1 – mavzu: hfx fanining asosiy tushunchalari mohiyati



Yüklə 2,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/45
tarix22.07.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#137085
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   45
12.3 янги амалий (лек)

 
Masofadan boshqarish.
Texnologik jarayonlarni masofadan boshqarish mehnat 
xavfsizligi uchun katta ahamiyatga ega, chunki bunda ishchining bevosita xavfli zonada 
bo`lmasligi ta`minlanadi. 
Ishlab chiqarish jarayonining yaqinida insonni bo`lishi qiyin yoki mumkin bo`lmaganda 
jarayonni masofadan boshqarish usuli qo`llaniladi. Bunda uskunalarga xizmat qiluvchi 
ishchining (operator) xavfli zonada etarlicha masofaga uzoqda bo`lishi ta`minlanadi. 
Masofadan boshqarish zamonaviy chorvachilik komplekslarida (ozuqa tayyorlash, 
gungni chiqarish va boshqalarda), oson alangalanadigan yoki toksik moddalar bilan (bo`yoq 
ishlari, urug’larni zararlash va boshqa.), ishlaganda, bug’li quritgichlarda, mevalarni quritish 
uskunalarida idishlarni bug’lashda va boshqa joylarda qo`llaniladi.
O`zining ta`sir etish printsipi bo`yicha masofadan boshqarishning quyidagi sistemalari 
mavjud: 
1. mexanik; 
2. gidravlik; 
3. pnevmatik; 
4. elektron; 
5. kombinatsiyalashgan. 
Mexanik boshqarish uskunalar boshqarish pul’tidan uncha uzoq bo`lmagan masofada 
joylashganda qo`llaniladi. Agar boshqarish etarlicha uzoqlikdan amalga oshirilishi kerak bo`lsa 
boshqarishning boshqa sistemalaridan foydalaniladi. 
Blokirovkalash qurilmalari. 
Mashina va mexanizmlarni o`ta xavfli zonalarida 
xavfsizlikni oshirish maqsadida to`siqlar bilan birgalikda blokirovkalash qurilmalaridan ham 
foydalaniladi.
Blokirovka
- bu mashinalar qismini muayyan holatda ushlab turuvchi vositalar 
va uslublar majmui hisoblanadi. 
Ko`pgina mashina va mexanizmlarda xavfsizlikning texnik vositalari kompleks holda 
ishlatilsada, xavfsizlik to`liq ta`minlanmaydi. CHunki, ko`pgina baxtsiz hodisalar ishchining 
e`tiborsizligi yoki xavfsizlik qoidalariga amal qilmasligi sababli kelib chiqadi. 
Masalan, har qanday mashina yoki traktorni o`t oldirishda uzatmalar quttisi ajratilgan 
holda bo`lishi shart, aks holda turli ko`rinishdagi ko`ngilsiz voqealar sodir bo`lishi mumkin. 
Xuddi shuningdek, mashinalarning aylanuvchi yoxud boshqa xavfli zonalardagi himoya 
kojuxlari ma`lum sabablarga ko`ra echilib so`ngra e`tiborsizlik tufayli o`z joyiga o`rnatilmay 
qolishi ularni ishlash vaqtida ma`lum xavfli zonalarini keltirib chiqarish mumkin. Blokirovka 
qurilmalari ana shunday salbiy holatlarini oldini olish maqsadida ishlatiladi va har xil mashina va 
mexanizmlardan foydalanishda xavfsizlikni oshiradi. Masalan, mashina va mexanizmlar 
korpusining himoya kojuxi o`rnatiladigan joyiga maxsus kontaktlar o`rnatilib himoya kojuxi 
echib olinganda kontaktlar elektr ta`minotini uzadi, natijada mashina boshqarish pul’ti orqali 
qo`shilganda mashina yoki mexanizm ishga tushmaydi. Himoya kojuxi joyiga qayta 
o`rnatilganda kontakt qo`shiladi va elektr ta`minoti ulanadi. Ana shu kabi qurilmalarni mashina 


341 
va traktorlarga o`rnatish mumkinki, natijada uzatmalar quttisi qo`shilgan vaqtda ularning 
dvigatellari o`t olmaydi.

Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin