1. Deformatsiyalanuvchi qattiq jismlarning asosiy xossalari deformatsiyalanishi, elastiklikligi, ideal elastikligi, kuchlanganligi


Tashqi kuchlar (sirt kuchlari, hajmiy kuchlar)



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə7/52
tarix22.01.2023
ölçüsü1,52 Mb.
#80152
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   52
1. Deformatsiyalanuvchi qattiq jismlarning asosiy xossalari defo

17. Tashqi kuchlar (sirt kuchlari, hajmiy kuchlar). Qattiq jismga ta’sir qiluvchi tashqi kuchlarni ikki guruhga bo‘lish mumkin: sirt kuchlari va hajmiy kuchlar.
1.Sirt kuchlari bir jismning boshqa jism bilan to‘qnashishi, urinishi yoki umuman kontaktda bo‘lishi natijasida yuzaga keladi. Bunday kuchlar jismning sirti bo‘yicha taqsimlangan bo‘ladi. Masalan, shamolning bino devoriga ko‘rsatadigan bosim kuchi, tomga yoqqan qorning og‘irlik kuchi, mashinaning yerga bosim kuchi va h.k. 2. Hajmiy (massaviy) kuchlar deb, jism hajmining hamma bo‘lakchalariga ta’sir qiluvchi kuchlarga aytiladi, masalan og‘irlik kuchi, energiya kuchi.
18. Kuchlanish vektori (kuchlanish, kuchlanganlik holati). Jismning biror nuqtasidan o‘tuvchi har xil maydonchalarda kuchlanish vektorlari lar har xil bo‘ladi. Qaralayotgan nuqtadan o‘tuvchi mumkin bo‘lgan hamma maydonchalardagi kuchlanish vektorlarining to‘plami shu nuqtadagi kuchlanganlik holatini aniqlaydi. Jism hamma nuqtalaridagi kuchlanganlik holatlarining majmuasi jismning kuchlanganlik holati deyiladi. Normali bo‘lgan maydonchadagi jism nuqtasidagi kuchlanish vektori deb (2.1) tenglik bilan aniqlanuvchi vektorga aytiladi. Ushbu tenglik kuchlanish vektorining kuch intensivligidan boshqa narsa emasligini ko‘rsatadi. Shunday qilib, ichki kuchlar intensivligi kuchlanish deyiladi.

19. Jism nuqtasidagi kuchlanganlik holati va kuchlanish tenzori (urinma uchlanish, normal kuchlanish). yoki (2.7) matritsaning koordinat o‘qlari bo‘ylab yo‘nalgan ( bo’ycha yigindi olinmasin) elementlari yoki lar koordinat tekisliklaridagi normal kuchlanishlar yoki kuchlanish tenzorining normal komponntalari deyiladi. Matritsaning qolgan elementlari koordinat tekisliklaridagi urinma kuchlanishlar yoki kuchlanish tenzorining urinma komponentalari deyiladi. Ushbu tenzor kuchlanish tenzori deb ataladi va bilan belgilanadi. Bu tenzorni matritsa ko‘rinishida quyidagicha yozish qabul qilingan.

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin