Reja izlari bo`yicha kesish eng murakkab operatsiyalardan biridir (74-rasm).
Zagotovkani gira jag`iga kern izlari ko`rinadigan qilib qisiladi va izlar bo`yicha
kesiladi. Birinchi zarbani zubiloni gorizontal holatga keltirib uriladi, keyinchalik
esa u 25°—30° qiyalatib amalga oshiriladi.
Serbar sirtlarni kesish sermashaqqatligi bilan birga kam unumdir. Bu usul
randalash va frezerlash dastgohlariga sig`maydigan katta listlarni kesishda
qullaniladi.
Ish quyidagi uch bosqichda bajariladi: zagotovkaning qaramaqarshi ikki
chetidan 30°—45° burchak ostida rax hosil kilinadi. Shundan keyin
qaramaqarshi tomon qirralariga zubilo ish yo`lini belgilaydigan chuqurlikda
kernlanadi va zagotovka sirtida zubilo yoki kreysmeyselning kesuvchi tig`ining
eniga teng bo`lgan o`lchamlarda parallel izlar hosil qilinadi. Nihoyat,
zagotovkani gira jag`lariga qisib, kreysmeysel bilan belgilangan parallel
chiziqlar bo`ylab kesish ishlari bajariladi (75-rasm, a, b). Xomaki kesish vaqtida
ariqchalar o`rtasida qolgan ayrim bo`rtiqlar kesib tashlanadi.
Yassi va egri sirtlarga ariqchalarnikesish quyidagicha bajariladi (76-
rasm, a, b). Dastavval zagotovka sirtiga iz tushirilib, kreysmeysel bilan 1,5—2
mm chuqurlikda ariqcha ochiladi. Kesish natijasida hosil bo`lgan notekisliklar
tuzatilgach, uning aniqligi andoza bilan tekshiriladi.
Rangli qotishmalarni kesishda zubiloni sovunli suvda ho`llash yoki moyli
latta bilan artish kerak. Bu usul zubilo tig`ining o`tkirlatsshshiga yordam beradi.
Mehnat xavfsizligi.Metallarni qo`lda kesishda quyidagi qoidalarga rioya
qilish kerak:
— chilangarlik bolg`asining sopi mahkam o`rnatilgan va darz ketmagan
bo`lishini tekshirish;
— kreysmeysel va zubilo bilan ishlashda himoya ko`zoynakdan
foydalanish;
21
mo`rt va qattiq metallarni kesishda to`siqlar (to`r) dan, albatta, foydalanish.