1. marketing va uni rivojlanishining asosiy bosqichlari ulgurji savdo



Yüklə 4,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə166/206
tarix14.12.2023
ölçüsü4,8 Kb.
#177407
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   206
M.A.

 
Shaxsiy savdo
- “o‘lchov bo‘yicha” shaxsiy va ikki tomonlama (muloqot) kommunikatsiya bo‘lib, 
uning maqsadi mijozni darhol xatti-harakat qilishga undashdir va u ayni paytda firma uchun axborot 
manbayi hamdir. 
Savdoni rag‘batlantirish 
– reklamaga va shaxsiy savdoga qo‘shimcha bo‘lgan hamda muayyan 
tovar savdosini tezlashtirish va kengaytirishga qaratilgan barcha vaqtinchalik va mahalliy chora– 
tadbirlarni qamrab oladi. 
Jamoatchilik bilan aloqalar (Public Relations) 
- tashkilot va jamoalar o‘rtasida maqsadga 
yo‘naltirilgan xatti-harakatlar orqali ruhiy hamjihatlik va o‘zaro ishonch muhitini yaratishga 
qaratilgan. Bu yerda kommunikatsiyalarning maqsadi faqat savdoni tashkil qilish emas, balki firma 
faoliyatini ma’naviy qo‘llab-quvvatlashdir. Bu an’anaviy vositalarga qo‘shimcha ravishda 
yarmarkalar, salonlar, ko‘rgazmalar, pochta tarqatish, telemarketing va kataloglar bo‘yicha savdo 
kabi bevosita kommunikatsiya vositalarini ham aytib o‘tish joiz. 
Jamoatchilik bilan aloqalar— korxona va turli xil aloqa qiluvchi auditoriyalar (jamoatchilik) 
o‘rtasida yaxshi munosabatlarni o‘rnatish va saqlashga qaratilgan harakatlarni korxona uchun 
manfaatli obro‘-e’tibor, ijobiy imijni yaratish vositasida yo‘lga qo‘yish. Buning uchun tashviqot, 
matbuot, ko‘rgazmalar va yarmarkalarda ishtirok etish, firma uslubini saqlab turish kabi usullar 
qo‘llaniladi. 
Yevropalik nazariyotchi va amaliyotchilar jamoatchilik bilan aloqalar tushunchasiga shunday tarif 
berishgan: «Tashkilot va keng xalq ommasi o‘rtasida yaxshi munosabat va o‘zaro bir-birini 
tushunishni yo‘lga qo‘yish va saqlab turishga qaratilgan faoliyatni doimiy asosda rejalashtirib 
borishdir». 
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha mutaxassislar ishtirokida Meksikada o‘tkazilgan 
konferensiyada bir necha kun davom etgan muhokamadan keyin boshqa bir tarif ushbu terminga 
munosib ko‘rildi, chunonchi: «Jamoatchilik bilan aloqalar — tashkilot va jamoatchilik manfaatlari 
yo‘lida xizmat qiladigan tendensiyalar tahlili, ularning oqibatlarini bashoratlash, tashkilotlar 
yo‘lboshchilariga tavsiyalar berish va rejalashtirilgan harakat va tadbirlarni amalga oshirish san’ati 
hamda ijtimoiy fandir». 
Keyingi yillarda Public Relations keskin rivojlanmoqda va marketing tizimida yirik va salobatli 
firmalarning murakkab, mustaqil, samarali quroli sifatida baholanmoqda. U iste’mol tovarlarini 
ishlab chiqaradigan sanoat firmalari va kompaniyalari tomonidan potensial xaridorlar doirasini 
kengaytirish, tovar haqida keng axborotga ega bo‘lish maqsadida ishlatiladi. 


Korxonaning bozor bilan kommunikativ aloqalari korxona bozorga o‘zining tovarlari, xizmatlari va 
ular haqidagi xabarlarni yo‘naltirishda namoyon bo‘ladi. Bozor esa korxonaga sotilgan mahsulot 
uchun pul mablag‘larini va mazkur tovarga bozorning munosabati qandayligi haqidagi axborotni 
qaytaradi. 

Yüklə 4,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin