Xavfsizlik uchun eng maqbul tanlov



Yüklə 1,75 Mb.
səhifə1/19
tarix23.05.2023
ölçüsü1,75 Mb.
#120272
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Dilshodga chala


KIRISH
Har bir mamlakatning rivojlanishida avtomobil yo’llarining o’rni yuqori darajada turadi. Bugungi kunda Toshkent shahar hududida 7 ming km ziyod uzunlikdagibi ko’cha va yo’llar mavjuddir.
Dunyo andozalariga mos, keng avtomobil yo'llarini qurish uchun milliardlab mablag', yuzlab ishchi kuchi zarurligini soha vakillari, ayniqsa, quruvchilar yaxshi biladi. Jahon tajribasida ham yo'llarni barpo etish ko'p xarajat talab etadigan yumush hisoblanadi. Oxirgi yillarda yurtimizda keng va ravon magistrallar, eng so'nggi texnologik yutuqlarni o'zida mujassam etgan muhtasham ko'priklar, yer osti va yer usti yo'llarini qurish ko'lami va sifati ortib bormoqda.
Chirchiq daryosi ustidan o'tgan yangi yo'l qurilishi barcha muammolarga echim bo'ldi. 20 kilometrlik masofa 11 kilometrga qisqardi.
Texnik ko'rsatkichlariga ko'ra, bu yo'l 6 tasmali, magistral tartibga solingan ko'cha hisoblanadi. Har bir tasmaning o'tkazish qobiliyati shahar ko'chalaridagi kabi soatiga 600-1200 tagacha transport vositasi qatnovini nazarda tutadi. Bu ko'rsatkich vaqt va sharoitga qarab o'zgarib turadi. Yo'lning harakat jadalligi yuqori bo'lgani holda, mashinaning har bir o'qiga 13 tonnadan yuk tushishiga moslashtirilgan. Avvallari yo'l qurilishida 1 ta o'qqa 6 tonna yuk tushishi hisobga olinganiga e'tibor qaratsak, yangi yo'lning imkoniyatlari ancha kengligi ko'rinib turibdi.
Xususan, yo'l asosiga odatdagidek 10 santimetr emas, balki 18 santimetr qalinlikdagi beton yotqizildi.
Xavfsizlik uchun eng maqbul tanlov
Barcha sohalarda ilm-fan va innovatsiyaning uyg'unligi muvaffaqiyatlar sari yo'l ochib boraveradi. Transport yo'llari qurilishida jahon tajribasini miridan-sirigacha o'rgangan loyihachi tashkilotgina xalqaro standartlarga moslashib ishlay oladi. Ana shunday mezonlar asosida faoliyat ko'rsatishga “Yo'l loyiha byurosi” mutaxassislari, avvalo, harakat xavfsizligini oshirish maqsadida tasmalar kengligini qisqartirdi. Ya'ni belgilangan qatorlar kengligi odatdagi 3,75 metrdan 3,5 metrga tushirildi.
— Boisi, engil mashinaning kengligi o'rtacha 1,80 metr, avtobuslarniki esa 2,5 metr ekanini hisobga olsak, odatiy tasmalar kengligi bitta avtoulov uchun kattalik qiladi va bundan boshqalar foydalanishga urinadi. Natijada shu joyning o'zida tirbandlik yuzaga kelib, chorrahaning o'tkazish qobiliyati tushib ketadi. Avtohalokat sodir bo'lish ehtimoli yanada ortadi. SHu jihatlarni inobatga olgan holda, yo'l tasmalari kengligi 3,5 metr bo'lishiga qaror qildik. Bu tajriba Evropada ham ommalashgan. Ularda hatto 2,75-3,25 metr kenglikdagi yo'l tasmalari ham bor. Biroq 3,5 metr kenglik eng maqbul tanlov sifatida ko'proq qo'llaniladi.
Yangi tushgan yo'l kechqurun yanada yorug', nurafshon manzilga aylanadi. Tunda undan o'tadigan transport vositalari yo'lini turnaqator terilgan 1 400 ta chiroq yoritib turadi. Yoritkichlar tayanchlari orasi ham maqbullashtirilgan. Ularning oraliq masofasi 40 yoki 20 metr emas, o'rtacha 30 metrni tashkil etadi.

Yüklə 1,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin