1. Axborot texnologiyalari haqida tushuncha. Informatikaning jamiyatdagi o’rni



Yüklə 232,06 Kb.
səhifə33/41
tarix18.12.2023
ölçüsü232,06 Kb.
#184173
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   41
Va ahamiyati-fayllar.org

Savol va topshiriqlar
1. Axborot tizimi deganda nimani tushunasiz?
2. Axborot tizimlarining asosiy xususiyatlari va vazifalarini
aytib bering.
3. Qanday integrallashgan tizimlarni bilasiz? Ularni sanab o'ting.
4.Taqsimlangan ma'lumotlar ombori haqida gapirib bering.
5. Ma'lumotlarni chegirish deb nimaga aytiladi?
6. Axborotning aniqligi nima?
Ombordagi ma'lumotlarni tartiblash
Axborot tizimlari juda ko'p vazifalarni bajaradi. Bunday vazifalar
ichida asosiysi axborotlarni to'g'ri tartiblashdir. Chunki kompyuterdagi
ma'lumotlarni bexato izlash va ularni ma'lum belgilariga ko'ra qayta
joylashtirish uchun ular tartiblanishi lozim.
Ma'lumotlar qiymati va formatini foydalanish uchun qulay holatga
keltirish jarayoniga ma 'lumotlarni tartiblash deyiladi.
Tartiblash asosida ma'lumotlarni tasvirlash usullari haqida biror
kelishishning kiritilishi yotadi. Bundan kelib chiqib, matnli fayllarni
«tartiblanmagan» yoki boshqacha aytganda, «yomon tartiblangan»,
avtomatik holda qayta ishlanmaydigan axborotlarni o'zida saqlaydigan
fayilar deb tushunish mumkin.
Kompyuterda ma'lumotlarni tartiblash belgilarning kodiga ko'ra
amalga oshiriladi. Masalan, «A» harfming kodi «B» harfming kodidan
kichik bo'lganligi sababli tartiblashda «A» harfi «B» harfidan oldin
joylashadi.
Guruh jurnalida talabalarning familiyasi alifbo tartibida yozilgan
bo'lsa, unda quyidagicha ketma-ketlikni ko'rasiz:
Azizov B.
Botirov Sh.
Karimov A.
Hakimov J.
SafoyevaA.
QosimovaG.
Ushbu familiyalarni kompyuterda tartiblashda «H» harfming kodi
«Q» harfming kodidan kichik bo'lganligi sababli undan oldin joylashadi
Va
quyidagicha ketma-ketlikni hosil qiladi:
Hakimov J.
Azizov B.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com



Botirov Sh.


QosimovaG.
Karimova A.
Safoyeva A.
Bundan kompyuterda harflarni to'g'ri ketma-ketlikda tartiblab
bo'lmas ekan-da, degan xulosa kelib chiqmasligi kerak. Tartiblashda
lotin alifbosi va rus alifbosidagi barcha harflar to'g'ri ketma-ketlikda
joylashadi, faqat o'zbek tilidagi «o'», «q», «g'», «h» harflari «tartibni
buzadi». Umuman, kompyuterli tartiblashda belgilar quyidagicha
o'ringaega bo'ladi:
1) maxsus belgilar;
2) raqamlar;
3) lotin alifbosi harflari.
4) kirill alifbosi harflari.

Yüklə 232,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin