Biz sizlar bilan buxgalteriya kursida hisob elementlarini ikki guruhga buxgalteriya hisobining subyektlari va obyektlariga bo’lib o’rganamiz.
Qonunchilikka muvofiq buxgalteriya hisobini yuritishi shart bo’lgan muassasalar, tashkilot va korxonalar buxgalteriya hisobining subyektlari hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi hududida faoliyat yuritayotgan barcha yuridik shaxslar, shu jumladan ishlab chiqarish korxonalari, banklar, sug’urta, ilmiy-tadqiqot, maslahat, jamoat va notijorat tashkilotlari, fondlar, siyosiy partiyalar, byudjet mablag’laridan moliyalashtiriladi-gan davlat muassasalari va hokimliklar, shirkatlar, birlashma va uyushmalar buxgalteriya hisobini yuritishlari shart.
Buxgalteriya hisobining obyektlari korxonada hisobga olinadigan bir turdagi elementlar guruhini aks ettiradi.
Korxona aktivlari (yoki mol-mulki) – korxona egalik qiladigan va ular yordamida o’zining moliyaviy xo’jalik faoliyatini amalga oshiradigan xo’jalik vositalarining xilma-xil turlaridir.