mahsulot ishlab chiqaruvchi «bizning firma». Ikkinchi subyekt – ushbu mahsulotni sotib olishi
mumkin bo‘lgan xaridor. Uchinchi subyekt – «bizning» firmamiz ishlab chiqaradigan mahsulot
bilan xaridorning ehtiyojini qanoatlantirishga tayyor turgan, unga ana shunday mahsulotni sotishga
tayyor raqobatchilar. Bu «uchlik» da asosiy xaridor hisoblanadi.
Vositachilar - firma yoki jismoniy shaxslar ishlab chiqargan tovar va xizmat turlarini
iste’molchilarga yetkazib berishga yordam beruvchi subyektlardir. Vositachilarning quyidagi turlari
ko‘proq uchraydi:
1.
savdo vositachilari-mijozlarni qidirib topish va tovarlarni sotishga yordam beradi;
2.
logistika vositachilari - tovarlarni harakatlanishini tashkil qilishga ixtisoslashgan, tovarlarni
transportirovka qilish va ularni saqlashga yordam beradigan firmalar;
3.
marketing vositachilari-marketing xizmati ko‘rsatuvchi tashkilotlar masalan, reklama,
axborotlar va h.k.);
4.
moliyaviy vositachilar-operatsiyalarni moliyalashtirish va sug‘urtalashga yordam beradigan
kredit-moliya muassasalari mavjud.
Savdo vositachilariga chakana va ulgurji savdogarlar kiradi.
Logistik vositachilar-tovarlarni omborlarda saqlash, ularni transportirovka qilish, taxlash va bir
shahardan ikkinchi shaharga yuborish funksiyalari bilan shug‘ullanadilar.
Marketing vositachilari firmalar mahsulotiga talabni shakllantirish, bozorni o‘rganish, talabni
optimallashtirishga yo‘naltirilgan choratadbirlarni amalga oshiradilar.
Moliyaviy vositachilar firmalarning bank opertsiyalarini, sug‘urtalash, kreditlar olish kabi
funksiyalarini amalga oshirishga yordam beradilar.
Mahsulot yetkazib beruvchilar (ta’minotchilar) - bu kompaniya va uning raqobatchilarini resurs
materiallari bilan ta’minlovchi firmalar yoki alohida shaxslar. Marketing bo‘yicha boshqaruvchilar
o‘zlari ta’minlanadigan predmetning narxi, yetkazib berilishining me’yoriy va muntazam, sifatli
bo‘lishini diqqat bilan kuzatib borishlari zarur, chunki bu borada turli xil tartib buzilishlari tayyor
mahsulotlarni jo‘natish jadvalini izdan chiqarishi mumkin, demak savdo imkoniyatlari boy beriladi
va firmaga nisbatan uning mijozlarining ishonchi yo‘qoladi.
Dostları ilə paylaş: