― pul va banklar



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/266
tarix07.01.2024
ölçüsü4,42 Mb.
#212082
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   266
pul va banklar (2)

darajasidir.
PI 


Pul aylanishi tushunchasini yanada aniqroq tushunishimiz uchun 2 ta A va B 
shaharchalarni olamiz. A shaharcha maydoni kichikroq biroq aholi soni B 
shaharchanikidan ko‘proq. Shunga ko‘ra, A sharchada bank strukturasi yaxshi 
rivojlangan, tadbirkorlik faoliyati ham yuqori darajada tashkil qilingan. A 
shaharchada bank muassasalari soni ko‘p bo‘lib, pulni istalgan shaklda ishlatish 
bu sharcha aholisi uchun muammo emas. Natijada, bu shaharcha iqtisodiyotida 
pul aylanishi ko‘rsatkichi yuqori bo‘lib, bu uning iqtisodiyot ko‘rsatkichlari yaxshi 
bo‘lishiga ham olib kelgan.
Boshqa tomondan esa, B shaharcha maydon jihatdan A shaharchadan katta 
bo‘lsa ham, aholi soni bo‘yicha undan kichkina. Bank faoliyati yaxshi 
rivojlanmagan hamda bank tashkilotlari soni yetarli emas. Tadbirkorlik faoliyati 
ham o‘z-o‘zidan rivojlanishi past darajada bo‘lib, bank orqali bo‘ladigan hisob-
kitob operatsiyalari yaxshi rivojlanmagan. Natijada aholi qo‘lidagi pul 
mablag‘larini banklarga ishonib topshirish tushunchasiga ega emas va bu B 
shaharchaning iqtisodiyoti barqarorligiga ta‘sirini ko‘rsatgan. 
Bu ikki holatdan shuni aytish mumkinki, agar biror hududda pul aylanish 
darajasi qanchalik darajada past bo‘lsa, pul aholi qo‘lida shuncha kam aylanadi 
hamda pul massasining iqtisodiyotga ta‘siri ham sezilarsiz bo‘lishi kuzatiladi. Pul 
aylanish darajasiga ta‘sir etuvchi omillar sirasiga quyidagilar kirishi mumkin: 

Hududdagi moliyaviy tashkilotlar soni 

Aholining umumiy soni 

Amalga oshiriladigan pul o‘tkazmalari miqdori
Xorijiy Iqtisodchi olimlardan biri Ludwig von Misesning ta‘kidlashicha pul 
aylanishi tushunchasining asosiy mohiyati shundan iboratki, bu jarayonni nafaqat 
butun bir iqtisodiyot darajasida balki, alohida individuallar faoliyati misolida 
o‘rganish kerak. Shu jihatdan pul aylanishi jarayonini o‘rganishda narxlar va 
xarid qilish qobilyati bo‘yicha tatbiq etish har doim ham to‘g‘ri bo‘lmasligi 
mumkin. 
Yana bir iqtisodchi olim Helmut Creutz pul aylanishi tushunchasini xarid 
qilish jarayonidan tashqari qarz va qayta tolovlar miqdoriga ham bog‘lab 
o‘rganadi. Bu olim pul aylanishini 3 xil ko‘rinishda turli jarayon bo‘yicha 
tasvirlaydi. 
1.
 
Pul aylanishi to‘lovlar va qarz bo‘yicha olib qaralganda 
 
 


Yuqorida keltirilgan jarayonni boshi ham oxiri ham mavjud emas. Ya‘ni bu 
jarayonda qaralayotgan mablag‘ qanaqa maqsadda ishlatilmasin, u to‘xtovsiz 
harakatda bo‘ladi. Bunda A, B…E lar iqtisodiyotdagi barcha sub‘ektlar bo‘lib, 
agar bu jarayonda masalan, A sub‘ekt B ga xaridi uchun pul to‘lagan bo‘lsin. B 
sub‘ekt esa bu pulni C ga qarz sifatida beradi va C o‘sha pulga D dan tovar sotib 
oladi. E su‘bekt esa A ning ko‘rsatgan xizmati uchun to‘lovni D dan qarz sifatida 
oladi. Bu jarayonda muomalada aylanayotgan pul tovar va xizmatlarga to‘lov 
uchun 3 marta, qarz munosabati uchun esa 2 marta ishlatildi. Agarda B sub‘ekt 
mablag‘ini qarz munosabatiga yo‘naltirmasa, bunda jarayon buzilishi mumkin. 
2.
 
To‘lovlar va qarzdorlik to‘lovlari bo‘yicha pul aylanishi jarayoni: 
 
Bu jarayonda A sub‘ekt C dan tovar sotib oladi, C esa o‘zining kreditorlik 
qarzini B ga to‘laydi va natijada B sub‘ekt E dan mahsulot sotib oladi. O‘z 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin