5.Faktografik tizim nima? Uning qanday turlari mavjud?
Axborot tizimiarida ma'lumot almashish
Biror moddiy ko'rinishda mujassamlangan va uni ifodalovchi axborot
xabar deyiladi va signallar yordamida bir joydan boshqa joyga uzatiladi.
Har bir xabar ma'lum hajmga ega bo'ladi
va u biror fizik kattalik
sifatida ishlatiladi. Fizik kattaliklarni uzatuvchi va qabul qiluvchi
urilmalar ikki turga bo'linadi.
Bunday qurilmalarda ishlatiladigan signallar
analog (uzluksiz) ignallar
deyiladi.
Axborot signallarining
xarakterli tomoni shundaki, ular ma'lum vaqt
oralig'ida cheksiz ko'p qiymatga ega bo'lishi mumkin.
Analog qurilmalarni ishlab chiqarish texnologiyasi va ulardan
foydalanish anchamurakkabjarayondir. Ularning asosiy kamchilik-laridan
biri ularda kattalikni o'lchash xatoligidir.
Shuning uchun ko'p
hollarda analog signallar diskret (uzilishli)
ko'rinishga aylantiriladi. Bunday aylantirish jarayoni
diskretlash deyiladi.
So'ngra diskret signalning har bir qiymati son orqali ifodalanadi.
Raqamli
texnikada bunday jarayon kodlash, berilgan sonlar majmui esa
signal kodi deyiladi.
Raqamli texnika qurilmalarida berilgan signallar yoki o'zgartirish-lar
ularning kodlari ustida amalga oshiriladi.
Axborotni qayta ishlash jarayoni shartli ravishda ikki turga ajratiladi.
Birinchisi — ma'lumotlar bilan hisob-kitob ishlari va ikkinchisi — mantiqiy
amallarni bajarish. Bu ishlar qayta ishlash qurilmalari
yordamida amalga
oshiriladi.
Ma'lumotlarni qayta ishlash qurilmalarining asosiy vazifasi ma'lumotni
foydalanuvchiga kerakli ko'rimshda o'zgartirib berishdir. Ular ikki turga
bo'linadi. Uning kirish qismiga boshlang'ich ma'lumotlar kiritiladi, chiqish
qismida esa ma'lum qonuniyat
asosida qayta ishlanib, o'zgartirilgan
ma'lumotlar chiqariladi. Bunda ma'lumotlarni o'zgartirishning qonuniyatlari
doimiy bo'ladi.
Boshqariladigan ma'lumotlarning qayta ishlanish
jarayoni ikki turga
ajratiladi. Birinchi turda boshqaruvchi signallar axborotlarni o'zgartirish
davomida o'zgarishsiz qoladi. Ikkinchi turda esa boshqarish signallari
foydalanuvchining talabiga mos holda o'zgartirib turiladi.
Axborotlarni
ancha murakkab bo'lgan qonuniyat asosida qayta ishlashda, ya'ni uni
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
o'zgartirishni bir necha bosqichlarda olib borish uchun ikkinchi usuldan
foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: