1- mavzu: biznesni boshqarishda buxgalteriya hisobining o’rni va ahamiyati


Buxgalteriya hisobi, ahamiyati va vazifalari



Yüklə 311,7 Kb.
səhifə4/14
tarix18.08.2023
ölçüsü311,7 Kb.
#139813
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
1-Дарс

Buxgalteriya hisobi, ahamiyati va vazifalari


  • Hisob haqida tushuncha

  • O’zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini huquqiy tartibga solish

  • Buxgalteriya hisobining elementlari



Buxgalteriya hisobini tartibga soladigan normativ-huquqiy hujjatlar:

  1. O’zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to’g’risida” gi qonuni.

  2. Buxgalteriya hisobining milliy standartlari.


Hisob haqida tushuncha
Mamlakatimizdagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliya va xo‘jalik faoliyatini to’liq aks ettirish uchun bir nechta hisob turlaridan foydalaniladi. Shulardan asosiylari:

        • Operativ hisob

          • Statistik hisob

          • Buxgalteriya hisobi

Operativ hisob rejalarning bajarilishini nazorat qilish va ishlab chiqarishga tezkor rahbarlikni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan kundalik ma’lumotlarni olish va umumlashtirishga xizmat qiladi. U tadbirkorlikni rivojlantirishda muhim ahamiyatga egadir. Operativ hisob yordamida korxona resurslari va ular miqdorining o‘zgarishini joriy tartibda kuzatish, buxgalterlik va statistik hisobda aks ettirilmaydigan qator ma’lumotlarni ko‘rsatish mumkin. Masalan, ishlab chiqarish me’yorlarining bajarilishi, shartnoma majburiyatlarning bajarilishi, mashina va qurilmalardan foydalanish darajasi va hokazolar hisobga olinadi.
Statistik hisob miqdor ko‘rsatkichlarida ifodalanadigan ijtimoiy-ommaviy hodisalarni sifat jihatdan tavsiflab, kuzatish va aks ettirish hamda jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlarini o‘rganish tizimidir.
Statistik hisob ishlab chiqaruvchi kuchlar, ishlab chiqarish munosabatlari va ijtimoiy turmushdagi siyosiy va madaniy jarayonlar rivojlanishining asosiy qonuniyatlarini ochib beradi. Iqtisodiyotni boshqarish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni yig‘ish, statistik tahlil qilish va axborotdan foydalanuvchilarga o‘z vaqtida taqdim etish statistik hisobning asosiy vazifasidir. Bu maqsadda statistik hisob buxgalteriya va operativ hisob ma’lumotlaridan foydalanib, shu bilan birga ularning tuzilishiga ham ta’sir etadi.

Yüklə 311,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin