1 A. X. O‘roqov



Yüklə 10,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/102
tarix26.10.2023
ölçüsü10,95 Mb.
#161432
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   102
Avtomobil yollarini tamirlash va saqlash texnologiyalari darslik

Nazorat savollari
1.
Yo‘llarni qanday boshqarish kerak va yo‘llarga xizmat ko‘rsatishning asosiy 
vazifalari nimalardan iborat? 
2.
Yo‘l-patrul xizmati va harakatni boshqarish xizmatining tuzilishi qanday? 
3.
Yo‘l texnik tashkilotlari qanday ishlab chiqarish bazasiga ega bo‘lishi kerak? 
4.
Yo‘llarni ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatishni qanday tashkil qilinadi ? 
5.
Ishni tashkil etish tamoyillari va usullari qanday? 
6.
Yo‘llarni ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatishga qabul qilish qanday 
amalga oshiriladi? 
7.
Yo‘llarni ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish sifatini baholash 
tushunchasini ayting?
8.
Yo‘l xizmati ishlab chiqarish ob’ektlariga qanday talablar qo‘yiladi?
9.
Yo‘llarni ta’mirlash va saqlash paytida mehnatni muhofaza qilish.
10.
Mehnatni muhofaza qilishni tashkil qilish ?


397 
X-BOB. AVTMOBIL YO‘LLARINI TA’MIRLASh VA SAQLASh 
IShLARI BO‘YIChA MABLAG’LAR SARFINI HISOBLASh 
TAMOYILLARI
10.1. Avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va saqlash ishlari bo‘yicha 
mablag’lar sarfini hisoblash qoidalari 
Avtomobil yo‘llari tarmog’i bo‘yicha butunlay ta’mirlanishi lozim bo‘lgan 
avtomobil yo‘llari uzunligi, yo‘l to‘shamasi va qoplamasini amaldagi 
ta’mirlashlararo xizmat muddatini hisobga olgan holda, yo‘l va yo‘l inshootlarini 
holatini baholash va diagnostika qilish natijalari asosida aniqlanadi. U yoki bu 
turdagi ta’mirlash turiga tegishli bo‘lgan muayyan avtomobil yo‘llari va yo‘l 
bo‘laklari uzunligi va ularni bajarish muddati, muvofiq keladigan ta’mirlash turini 
belgilash uchun o‘rnatilgan mezonlar asosida, avtomobil yo‘llari va yo‘l 
inshootlari haqiqiy holatini taqqoslash yo‘li bilan aniqlanadi. Har qaysi avtomobil 
yo‘li va uning bo‘lagini talab qilinadigan ta’mirlash turi, ta’mirlash bo‘yicha ishlar 
hajmi va tarkibi, ularning haqiqiy holatini baholash va diagnostika qilish natijalari, 
muhandislik qidiruvi, sinash va tekshirish, no‘qsonlar qaydnomasi va boshqa 
avtomobil yo‘llari va yo‘l inshootlarini holatini baholashdan iborat bo‘lgan 
hujjatlar asosida aniqlanadi. Bunda yo‘l holati muvofiq keladigan ta’mirlash turini 
aniqlash mezonlari taqqoslanadi.
Avtomobil yo‘llari va yo‘l inshootlari balans bahosiga kiritilgan binolar va 
yordamchi inshootlar, yo‘l xizmati binolari va ishlab chiqarish bazalari 
inshootlarini ta’mirlash, o‘rnatilgan tartibda ishlab chiqiladigan loyiha-smeta 
hujjatlariga muvofiq alohida topshiriq bo‘yicha amalga oshiriladi. Mazkur qoida 
avtomobil yo‘llarini joriy ta’mirlash va saqlash bo‘yicha ishlar hajmini 
rejalashtirish, yil mavsumlari va rejadagi davrlar bo‘yicha ularni taqsimlash, 
mehnat va material-texnik resurslarga bo‘lgan ihtiyojni aniqlash uchun 
mo‘ljallangan.
Mukammal ta’mirlash o‘rnatilgan tartibda ishlab chiqilgan va tasdiqlangan 
loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq bajariladi va ta’mirlanayotgan yo‘l bo‘lagi butun 


398 
uzunligida avtomobil yo‘lining hamma elementlari va inshootlari bo‘yicha 
kompleks bajarilishi lozim.
Har qaysi muayyan yil ob-havo sharoitini oldindan aytib bo‘lmaydi, bu esa 
saqlash bo‘yicha asosiy ishlar zarur hajmiga kuchli ta’sir qiladi. Agar Buyurtmachi 
saqlash bo‘yicha me’yoriy ishlarga ko‘p yuqori ishonchlilikni qo‘ysa, tajribalar 
shuni ko‘rsatadiki, Bajaruvchi, qachonki, me’yoriy saqlash hajmi haqiqiy hajmdan 
oshgan yillarda ortiqcha moliyalashtirishni oladi, qachonki, haqiqiy hajmlar 
me’yoriy saqlash hajmidan oshgan yillarda esa, qo‘shimcha moliyalashtirishni 
talab qiladi.
Haqiqiy bajarilgan ishlar bo‘yicha qabul qilinadigani va haq tulanadigani 
bilan me’yoriy saqlash bo‘yicha ishlarni uyg’unlashtirish zarur.
Quyidagi ish turlari, ya’ni yo‘llarni o‘yiqlarini ta’mirlash, yo‘l belgilari 
taxtalarini almashtirish, qishgi davrlarda qorni chiqarib tashlash va boshqa shunga 
o‘xshash kabilar haqiqiy bajarilgan ishlar bo‘yicha qabul qilinadigan va haq 
to‘lanadiganlar toifasiga kiradi.
Saqlash bo‘yicha qisman ishlar, hajmlarni tomomlagungacha va qo‘shimcha 
ish hajmlarini bajarishga Buyurtmachining topshirig’i (yoki Buyurtmachi 
tomonidan tasdiqlangan, Bajaruvchi taklifi) mavjud bo‘lguncha – haqiqiy 
bajarilgan ishlar bo‘yicha qabul qilinadigan va haq to‘lanadigan hisoblanadi.
Me’yoriy saqlash bo‘yicha ishlar hajmi oldindan aniqlanadi (bu ishlarni 
bajarish zarurati paydo bo‘lguncha) va Bajaruchi-tashkilot bilan bitimga kiritiladi. 
Me’yoriy saqlash bo‘yicha ishlar sifati yo‘l tarmog’i holatini baholash bilan 
nazorat qilinadi. Agarda, saqlash sifatiga bo‘lgan talablar bajarilmasdan qolsa, u 
holda Buyurtmachi o‘rnatilgan tartibda Bajaruvchi tashkilotga moliyalashtirishni 
kamaytirishni qo‘llashi mumkin.
Mazkur Qoida uchta bo‘limdan tashkil topadi: 
- yo‘llarni joriy ta’mirlash va saqlash bo‘yicha ishlar hajmini rejalashtirish; 
- ishlarni bajarish uchun ishchi kuchiga, asosiy mashina mashina va 
mexanizmlarga bo‘lgan ihtiyojni aniqlash;


399 
- avtomobil yo‘llarini joriy ta’mirlash va saqlash ishlarini rejalashtirish 
tartibi. 
Mazkur Qoida rejali va hisobiy ko‘rsatkichlarning tarkibini, ularni hisoblash 
tartibini, rejali hujjatlar shakllarini va tuman yo‘l-ekspluatastiya korxonasida 
(TYEK) avtomobil yo‘llarini joriy ta’mirlash va saqlash rejalarini ishlab chiqish 
muddatlari o‘z ichiga oladi.
TYEK va uning bo‘linmalari uchun avtomobil yo‘llarini joriy ta’mirlash va 
saqlash bo‘yicha ish rejasini ishlab chiqish amaldagi me’yoriy va uslubiy hujjatlar 
doirasida 
amalga 
oshiriladi.
Joriy ta’mirlash va saqlashning ishlab chiqilgan rejalari, yo‘l tashkiloti va 
uning bo‘linmalarini quvvatidan maksimal foydalanishni, ishlab chiqarishni tashkil 
qilish va texnologiyalarining ilg’or uslublarini tadbiq etish hisobiga ishlab 
chiqarish jarayonlarini jadallashtirish, ishlarni mehnat va material-texnik resurslar 
bilan o‘z vaqtida va kompleks ta’minlashni nazarda tutishi lozim.

Yüklə 10,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin