichiga ko‘tarilishiga kafolat negizidir.
Hissiyot bilan emosiya (uning yuksak darajalari nazarda tutiladi) inson shaxsining ijtimoiy
shayotiy hart-haroitlarida yuzaga kelgan, odamning ijtimoiy tarixiy taraqqiyotida shakllangan
(evolyusion yo‘sinda), muayyan ijtimoiy mushitda (jamiyatda) istiqomad qiluvchi kishilar
tomonidan o‘zlashtirilgan g‘oyalar, me'yorlar,
qonun-qoidalar, nizomlar, qadriyatlarni aks
ettiruvchi anglanilgan His-tuyg‘ular, murakkab ichki kechinmalarni vujudga kelish jarayonidir.