1- mavzu: biznesni boshqarishda buxgalteriya hisobining o’rni va ahamiyati



Yüklə 311,7 Kb.
səhifə10/14
tarix18.08.2023
ölçüsü311,7 Kb.
#139813
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
1-Дарс

1



2


O’z mablag’lari manbalari (xususiy kapital) korxonaga doimiy foydlanish uchun biriktirilgan bo’lib, uni xo’jalik faoliyati jarayonida oshirib boriladi.
Qarz mablag’lari (qarzga olingan kapital) manbalari korxona tasarrufiga muayyan muddatga kelib tushadi, bu muddat tugashi bilan ular mulkdorga foizi bilan yoki foizsiz qaytarilishi kerak.
Xususiy kapital ta’sischilarning, ya’ni korxona mulkdorlarining mulki bo’lmish aynan shu aktivlarni ko’rsatadi. Xususiy kapital xo’jalik yurituvchi subyektning uning ta’sischilari oldidagi qarzi miqdorini ko’rsatadi deb ta’kidlash ham mumkin. Bu majburiyatlar ta’sischilar tomonidan korxonani tugatish (ustav kapitali) yoki dividendlarni hisoblash (taqsimlanmagan foyda) paytida talab qilinadi.
O’z mablag’lari manbalariga birgalikda xususiy kapitalni tashkil etuvchi ustav, qo’shilgan va rezerv kapitali, taqsimlanmagan foyda, rezervlar, maqsadli tushumlar, dotatsiyalar va subsidiyalar kiradi:

  • Ustav kapitali – korxona tashkil qilinganda o’z mol-mulkini shakllantirishning asosiy manbayi. U ta’sis hujjatlari bilan belgilangan hajmlarda uning faoliyatini ta’minlash uchun korxonani tashkil etish jarayonida asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va pul mablag’lari ko’rinishida korxona mol-mulkiga ta’sischilar qo’shgan ulushlar qiymatining yig’indisini ko’rsatadi. Ushbu summa korxona ustavida aks ettiriladi va korxona ta’sischilari qarori bo’yicha ta’sis hujjatlariga tegishli o’zgartirishlar kiritish hamda ustavni qaytatdan ro’yhatdan o’tkazish yoki unga qo’shimchalar kiritish yo’li bilan o’zgartirilishi mumkin.

  • Qo’shilgan kapital – qo’shimcha aksiyalar chiqarish va ularni nominal qiymatdan ortiqcha narxda sotishdan paydo bo’ladigan emissiya daromadlaridan iborat. Shuningdek, bunda ustav kapitalini shakllantirishdagi kurs farqi ham aks ettiriladi.

  • Rezerv kapitali – qonunchilik va ta’sis hujjatlariga muvofiq sof foydadan ajratmalar yo’li bilan barpo qilinadi. Undan dividendlar to’lashda, ushbu maqsad uchun hisobot yilida foyda bo’lmaganda yoki yetarlicha bo’lmaganda, hisobot yilidagi korxonaning kutilmagan zararlari va yo’qotishlarida foydalaniladi. Unga yuridik yoki jismoniy shaxslardan tekinga olingan mol-mulkning qiymati ham kiritiladi. Rezerv kapitali tarkibida qayta baholash paytida shakllangan qiymatlar ham hisobga olinadi.


  • Yüklə 311,7 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin