1- mavzu: biznesni boshqarishda buxgalteriya hisobining o’rni va ahamiyati


Tadbirkorlik subʼektlarini tashkil etish



Yüklə 311,7 Kb.
səhifə3/14
tarix18.08.2023
ölçüsü311,7 Kb.
#139813
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
1-Дарс

Tadbirkorlik subʼektlarini tashkil etish
Yakka tartibdagi tadbirkorlik (YaTT) bilan shug’ullanish uchun doimiy yashash joyidagi hokimiyatda tashkil etilgan Yagona darcha markaziga pasport va STIR nusxasi bilan borish kifoya. Аriza yozib, o’sha kunning o’zida YaTT sifatida ro’yxatdan o’tganlik to’g’risida guvohnomani olib, bemalol ish boshlasa bo’ladi. Bu orada faqat soliq idorasi va bankka borish lozim bo’ladi. YaTT larning soliq to’lash tartibi va bank bilan bo’ladigan munosabatlari kursimizning tegishli mavzularida batafsil keltiriladi va siz bu orada amaliy ishlarni ham bajarasiz.
Yuridik shaxsni tashkil etish ham bugungi kunga kelib juda soddalashdi. Hozirda yuridik shaxsni davlat ro’yxatidan o’tkazishning ikki xil usuli mavjud: internet orqali va bevosita Davlat xizmatlari markazlariga tashrif buyurish yo’li bilan. Birinchi usulda biroz kompyuter savodxonligi kerak bo’ladi. Buning uchun internet orqali ariza jo’natishdan avval Davlat xizmatlari markazlaridan Elektron raqamli imzo (ERI) olish lozim. ERI yordamida https://fo.birdarcha.uz manzilida ro’yxatdan o’tib, ariza jo’natiladi.
Ikkinchi usul bu anʼanaviy usul bolib, kerakli hujjatlarni tayyorlab, Davlat xizmatlari markaziga borish lozim bo’ladi. Buning uchun dastlab firma nomini biror taʼsischi o’z pasporti bilan borib, Davlat xizmatlari markazidan yoki https://fo.birdarcha.uz saytidan bron qilishi va u asosida taʼsischilar umumiy yig’ilishi bayonnomasi, taʼsis shartnomasi va ustav shakllantiriladi. Taʼsis shartnomasi va ustav “Tijorat tashkilotlarini taʼsis hujjatlarining namunaviy shakllarini tasdiqlash to’g’risida”gi Аdliya vazirligi tomonidan 2016 yil 20 dekabrda 2848-son bilan ro’yhatdan o’tkazilgan Nizom asosida tayyorlanadi.
Ushbu bayonnoma tayyorlanib, taʼsis hujjatlari bilan birgalikda bir nusxada korxona yuridik manzili joylashgan joydagi Davlat xizmatlari markaziga taqdim etiladi. Hujjatlarga taʼsischilarning pasport nusxalari, STIR nusxasi va eng kam ish haqining bir barobari miqdorida davlat boji to’langanligi to’g’risida kvitantsiya ilova qilinadi. Davlat bojini yagona darcha yonida joylashgan bank kassalarida to’lash mumkin.
Ko’pincha o’sha kunning o’zida yoki ertasiga Davlat xizmatlari markazi korxonani davlat ro’yxatidan o’tkazib, Guvohnomani taʼsischilarga taqdim etadi. Korxonada birinchi buyruq davlat ro’yxatidan o’tkazilgan sanada direktorlikka kirishish to’grisida bo’ladi.
Shundan so’ng, Davlat xizmatlari markazi tomonidan berilgan Guvohnoma asosida istalgan joyda muhr tayyorlatiladi. Guvohnoma va ushbu buyruqdan bir necha nusxa (kopiya) tayyorlanib muhr bilan tasdiqlanadi. Ular hisobraqam ochish uchun bankka, ShJBPS (INPS) bo’yicha hisobga ko’yish uchun tuman Xalq bankiga va soliq inspeksiyasiga taqdim etiladi. Soliq idorasidan elektron hisobotlarni jo’natish uchun ERI olinadi. Bir narsani esdan chiqarmaslik lozimki, davlat ro’yxatidan o’tkazilgan sanadan boshlab o’n besh kun ichida soliq inspeksiyasiga Yagona soliq to’lovini qo’llash bo’yicha elektron xabarnoma berish hamda tuman Xalq bankiga borib, korxonani ShJBPS (INPS) bo’yicha hisobga qo’yish shart. Maslahatimiz, o’n besh kun kutmasdan 3-4 kunda hal kilib quying. Ko’ryabsizki, 2-3 kun ichida korxonamiz faoliyat kursatishga tayyor.

Yüklə 311,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin