1- mavzu: biznesni boshqarishda buxgalteriya hisobining o’rni va ahamiyati



Yüklə 311,7 Kb.
səhifə8/14
tarix18.08.2023
ölçüsü311,7 Kb.
#139813
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
1-Дарс

Joriy aktivlarga bir yildan kamroq muddatda foydalanish uchun mo’ljallangan, bitta ishlab chiqarish siklida to’liq iste’mol qilinadigan, butun qiymatini ishlab chiqarilgan mahsulot yoki ko’rsatilgan xizmatlar narxiga o’tkazadigan mol-mulk kiradi.


U zoq muddatli aktivlarga quyidagilar kiradi:

  • Asosiy vositalar;

  • Nomoddiy aktivlar;

  • Kapital qo’yilmalar;

  • Uzoq muddatli moliyaviy qo’yilmalar (investitsiyalar);

  • Uzoq muddatli debitorlik qarzlari.

Asosiy vositalar – bularga bir yildan oshadigan davr mobaynida mahsulot ishlab chiqarish, ishlar bajarish, xizmatlar ko’rsatish chog’ida yoki korxonani boshqarish uchun mehnat vositasi sifatida foydalaniladigan va qiymati har bir donasi (to’plami) uchun O’zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam oylik ish haqining (sotib olish paytidagi) ellik baravaridan oshiq bo’lgan buyumlar kiradi. Ular vaqt o’tgan sari eskirib boradi va o’z qiymatini qismlab mahsulot, ishlar yoki xizmatlar qiymatiga o’tkazadi.
Asosiy vositalarga binolar, inshootlar, mashina va uskunlar, mebel, transport, hisoblash texnikasi, asbob va uskunlar, ish hayvonlari va mahsuldor mollar, ko’p yillik o’simliklar va hokozolar kiradi.
Nomoddiy aktivlar – uzoq foydalaniladigan (bir yildan ortiq), pulli bahoga ega bo’lgan va daromad keltiradigan, lekin moddiy ko’rinishga ega bo’lmagan obyektlar. Ularga yer va tabiiy resurslardan foydalanish huquqlari, tovar belgilari, savdo markalari, patentlar, litsenziyalar va hakozolar kiradi.
Kapital qo’yilmalar – korxonaning asosiy vositalar qurilishi va xarid qilinishi uchun sarflagan va ularning tugallanmaganligi sababli asosiy vositalar tarkibiga hali qabul qilinmagan mablag’lari.
Uzoq muddatli moliyaviy qo’yilmalar (investitsiyalar) – ularga bir yildan ortiq muddatga foydalanish uchun mo’ljallangan qimmatli qog’ozlar (aksiyalar, obligatsiyalar va hakozo)ni xarid qilishga doir korxona xarajatlari kiritiladi. Bu qimmatli qog’ozlar boshqa korxonalar faoliyatiga mablag’ qo’yilganidan guvohlik beradi va yillik daromad (dividend) olish huquqini beradi.

Yüklə 311,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin