Karmana tumani 18-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi Hakimov Gulobarning faoliyati bo’yicha 2022-yil mart oyida amalga oshirilgan ishlar
Karmana tumani 18-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi Hakimov Gulobarning faoliyati bo’yicha 2022-yil mart oyida amalga oshirilgan ishlar HISOBOTI Mart oyi mavzusi: “Go’zal bahor”. 1-hafta mavzusi: “Onamning kuni”. Qurish-yasash va matematika markazida: Bolalar onalari uchun bilaguzuk yasadilar. Bir nechta bekgilarga ko’ra predmetlarni farqlashni(kattalik, rang, tarkib) bildilar. Bilaguzuk yasash uchun munchoqlarini navbatma-navbat, tartib bilan joylashtirishni bildilar. “8-mart” yozuvini kichik qurulish materialidan yasadilar.
Syujetli-rolli o’yinlar va sahnalashtirish markazida:Bolalarda ona haqidagi tushunchalar kengaydi, o’zaro maslahatlashish va xulosa chiqarish ko’nikmasi mustahkamlandi.
Til va nutq markazida: “Onamning kuni” mavzusida kichik hikoya tuzdilar. Uy-ro’zg’or ishlarini bajarishga havas uyg’onadi, oila a’zolariga nisbatan mehr tuyg’usi mustahkamlandi.
Fan va tabiat markazida:Bolalar onalariga sovg’a tayyorlash va ulashish zavqini bildilar, asosiy ranglar haqida ma’lumotga ega bo’ldilar. Olov rang, yashil, binafsha va jigar ranglarni qanday hosil bo’lishi haqidatasavvurga ega bo’ldilar, ranglarni aralashtirib, yangi ranglar hosil qildilar.
San’at markazida:Bolalar “Onajonim portreti” mavzusida portret chizdilar. Tasviriy san’at janrarini bildilar. Portret chizish jarayonida tashqi ko’rinish, kayfiyatni ifodalay oldilar. Plastilindan kichik bo’lakchalar hosil qildilar va “Onam uchun munchoq” mavzusida ijodiy ishladilar. Bo’laklardan qo’l kaftlari orqali doirachalar yasay oldilar.
2-hafta mavzusi: “O’zbekistonda bahor”. Qurish-yasash va matematika markazida: Bolalar ko’priklar rasmini ko’rib chiqdilar. “Keng” va “Tor” tushunchalari haqida fikr almashdilar. Turli qurulish materiallaridan foydalanib namunalar asosida ko’rik qurdilar va nechta bo’laklardan tashkil topganligini aytib berdilar.
Syujetli-rolli o’yinlar va sahnalashtirish markazida: Bolalar “hayvonot bog’i” o’yinini o’ynadilar. Yirtqich hayvonlar va ularning yashash tarzi haqida bildilar. Hayvonlarga nisbatan mehr-shavqatli, e’tiborli bo’lish, jamoat joylarida o’zini tutishni bildilar. Hayvonot bog’ida ishlaydigan xodimlar kasbi bilan tanishdilar.