Buxgalteriya hisobi mulkchilkning har qanday shaklidagi korxona xo’jalik faoliyatini yalpi, uzluksiz va hujjatlarga asoslangan holda aks ettirish tizimidir. Demak, qat’iyan hujjatliligi, yalpi, uzluksiz ekanliligi va aniq qiymat bahosiga tayanishi buxgalteriya hisobining farqlovchi xususiyatlari hisoblanadi.
Buxgalteriya hisobida har qanday xo’jalik operatsiyasi bo’yicha tegishli tarzda tuzilgan, barcha zaruriy ko’rsatkichlarga ega bo’lgan, mas’ul shaxslar tomonidan imzolangan va tasdiqlangan hujjat tuzilishi kerak.
Buxgalteriya hisobi uzluksizdir, chunki u kunma-kun yuritiladi, barcha xo’jalik hodisalari va jarayonlari yalpi tarzda qayd etiladi.
O’zbekiston Respublikasi “Buxgalteriya hisobi to’grisida”gi qonunining 11- moddasiga ko’ra, korxona, muassasa va tashkilot rahbari buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etishi, shartnoma asosida malakali buxgalter xizmatlaridan yoki shartnoma asosida buxgalteriya hisobotlari bilan shug’ullanuvchi boshqa bir yuridik shaxs ko’magidan foydalanish huquqiga ega.
Buxgalteriya hisobining maqsadi foydalanuvchilarni o’z vaqtida to’liq hamda aniq moliyaviy va boshqa buxgalteriya ma’lumotlari bilan ta’minlashdir.
Buxgalteriya hisobining vazifalari quyidagilardan iborat:
Buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarida aktivlarning holati va harakati, mulkiy huquqlar va majburiyatlarning holati to‘g‘risida to‘liq va aniq axborotlarni shakllantirish;
Samarali boshqarish uchun buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini umumlashtirish;
Moliyaviy, soliqqa solishga doir va boshqa hisobotlarni tuzish.
Buxgalteriya hisobi xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyati to’g’risida ma’lumotga ehtiyoji bo’lgan foydalanuvchilarni iqtisodiy ma’lumotlar bilan ta’minlash uchun yuritiladi. Xulosa qilib aytilganda, foydalanuvchilarni ikki guruhga ajratish mumkin:
Dostları ilə paylaş: |