KOMPYUTER TARMOQLARI VA ULARDA
ISHLASH ASOSLARI
Hozirgi kunda kompyuterlarni yagona tarmoqqa ulab, ular о 'rtasida
malumot almashishni tashkil etish mumkin.
Xo'sh, tarmoqning о 'zi nima ? Uning qanday turlari bor? Internet,
intranet, elektron aloqa kabi tushunchalar nimani anglatishi,
ularning
texnik, dasturiy, axborotli ta 'minotini nimalar tashkil qilishi, ularning
yaratilishi va ishlashi, ahamiyatini anglash
hamda bevosita ishlay olish
ko'nikmalariga ega bolish hozirgi jamiyatning har bir a'zosi uchun
muhimdir.
Ushbu bobda maikur tushunchalar haqida atroflicha fikr yuritiladi.
Kompyuter tarmoqlari
Kompyuterdan turli masalalarni hal qilishda foydalanish mumkin.
Axborot almashish uchun magnit va kompakt disklardan foydalanish yoki
boshqa kompyuterlar bilan umumiy tarmoqqa ulanish kerak bo'ladi.
Kompyuterlarning o'zaro axborot almashish imkoniyatlarini
beruvchi qurilmalar majmuiga kompyuter tarmoqlari deyiladi.
Tarmoqning asosiy imkoniyatlari tarmoqqa ulangan kompyuterlar va
axborot ashyolariga bog'liq.
Axborot ashyolari deganda arxiv,
kutubxona, fondlar, ma'lumot-lar
ombori va boshqa axborot tizimlaridagi hujjatlar yig'indisi tushuniladi.
Kompyuterlar soniga qarab tarmoqlar
lokal, mintaqaviy va global
tarmoqlarga bo'linadi.
Lokal tarmoqlar bir binoda yoki bir-biriga yaqin binolarda joylashgan
kompyuterlarda o'zaro axborot almashish imkonini beruvchi tarmoq
hisoblanadi.
Bunday tarmoqlarda axborot almashinish aloqa kabellari (ba'zan, telefon
tizimi yoki radiokanal) orqali amalga oshiriladi. Bunda foydalanuvchilar
tarmoqqa ulangan kompyuterlardagi ma'lumotlarni
birgalikda qayta
ishlash va ma'lumotlarni ayirboshlash va dastur, chop etish qurilmasi,
modem va boshqa qurilmalardan birgalikda foydalanish imkoniyatiga ega
bo'lishadi.
Shuning uchun, bittadan ko'p kompyuterga ega bo'lgan firmalar o'z
kompyuterlarini lokal tarmoqqa birlashtiradi.
Lokal tarmoqda kompyuterlar orasidagi masofa yaqin bo'lganligi bois,
telefon kanallaridan foydalanmasdan axborotni uzatish tezligini osh Irish
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
mumkin.
.
Lokal tarmoqda axborotni uzatish uchun
axborotni marshrutlash va
seleksiyalash lozim bo'ladi.
Marshrutlash bu — kerakli manzilga axborot blokini uzatish yo'lini
aniqlash jarayonidir.
Seleksiyalash — tegishli manzildagi axborotni saralash demakdir.
Lokal tarmoqlar axborotni marshrutlash va seleksiyalash usuli bo'yicha
ikki sinfga ajratiladi.
Lokal tarmoqlar seleksiyalash orqali axborotni bir abonent tizimidan
boshqa tizimga uzatishni ta'minlaydi.
Ishchi tmmlar katta miqdordagi ma'lumotni saqlash, izlash, murakkab
hisoblashlar, modellashtirish, dasturiy ta'minotni rivoj-lantirishga xizmat
qiladi.
Ma 'muriyat tiiimlari tarmoqni boshqaradi. Kommunikatsion t-zimlar
abonent tizimlar orasida axborotiarni uzatish uchun marshrutlash va
bog'Ianishlarni kommutatsiya qilish vazifasini bajaradi.
Mintaqaviy tarmoq— biror tuman, viloyat yoki respublika miqyosidagi
kompyuterlarni o'zida mujassamlashtirgan tarmoq.
Bunday tarmoqda bir nechta markazlashgan (ya'ni
lokal tarmoq-larni
birlashtiruvchi) juda quwatli serveriar mavjud bo'ladi va bunday serveriar
o'rtasidagi axborot aloqa kabeli, optik tolali yoki sun'iy yo'ldosh
radioaloqa kanallari yordamida uzatiladi.
Global tarmoq— dunyoning ixtiyoriy davlatidagi kompyuterlarni
o'zida birlashtirish imkoniga ega bo'lgan tarmoq. Bu tarmoq internet
(Internet) deb ham yuritiladi.
Internet bilan birga intranet tushunchasi ham ishlatiladi.
Intranet— bu internet texnologiyasi, dastur ta'minoti
va bayon-
nomalari asosida tashkil etilgan, ma'lumotlar ombori va elektron jadvallar
bilan jamoa bo'lib ishlash imkonini beruvchi korxona yoki tashkilot
miqyosidagi yangi axborot muhitini tashkil etuvchi kompyuter
tarmog'idir.
Intranet boshqa kompyuter tarmoqlaridan quyidagi jihati bilan
farqlanadi: bir yoki bir nechta serverdan tashkil topgan tarmoq mijozi
undagi ma'lumotlardan foydalanish uchun ularning qaysi serverda, qaysi
katalogda, qanday
nom bilan saqlanayotganligini, ularga ki-rish usul va
shartlarini bilishi zarur bo'ladi.
Internetda esa bunday noqulayliklarning oldi olingan bo'lib, uning
foydalanuvchisi bunday ma'lumotlarni bilishi shart emas. Bundan
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
tashqari, internet tarmog'ida mavjud bo'lgan barcha elektron huljatlar va
ma'lumotlar omborini giperbog'lanishlar yordamida o'zaro bog'lab
yagona axborot muhiti qurish, unda qulay
axborot qidiruv tizimlarini
tashkil etish mumkin bo'ladi.
Savol va topshiriqlar
1 . Kompyuter tarmog'i deb nimaga aytiladi?
Kompyuter tarmog'ining qanday turlari mavjud?
Lokal tarmoq haqida gapirib bering.
Mintaqaviy tarmoq haqida gapirib bering.
Global tarmoq haqida gapirib bering.
Internet nima?
Intranet deganda nimani tushunasiz?
Dostları ilə paylaş: