Fan va tabiat markazida: Bolalarda hasharotlar haqida ma’lumotlarga qiziqish uyg’ondi. Ularga ozor bermaslik haqida tushunchaga ega bo’ldilaR. “Suvga ranglarni tomizish” amaliy rasmlar namoyish qilindi.
San’at markazida: Burjlar belgilar tasvirlangan medalyonlarini bo’yadilar. Noan’anaviy rasm solish usullaridan foydalandilar va qiziqdilar, ranglarni to’g’ri tanladilar, qog’oz betiga predmetlarni to’g’ri joylashtirdilar.
4-hafta mavzusi: “Sayyorani asrang!”. Qurish-yasash va matematika markazida: Bolalar qurilish bloklaridan “Kema” yasadilar, kema haqida fikrlarega ega bo’ldilar, shakl va ranglarni farqladilar. Legodan “Samolyot” qurdilar, mayda qo’l motorikalarini rivojlandi, havo transporti haqida bilimlar mustahkamlandi.
Syujetli-rolli o’yinlar va sahnalashtirish markazida:“Kulgili o’zga sayyoraliklar” syujetli-rolli o’yinini o’ynadilar. Bolalarda o’zga sayyoraliklar haqida ijodiy tasavvurlar shakllantirildi, o’ziga biriktirilgan rollarning hissiy holatini ko’rsata oldilar.
Til va nutq markazida: “yer sayyorasi” haqida rolik tomosha qildilar. Bolalarda yer sayyorasi haqida bilimlar mustahkamlandi. Barcha jonzotlarga g’amx’orlik qilish, ularga ozor bermaslik lozimligi haqidagi fikrlar takomillashdi, lug’at boyligi oshdi.
Fan va tabiat markazida:“Sayyoralarni bir-biridan farqla!” ta’limiy o’yinini o’ynadilar. Bolalarda sayyorani asrab-avaylash, unga befarq bo’lmaslik, uni ozoda saqlash kabi tushunchalar mustahkamlandi, lug’at boyligi oshdi, fikrlash doirasi kengaydi. “Vulqonning otilishi” amaliy tajribasi o’tkazildi. Bolalarda ibnnson va tabiat uyg’unligi to’g’risidagi tasavvurlar kengaydi, yer- bu shar ko’rinishida ekanligi to’g’risida tasavvurga ega bo’ldilar.
San’at markazida:Bolalarda atrof-olamni asrab-avaylashga doir bilimlar mustahkamlandi, tabiatni asrash har bir insonning burchi ekanligini bildilar, o’zlarini qiziqtirgan ma’lumotlarni mustaqil izladilar, shaxsiy loyihalarini ishlab chiqishda g’oyalarini aks ettirdilar, badiiy ijod va mayda qo’l motorikasi rivojlandi.