1-Mavzu: YOSH PSIXOLOGIYASI VA PEDAGOGIK
PSIXOLOGIYASI FANIGA KIRISH
REJA
1.
Yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiya amaliy psixologiya sohasi
sifatida.
2. Yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiyasining asosiy vazifasi.
3. Yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiyasining boshqa fanlar bilan
bog‘liqligi.
4. Yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiyasining metodlari.
5. Yosh tushunchasi.
Yosh davrlar psixologiyasi fanining
mavzu bahsi turli yoshdagi odamlarning
(bolalar, o’quvchilar,
kattalar, erkaklar, ayollarning) (rivojlanishda) tug’ilganidan
to umrining oxirigacha psixik rivojlanish jarayonini, shaxsning shakllanishi hamda
o’zaro munosabati qonuniyatlarini o’rganishdan iboratdir.
Rivojlanish
psixologiyasi insonda turli psixik jarayonlar (sezgi, idrok, xotira, tafakkur,
xayol
va
hokazolar) rivojlanishining o’ziga xos xususiyatlarini, uning har
xil faoliyatini
(o’yin, o’qish, mehnat kabilar), er va
ayolning jinsiy tafovutlarini, shuningdek,
inson shaxsining tarkib topishini ilmiy jihatdan tadqik qiladi.
Inson psixikasining rivojlanish
davrlarini aniqlash, shu sohadagi
ma’lumotlarni to’plash ham mazkur psixologiyaning mavzu bahsiga kiradi.
Bolaning tug’ilishidan to voyaga yetgunicha
har tomonlama rivojlanishi,
jamiyatning teng huquqli a’zosi bo’lgunicha ulg’ayishi va shaxsining tarkib topishi
muammolarini, bularning psixologik mexanizmlarini aniqlash va sharhlash
rivojlanish psixologiyasi sohasining muhim jihatidir.
Bola jamiyatning a’zosi, mukammal shaxs
sifatida muayyan ijtimoiy
muhitda kamol topar ekan, uning butun bilish jarayonlari, o’ziga
xos xususiyatlari
va ruhiy holatlari, ongi