MA’RUZA: 1
YOSH FIZIOLOGIYASI VA GIGIENASI FANINING VAZIFASI, MAZMUNI, AHAMIYATI VA TARIXI
Reja:
1. Yosh fiziologiyasi predmeti.
2. Maktab gigienasi predmeti va ahamiyati.
3. Yosh fiziologiyasi va gigienasi fanining boshqa fanlar bilan aloqasi va qisqacha tarixi.
4. 2000 yil - sog`lom avlod yili.
5. "Sog`lom avlod uchun" dasturi
Yosh fiziologiyasi va gigienasi fani talabalarga, bo`lajak muallimlarga rivojlanayotgan organizmning o`sish va rivojlanishi, bolalarning yosh xususiyatlari, uning tashqi muhit bilan o`zaro bog`likligi, bolalarda uchraydigan turli kasalliklar va ularni oldini olish yo`llarini o`rgatishda, bilimga ega qilishda katta ahamiyatga ega.
Fiziologiya biologiyaning bir tarmog`i bo`lib, organlar, organlar tizimining va organizm funktsiyalarini hamda hayot jarayonlarini o`rganadi.
Yosh fiziologiyasi fani tibbiyot fanlari bo`lmish Yosh fiziologiyasi va gigienasi fanining bir tarmog`i bo`lib, yosh organizmning katta odam organizmidan tubdan farq qilishini ko`rsatadi. Demak, bola organizmi fakat katta odamning qolipi emas, balki hajmi, fiziologik xususiyatlari va tashqi muhitga moslanishi bilan farq qiladi.
Yosh fiziologiyasi fani turli yoshdagi bolalar va o`smirlarning organizmlarida kechadigan o`sish va rivojlanish jarayonlarini, organlari, tu^imalari va tizimlarini o`ziga xos yosh xususiyatlarini o`rganadi.
Yosh fiziologiyasi o`rganadigan asosiy ob`ekt bolalardir.
Gigiena yunoncha “Foydali” degan ma`noni anglatadi. Gigiena odamni o`rab to`rgan tashqi muhitni sog`lomlashtirish yillarini o`rganadi.
Gigiena fani maktab gigienasi, komunal gigiena, ovqatlanish gigienasi, mehnat gigienasi va gigienaga oid boshqa fanlarni o`z ichiga oladi. Maktab gigienasi bolalar va o`smirlar organizmi bilan tashqi muhit o`rtasidagi qonuniyatlarni o`rganadi, ularni to`g`ri o`sib rivojlanishlari uchun zarur gigiena asoslarini ishlab chiqadi. Maktab gigienasining asosiy maqsadi bola aqliy mehnat qobiliyatining funktsional imqoniyatlarini ortib borishi, turli sharoitga moslashishi, charchash va o`ta charchash, asab va boshqa turli kasalliklarni oldini olish uchun chora-tadbirlar ishlab chiqishdan iborat. Shuningdek, bolalar muassasalarining sanitariya-gigiena holatini yaxshilash, ta`lim-tarbiya jarayonining gigienik asoslari, maktablarni to`g`ri qurish va obodanlashtirish va shunga o`xshash boshqa masalalar bilan shug`ullanadi. Sanitariya odam salomatligini ta`minlaydigan gigiena talablarini hayotga tatbiq etadi. Sanitariya so`zi gigienik ma`lumotlarni amaliyotga tatbiq qilish ma`nosini bildiradi. Gigiena fanida tibbiy eksperiment usuli asosiy usul bo`lib, u organizmga tashqi muhitning har tomonlama ta`sirini o`rganadi.
Tabiiy gigienik eksperiment usulida bola uchun tabiiy yashash sharoitida (dars soatlari, jismoniy mashqlar va boshqalar) organizm bilan tashqi muhit o`rtasidagi o`zaro bog`liqlik, tabiiy omillarning bola organizmiga ta`sirini ko`zatib, shu yoshdagi bolalarga uning anatomo-fiziologik imqoniyatlariga qarab tegishli normalar belgilanadi.
Yosh fiziologiyasi va gigienasi bir qancha fanlar: tibbiyot, pedagogika psihologiya fanlari bilan chambarchas bog`langandir. Yosh fiziologiyasi bo`larning ilmiy-nazariy asosi hisoblanadi.
Tibbiyotning talaygina sohalari - pediatriya, bolalar xirurgiyasi, bolalar va o`smirlar gigienasi - yosh fiziologiyasi ma`lumotlaridan juda keng miqyosda foydalanadi. Shular asosida o`z fan sohalarini rivojlantirib boradi. Yosh fiziologiyasi va gigienasi pedagogika va uning barcha sohalari uchun ilmiy-tabiiy asosdir. Yosh psihologiyasi ham yosh fiziologiyasi ma`lumotlariga tayanadi, Pedagoglar ta`lim-tarbiya ishlarini yosh fiziologiyasi va gigienasi ma`lumotlariga asoslangan holda olib borishlari muhim ahamiyatga ega.
Pedagog bilib olishi shart bo`lgan birinchi narsa, bu bola tanasining tuzilishi va hayoti, bola tanasining anatomiyasi va fiziologiyasi va uning rivojlanishidir. Bo`siz yaxshi pedagog bo`lish, bolani to`g`ri tarbiyalash mumkin emas. Bolaning jismoniy va aqliy qobiliyatlarini, uni nimalarga qodir eqanligini bilmasdan turib, yoshga aloqador xususiyatlarini nazar e`tiborga olmasdan turib ta`lim-tarbiya ishlarini to`g`ri yo`lga qo`yish mumkin emas. Bolalarni to`g`ri ustirib tarbiyalash mamlakatni yo`qsaltirish va taraqqiy ettirish garovidir.
O`zbekistonda yosh fiziologiyasi va gigienasi fanini o`rganar eqanmiz, bu fanning umuman tibbiyot fanining rivojiga ulqan hissa qo`shgan vatandoshlarimizni eslashimiz lozim.
X asrning ikkinchi yarmida Abu Bakr ibn Axavay Buxoriyning "Hidoyat" (tibbiyotni o`rganuvchilarga qo`llanma) kitobida odam va bolada uchraydigan ko`pgina kasalliklar va ularni davolashda qo`llaniladigan dorilar haqida ma`lumotlar berilgan. O`sha davrlarda Abu Mansur Buxoriyning "Oddiy dorilar haqida katta to`plam", Abu Saxl Masix Jurjoniyning yo`z bobli "Al-kimyo" kitobida tibbiyotni o`rganishda darslik sifatida keng qo`llanilgan.
Entsiklopedist olim Abu Rayxon Beruniy ham tibbiyot faniga katta hissa qo`shgan. Uning "Saydana" kitobida o`simlik va hayvon mahsulotlaridan hamda mineral moddalardan tayyorlanadigan mingdan ortiq dorilar haqida ma`lumot berilgan.
Jahon ilmiy tafakko`ri rivojiga katta hissa qo`shgan bo`yo`q alloma Abu Ali ibn Sino juda katta ilmiy meros qoldirgan. U o`zidan oldin o`tgan Sharq, mutafakkirlarining asarlarini chuqur o`rganish bilan birga, qadimgi yunon tibbiy-ilmiy va falsafiy merosini, hususan, Aristotel’, evklit, Ptolomey, Galen, Gippokrat, Pifagor kabilarning asarlarini qunt bilan o`rgandi. Ibn Sinoning "Kitob al-qonun fittibb" (Tib qonunlari) kitobi beshta katta kitobdan iborat bo`lib, 1956 va 1962 yillarda ro`s va o`zbek tillarida to`liq nashr etilgan. Bu kitoblarda odam anatomiyasi, fiziologiyasi va gigienasi kabi tibbiyotning nazariy fanlariga hamda ichki kasalliklar, jarroxlik, dorishunoslik, yuqumli kasalliklarga ta`luqli bilimlar bayon etilgan.
Bu kitob 600 yil davomida butun jahondagi shifokorlar uchun asosiy qo`llanma bo`lib keldi, undagi ko`pgina ma`lumotlar hozir ham o`z ahamiyatini saqlab kelmoqda. U 36 marta qayta nashr etilgan. Ibn Sino turli yuqumli kasalliklarning kelib chiqishi va tarqalishida ifloslangan suv va havoning roli katta eqanini uqtirib, suvni qaynatib yoki fil’trlab iste`mol qilishni tavsiya etgan. U tashqi muhitdagi turli tabiiy narsalar havo, suv orqali kasallik tarqatuvchi ko`zga ko`rinmaydigan "mayda hayvonlar" ya`ni mikroblar haqida L.Pasterdan 800 yil ilgari o`z fikrini bildirgan. U kasalliklarni oldini olishda tashqi muhitni muhofaza qilish, shaxsiy va ijtimoiy gigiena qoidalariga amal qilish zarurligi haqidagi fikrlarni bundan 1000 yil ilgari aytgan edi.
XII asrda yashab ijod qilgan Ismoil Jurjoniy, Najibuddin Samarqandiy, XVI asrda yashagan Sulton Ali Tabib Xorosoniy tibbiyot fanini rivojiga katta hissalarini qo`shganlar.
Hozirgi davrda ham tibbiyot sohasida ko`pgina taniqli olimlar etishib chiqdi. Jumladan, akademik A.YU.YUnusov fiziologiya fanining rivojlanishiga salmoqli hissa qo`shgan. Ayniqsa, akademik A.YU.YUno`sovning yosh fiziologiyasini o`rganish sohasida olib borgan ilmiy tekshirish ishlari, alohida o`rin tutadi. Yosh fiziologiyasi masalalari Toshkent tibbiyot institutida, Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika universitetada va Pedagogika ilmiy tekshirish institutida ishlab chiqilmoqda, Professor D.D.SHaripova, e.S.Maxmudov, Z.T.Tursunov, R.D.Axmedov, V.D.Xodjimatov va M.G.Xodjimatov va M.G.Mirzakarimova va ularning shogirdlari yosh fiziologiyasi fanini rivojlantirishda o`z hissalarini qo`shib kelmoqdalar.
O`zbekiston mo`staqillikka erishgandan so`ng o`zining asosiy masalalaridan biri deb sog`lom-avlodni tarbiyalashni belgilab oldi. 2000 yilgi sog`lom avlod yili deb e’lon qilinishi mamlakatimizda olib borilayotgan oliyjanob, savobli ishlarning davomi deb hisoblanadi.
Mustaqil O`zbekiston oldida to`rgan asosiy masalalardan biri bu ta’lim-tarbiya tizimidan tubdan o`zgartirib, uni hozirgi zamon talabi darajasiga ko`tarishdir.
Mamlakatimizning birinchi ordeni "sog`lom-avlod uchun" ordeni bo`lib, u 4 mart 1999 yilda qabul qilingan. 29 aprel’ 1993 yilda "sog`lom-avlod uchun" jamg`armasi tuzildi. 3 dekabr’ 1993 yilda Vazirlar Mahkamasining 589 qarori bilan o`sib kelayotgan avlodni sog`lomlashtirish chora tadbirlari haqidagi kompleks dastur qabul qilindi. Bu dasturning asosiy yunalishlari quyidagilardan iborat:
1. Har bir xalq ta’limi xodimi tibbiy va gigienik bilimlarga ega bo`lishi.
2. Har bir xalq maorifi xodimi ta’lim-tarbiyaning gigienik normalarini bilishlari.
3. Sog`lom turmo`sh tarzini shaqllantirish.
4. Yosh avlodga gigienik tarbiya berish.
Dostları ilə paylaş: |