HISOBOTI Aprel oyi mavzusi: “Yer sayyorasi – umumiy uyimiz”. 1-hafta mavzusi: “Gullagan Bahor”. Qurish-yasash va matematika markazida: Bolalar “Nima o’zgardi?” ta’limiy o’yinini o’ynadilar, namuna bo’yicha rejalashtirishga, jamoa bo’lib ishlash ko’nikmasiga ega bo’ldilar, o’z fikrlarini bayon eta oldilar, kelishgan holda o’zgarishlar kiritdi, mustaqil fikrladilar, diqqat va kuzatuvchanlik rivojlandi. Buyumlarning xususiyatlariga ko’ra taqqolashni, buyumlar guruhian umumiy o’xshashlikni topa oldilar. “Og’ir” va “Yengil” tushunchalarini farqlay oldila, buyumlar vaznini solishtirish orqali tasavvurga ega bo’ldilar. 1kg, 1l o’lchov birliklari bilan tanishdilar.
Syujetli-rolli o’yinlar va sahnalashtirish markazida:“Biz – quvnoq bog’bonlarmiz” syujetli-rolli o’yinini o’ynadilar. Xohishlariga ko’ra o’zlariga rol tanladilar, o’z rollarini qizish bilan bajardilar, qahramonning xatti-harakatlarini emotsional namoyish etib berdilar, bog’bon mehnatini qadrlash keakligi haqida olgan bilimlarini mustahkamladilar.
Til va nutq markazida: Gullaydigan daraxtlar illyustratsiyalarini ko’zdan kechirdilar. Kattalarning savollariga to’g’ri va to’liq javob berdilar, tabiatning chiroyli manzarani ko’rib zavqlandilar, taqqoslash va xulosa chiqarishni o’rgandilar.
Fan va tabiat markazida: “Hidiga ko’ra top!” ta’limiy o’yinini o’ynadilar, iforni his qildilar va nimaga tegishli ekanligini ayta oldilar. “Gullar ochilmoqda” amaliy tajribasi o’tkazildi, tabiatdagi o’zgarishlarni bildilar.
San’at markazida:Tuzli xamirdan turli narsalar yasadilar. Qushlar illyustratsiyalarini ko’zdan kechirdilar. Qushlar haqida she’r o’qidilar.
2-hafta mavzusi: “Koinot sirlari”. Qurish-yasash va matematika markazida: Qurulish bloklari, lego, konstruktorlardan “Raketa” va “Kosmodrom” yasadilar. Bolalar kosmodrom haqida elementar bilimlar hosil bo’ldi, qurishni amalgaoshirish jarayonida ijodkorlikni namoyon qildilar. Kosmonavtika, kosmik fazo haqidagi, quyosh tizimidagi sayyoralar to’g’risidagi ma’lumotlarga qiziqdilar va fikrladilar.