1. marketing va uni rivojlanishining asosiy bosqichlari ulgurji savdo



Yüklə 4,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/206
tarix14.12.2023
ölçüsü4,8 Kb.
#177407
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   206
M.A.

V bob. MARKETING DASTURI 
5.1. Marketing dasturi tushunchasi 
Tashkilotlarni strategik boshqaruv faol marketing konsepsiyalariga asoslangan. Strategik rejalarni 
realizatsiya qilish umumfirma taktik yoki operativ rejalari tizimini tuzishni ko‘zda tutadi. Masalan, 
ishlab chiqarish rejasi, marketing rejasi, moliyaviy reja va boshqalar. Jamlangan (yig‘ma) reja ko‘p 
hollarda biznes-reja ko‘rinishida rasmiylashtiriladi. 
Bozorda aniq faoliyat ko‘rsatishi uchun korxona biznes rejasining asosi – marketing dasturini 
qo‘llaydi. Marketing dasturini tuzishda boshqaruvning marketingga oid rejalar xarakteri (marketing-
menejment) bozor muhitini o‘rab olgan o‘zgarishlarga moslashishni ta’minlabgina qolmasdan, 
bozorga faol ta’sir etishga qodir va iste’molchilar talablarini firmaning o‘z vazifalari va strategik 
maqsadlariga mos holda shakllantira oladigan tadbirlarni ham o‘z ichiga olishini bildiradi. 
Marketing dasturi biznesning rivojlanishidagi ko‘pgina muqarrar muammolarning oldini olish va 
munosib kutib olishga yordam beradi. U o‘z xattiharakatlarini o‘ylab ko‘rish imkonini beradi. U 
hodisalarni shunchaki, kuzatish emas, oldindan tayyorlangan reja asosida boshqarish imkonini 
beradi. Marketing dasturlarini ishlab chiqishda korxonaning imkoniyatlari (resurslari) tahlili, 
rivojlanish maqsadlarini aniqlash, strategiyalarni aniqlash, maqsadga erishish rejalari va uning 
bajarilishini nazorat qilish kabi tadbirlar tizimi aks ettiriladi. 
Firmaning boshqa rejalariga nisbatan biznes-reja (marketing dasturi) tashqi yo‘nalganlikka ega, 
sotilishi maksimal imkoniyatli yutuq keltirishi lozim bo‘lgan o‘ziga xos tovarga aylanadi. 
Marketing dasturi endigina tuzilayotgan yangi korxona uchun ham, avvaldan mavjud bo‘lgan 
tashkilotning navbatdagi rivojlanish bosqichi uchun ham ishlab chiqilishi mumkin. Tuzilgan biznes-
rejaning darajasi tadbirkor va uning ishining ishonchliligi va jiddiyligi ko‘rsatkichi bo‘ladi. Qoidaga 
ko‘ra, biznes-reja tadbirkor va ehtimoliy investor (masalan, bank) orasida muzokaralar boshlanishi 
uchun asosiy nuqta hisoblanadi. Biznes-reja, ayniqsa, xorijiy firmalar bilan muzokaralar o‘tkazishda 
zarur bo‘ladi. Aksariyat ko‘plab firmalar tashqi moliyalashtirishga o‘ta ehtiyojmand bo‘ladi. Biroq 
birorta bank, birorta xorijiy investor kreditdan samarali foydalanishini, uni o‘z vaqtida, foizi bilan 
qaytara olishini ishonchli isbotlab, talabnomasini asoslay olmaydigan biznesmenga sarmoya 
bermaydi. 
Boshlovchi tadbirkor uchun biznes-reja – bu u investorlarning e’tiborini jalb qilishi mumkin bo‘lgan 
hujjatdir. Biznes-reja faraz qilinayotgan loyihaning foydaliligini ko‘rsatishga imkon beradi. U 
investorlarni, ko‘zda tutilganlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishga imkon beruvchi, ishlab 
chiqarishni rivojlantirishni jozibador (jalb etuvchi) imkoniyatlar topilganiga, korxona loyihaning 


maqsad va vazifalarini amalga oshirishning samarali, realistik va izchil dasturiga egaligiga ishontira 
olishi mumkin. Investor o‘z pulini yetarlicha ishonch bilan unga foyda olishni kafolatlaydigan 
loyihagagina qo‘yadi. 
Marketing dasturi quyidagi muhim muammolarni hal qiladi: 
-biznesning istiqbolini rivojlanishning miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlari ko‘rinishida tahliliy 
aniqlashtiradi; 
-korxonaning yashovchanligi (gullab-yashnashi) va kelgusi barqarorligi darajalarini aniqlaydi, 
tadbirkorlik faoliyati riskini pasaytiradi; 
-e’tiborni jalb etadi va qiziqish uyg‘otadi, firmaning potensial investorlari tomonidan qo‘llab-
quvvatlanishini ta’minlaydi. 
Tashkilotning an’anaviy rejasidan farqli ravishda marketing dasturi tashkilotning ichki 
maqsadlarinigina emas, shuningdek, yangi ishda foydasi tegishi mumkin bo‘lgan shaxslarning tashqi 
maqsadlarini ham hisobga oladi. Investorlar bilan bir qatorda yangi biznesdan manfaatdor shaxslar 
potensial iste’molchilar va firmaning mol yetkazib beruvchilari ham hisoblanadi. 

Yüklə 4,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin