1. Axborot texnologiyalari haqida tushuncha. Informatikaning jamiyatdagi o’rni



Yüklə 232,06 Kb.
səhifə36/41
tarix18.12.2023
ölçüsü232,06 Kb.
#184173
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41
Va ahamiyati-fayllar.org

Savol va topshiriqlar
1. Ma'lumotlar qanday tartibga keltiriladi?
2.Qanday holda izlangan ma'Iumot tez topilishi mumkin?
3.Indeksli fayl nima?
4.Indeksli faylning ahamiyatini tushuntiring.
5.Indeksli faylga ega bo'lgan ma'lumotlar omboriga misol keltiring.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com





Axborot tizimlarining turkumlanishi 
Axborot tizimini yaratish va undan foydalanish qo'yiladigan niaqsadga
muvofiq bo'lishi lozim. Aks holda undan foydalanish ma'noga ega
bo'lmaydi. Shu ma'noda ma'lumotlar omborlarini umumiy bir turda
tasnif qilish mushkul. Ba'zi tizimlar esa umuman tasnif qilin-maydi.
Bajaradigan vazifasiga ko'ra axborot tizimlarining ikki turini ajratamiz
va ularning mazmuni bilan tanishib chiqamiz.
Ma'lumotlar omborlarini shartli ravishda ikki turga ajratish mumkin:
birinchisi — foydalanuvchilar uchun biror tashkilot (o'quv muassasasi,
xususiy shaxs va h.k.) yoki firma tomonidan yaratilgan va umumiy
bo'lgan ma'lumotlarni beruvchi tizimlar; ikkinchisi — rrm'lum dastur
asosida ma'iumot beruvchi ma'lumotlar omborini yaratish.
Birinchi turdagi ma'lumotlar ombori qo'yilgan masalalarga aniq javob
bera oladi va ularga shartli ravishda axborot-ma'lumotnomali tizimlar,
axborot-izlashli tizimlari va ma'lumotlarni tezkor qayta ishlash
tizimlarini kiritish mumkin.
Axborotlarni
izlovchi
tizimlar
(ma'iumotnomalar)
to'plangan
bilimlarni yig'ish, ro'yxatfash, turlarga ajratish va undan foydalanish
imkonini beradi (masalan, telefon ma'lumotnomalari, xodimlar haqida
ma'lumotlar va h.k). Bunday ma'lumotlar ombori yangi bilimlar manbai
vazifasini bajarishi ham mumkin.
Ma'lumotlarni tezkor qayta ishlash tizimlari ko'pgina amaliy
masalalarni hal qilish, ishlab chiqarishni boshqarish, buxgalteriya hisoboti va
hokazolarni hal qilishga mo'ljallangan bo'ladi.
Hajmi va ma'lumotlaridan foydalanishga ko'ra axborot tizimlari
quyidagilarga ajratiladi:
• avtonom yoki «shaxsiy» axborot tizimlari;
• «fayl-server» texnologiyasi bo'yicha qurilgan oddiy tarmoqli ax
borot tizimlari;
• «kJiyent server» tuzilishiga ega quwatli axborot tizimlari.
Endi faktografik tizimlarni ta'riftashga o'tamiz.
Ko'rinishi sodda va qo'yilgan masalalarga yagona, aniq yechimni
ko'rsata oladigan tizimlar faktografik tizimlar deyiladi.
Faktografik tizimlarni universal va maxsus tizimlarga ajratish rnumkin.
Universal tizimlar turli sohalardagi har qanday ma'iumot bilan ishlashi
mumkin. Bu tizimda asosiy vazifa kiritilgan ma'lumotlar omboridan
to'g'ri foydalana olishdir. Universal tizim ma'lum ma'noda televizorga
o'xshaydi, chunki u hamma narsani — xokkey o'yini, simfonik konsert,
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com



badiiy film va boshqalarni ko'rsataveradi.


Lekin insoniyat faoliyatining ko'pgina sohalarida universal ti-
zimlardan foydalanib bo'lmaydi. Masalan, samolyotdagi joylarni
oldindan belgilash tizimiarida (minglab yo'lovchilar, yuzlab yo'na-lishlar
va h.k.) universal usullardan foydalanib bo'lmaydi. Bunday tizimlar
uchun maxsus ma'lumotlarni kiritish, izlash, qayta ishlash va chiqarish
algoritmlari loyihalanadi va barcha ma'lumotlarning xususiyatlari
hisobga olinadi. Bunday hollarda har bir qo'yilgan masalaga moslab
tizimlar yaratiladi. Bunday tizimdagi ma'lumotlar tez-tez o'zgarib turadi
va ular turli sohalarda ishlatilishi mumkin (masalan, moddiy ishlab
chiqarish, bank ishlari, kriminalistika, ilmiy izlanishlar va h.k.). Unda
o'rganiladigan faktlar ham haqiqiy dunyoning obyektlari haqidagi aniq
qiymatli ma'lumotlardan iborat bo'ladi.
Foydalanuvchi tomonidan turli mazmunga ega bo'lgan ma'lumotlar
(masalan, maqola, kitob, referat, qonun matnlari, me’yoriy hujjatlar va
h.k.), odatda, tartibsizjoylashgan bo'ladi. Axbo-rot tizimlari bunday
ma'lumotlar ichidan berilgan savolga yagona va bir qiymatli javob topib
bera olmaydi. Ular hujjatli tizimlar deb ataladi.
Tizimning maqsadi, odatda, foydalanuvchining so'roviga ko'ra uni
qanoatlantira oladigan darajada javob berishdir. Masalan, «kuchlanish»
so'zi ishlatiladigan barcha maqolalar ro'yxatini ekranga chiqarish
masalasini qaraylik. Hujjatli tizimning asosiy xossalaridan biri shundaki,
foydalanuvchiga kerakli hujjatlarni bermasdan (masalan, «kuchlanish» so'zi
boshqa ma'noda ishlatilgan axborotlar) kerakli ma'lumotlarni berishidir
(masalan, muallif «kuchlanish» so'zini noto'g'ri yozib yuborganda).
Hujjatli tizim biror-bir iborani gapda qanday ma'noda kelishiga qarab ajrata
olishi kerak (masalan, qisqichbaqa - hayvon, qisqichbaqa — yulduzlar
turkumi, rak (qisqichbaqa) -kasallik).
Ko'p hollarda faktografik va hujjatli tizimlardan birgalikda
foydalaniladi. Bunday tizimlardan foydalanish qulayliklarga ham ega.
inikoniyatlarga ham boy bo'ladi.

Yüklə 232,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin