1- mavzu: biznesni boshqarishda buxgalteriya hisobining o’rni va ahamiyati


Uzoq muddatli debitorlik qarzlari



Yüklə 311,7 Kb.
səhifə9/14
tarix18.08.2023
ölçüsü311,7 Kb.
#139813
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
1-Дарс

Uzoq muddatli debitorlik qarzlari – bu korxona tomonidan boshqa bir yuridik shaxs yoki jismoniy shaxsga berilgan, to’lash muddati bir yildan ortiq bo’lgan qarzi (uzoq muddatli kredit, uzoq muddatli ijara va boshqalar).
Joriy aktivlar
Joriy yoki qisqa muddatli aktivlarga eng likvidli mablag’lar kiradi (lotinchadan “ligvidus” – suyuq, oquvchan), chunki ular majburiyatlarni to’lash uchun doimo pul mablag’lariga aylanishga tayyor bo’ladi. Ular tarkibiga quyidagilar kiradi:



  • Ishlab chiqarish zahiralari – bu ishlab chiqarish jarayonida yoki ishlar bajarish va xizmatlar ko’rsatish paytida foydalanish uchun mo’ljallangan xom-ashyo, materiallar, sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar, yoqilg’i, idishlar, ehtiyot qismlar, inventar va xo’jalik jihozlari;

  • Tugallanmagan ishlab chiqarishbu berilgan korxonada ishlov berish va belgilangan sinovlarning barcha bosqichlaridan o’tmagan, butlanmagan, shuningdek, texnika nazorati yoki buyurtmachi tomonidan qabul qilinmagan mahsulot;

  • Tayyor mahsulotbu berilgan korxonada ishlov berilishi to’liq tugallangan, standartlar talablari va texnik shartlarga javob beradigan, texnika nazorati bo’limi tomonidan qabul qilingan va tayyor mahsulot omboriga topshirilgan mahsulot;

  • Pul mablag’lari bu kassadagi naqd pullar va talab qilib olingunga qadar depozitlar, shuningdek, hisob-kitob, valyuta va bankning boshqa hisob varaqlaridagi mablag’lar;

  • Qisqa muddatli debitorlik qarzlari bu korxona tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga berilgan, muddati bir yildan kam bo’lgan qarzlar.

Buxgalteriya hisobida nafaqat aktivlarni tarkibi va joylashtirilishi, balki hosil bo’lish manbalarini ko’rib chiqadigan va korxona tomonidan vositalar nimalar hisobiga xarid qilinganligini ko’rsatadigan ko’rsatkichlar ham aks ettirilishi kerak. Ular passivlar deb ataladi. Shakllanish manbalari bo’yicha aktivlar o’z mablag’lari (xususiy kapital) hisobiga xarid qilingan aktivlar va qarz mablag’lari (majburiyatlar) hisobiga xarid qilingan aktivlarga ajratiladi.


Passivlar

O’z mablag’lari manbalari

Majburiyatlar


Yüklə 311,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin