Fan va tabiat markazida: Bolalar magnitning xususiyatlari bilan tanishdilar, buyumni o’rganib, tajriba o’tkazdilar, ilmiy farazlarini o’rganib, xulosa qildilar. Amaliy tajriba olib boorish, kuzatish va tajriba o’tkazishga qiziqadilar, bilish faoliyati shakllandi.
San’at markazida: Bolalar ko’zani milliy nashqlar bilan bezatadilar, milliy naqsh elementlaridan to’g’ri kompozitsiya tuzdilar. Suratni qog’ozdan bor hajmiga joylashtirib chiza oldilar, akvarel bo’yog’i va mo’yqalamdan foydalanishning uchi bilan vertical va turli yo’nalishda erkin harakatlanish malakalarini mustahkamladilar.
4-hafta mavzusi: “Kitoblar shahri”. Qurish-yasash va matematika markazida: Bolalar qog’ozni markazdan bulash yo’li orqali kitobcha yaratishga o’rgandilar, butun qog’ozlarni jamlay oladilar, kitobcha shaxsiy suratlar bilan ijodiy bezatdilar. Bolalarda mehnat faoliyati orqali kitoblarga hurmat hissi uyg’otildi. Bolalar shaxsiy tashabbusga ko’ra ijodiy inshootlar qurdilar, ularni yangi qismlar bilan to’ldirdilar.
Syujetli-rolli o’yinlar va sahnalashtirish markazida:Bolalar “Kitob do’koni” jamoaviy o’yinda faol ishtirok etadilar, o’yin syujetiga muvofiq holda o’zining rolini bjardilar, aktyorlik mahoratini ko’rsatdilar. Kutubxona tushunchasi va kutubxonachi kasbi bilan tanishdilar, kitoblar mos haraklarni bajardilar, kitoblar haqida gapirib berdilar, kitobxon varaqasini to’ldirishni o’rgandilar, kerakli kitobni topa oldilar.
Til va nutq markazida: Bolalar “Mening sevimli kitobim” mavzusida nutq so’zladilar. Sxema bo’yicha ta’riflovchi hikoya tuzishni o’rgandilar. Ertak qahramonlarini ta’riflab berdilar. Ertak va topishmoqlarini topdilar, xalq og’zaki ijodi bilan qiziqdilar, sevimli ertak haqida fikr-mulohaza yuritdilar.
Fan va tabiat markazida:Bolalar qog’ozning xususiyatlari bilan tanishadilar, taxlil qilish va umumlashtirish malakalari shakllandi.
San’at markazida: Bolalar plastilindan “Mening sevimli ertak qahramonim” mavzusida ijodiy ishladilar, tartibli yasash, butun qism va alohida qismlarni qo’shib yasash, yog’och tayoqcha bilan mohirona ishlay olish malakalarini mustahkamladilar.