1- mavzu: biznesni boshqarishda buxgalteriya hisobining o’rni va ahamiyati


Yuridik shaxslarning tashkiliy huquqiy shakllari



Yüklə 311,7 Kb.
səhifə2/14
tarix18.08.2023
ölçüsü311,7 Kb.
#139813
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
1-Дарс

Yuridik shaxslarning tashkiliy huquqiy shakllari
Yuridik shaxslarni tashkil qilish tartib tamoyillari, ustav kapitalining miqdori va uning taʼsischilari bilan munosabatlaridan kelib chiqib ular bir nechta tashkiliy- huquqiy shakllarda tuziladi. Аsosiylari quyidagilar:
Masʼuliyati cheklangan jamiyati - bir yoki bir necha shaxs tomonidan taʼsis etilgan, ustav fondi (ustav kapitali) taʼsis hujjatlari bilan belgilangan miqdorlarda ulushlarga bo’lingan korxona. Masʼuliyati cheklangan jamiyatning ishtirokchilari uning majburiyatlari bo’yicha javobgar bo’lmaydilar va jamiyat faoliyati bilan bog’liq zararlar uchun o’zlari qo’shgan hissalar qiymati doirasida javobgar bo’ladilar. Taʼsischilar ro’yxati va ularning ulushi jamiyat ustavida kursatilgan bo’ladi.
Masʼuliyati cheklangan jamiyatni taʼsischilar tomonidan tayinlangan (mehnat shartnomasi tuzgan holda) direktor boshqaradi. Direktorlikka taʼsischilar orasidan yoki o’zga shaxslar ham tayinlanishi mumkin. Jamiyatning sof foydasi taʼsischilarning ustav kapitalidagi ulushiga mutanosib taqsimlanadi. Bunda 5 % dividend solig’i olinadi.
Masʼuliyati cheklangan jamiyatni ustav kapitalining miqdori jamiyatni davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun hujjatlarni taqdim etish sanasidagi holatga ko’ra qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining qirq baravaridan kam bo’lmasligi lozim. Taʼsischilar soni bittdan elliktagacha bo’lishi mumkin.
Aksiyadorlik jamiyati - ustav fondi muayyan aksiyalar soniga bo’lingan jamiyat. Аksiyadorlik jamiyatining ishtirokchilari (aksiyadorlar) uning majburiyatlari bo’yicha javob bermaydilar va jamiyat faoliyati bilan bog’liq zarar uchun o’zlariga qarashli aksiyalar qiymati doirasida javobgar bo’ladilar.
Xususiy korxona - mulkdor yagona jismoniy shaxs tomonidan tuzilgan va boshqariladigan tijoratchi tashkilot. Yaʼni xususiy korxona bu yuridik shaxs bo’lib, uni bir kishi tashkil etadi va faqat uning o’zi rahbarlik qiladi. Xususiy korxona istalgancha ishchi xodim yollashi mumkin.
Oilaviy korxona - uning ishtirokchilari tomonidan tovarlar ishlab chiqarish, xizmatlar ko’rsatish va realizatsiya qilishni amalga oshirish uchun ixtiyoriy asosda, oilaviy korxona ishtirokchilarining ulushli yoki birgalikdagi mulkida bo’lgan umumiy mol-mulki negizida tashkil etiladigan kichik tadbirkorlik subʼektidir. Oilaviy korxona faoliyati uning ishtirokchilarining shaxsiy mehnatiga asoslanadi.
Oilaviy korxona o’z majburiyatlari bo’yicha qonunga muvofiq undiruv qaratilishi mumkin bo’lgan o’ziga tegishli barcha mol-mulk bilan javob beradi.
Oilaviy korxona xodimlarni yollashni amalga oshirishi mumkin. Oilaviy korxona ishtirokchilarining va uning yollanma xodimlarining umumiy soni kichik tadbirkorlik subʼektlari xodimlarining yuqorida keltirilgan o’rtacha yillik sonidan ko’p bo’lishi mumkin emas. Bunda oilaviy korxona ishtirokchilarining eng kam soni ikki kishidan oz bo’lmasligi kerak.
Oilaviy korxonaning ustav fondi korxonani davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun hujjatlar taqdim etiladigan sanadagi qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqining o’n baravari miqdoridan kam bo’lmasligi kerak.



Yüklə 311,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin