1. marketing va uni rivojlanishining asosiy bosqichlari ulgurji savdo



Yüklə 4,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/206
tarix14.12.2023
ölçüsü4,8 Kb.
#177407
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   206
M.A.

Xarid haqida qaror. 
Baholash bosqichida iste’molchida tanlov yakunida ma’lum markani afzal 
ko‘rish shakllanadi va eng yoqqan variantni sotib olishga ishtiyoq tug‘iladi. Shu bilan birga tovarni 
sotib olish ishtiyoqi va xarid haqida qaror o‘rtasida yana ikki omilning ta’siri paydo bo‘lishi 
mumkin. 
Birinchi omil – boshqa odamlarning xaridga nisbatan munosabatlari. Boshqa odam fikrining 
salmoqliligi, birinchidan, iste’molchi tomonidan tanlangan markaga nisbatan uning salbiy 
munosabatining jadalligiga, ikkinchidan, potensial sotib oluvchining boshqalarning ishonchini 
qozonishiga. 
Ikkinchi omil – xaridorining fikrini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan, avvaldan ko‘zda tutilmagan 
vaziyatlar. Tasavvur qiling, bizning potensial xaridorimiz ishidan ajralib qoldi yoki boshqa yirik 
xarid qilishiga to‘g‘ri kelib qoldi yoxud unga sotuvchi yoqmadi. Shuning uchun xaridorning afzal 
ko‘rishi yoki niyatiga ko‘pincha ishonavermaslik kerak. Xaridor istagining o‘zgarishiga xarid 
haqidagi niyatini keyinga qoldirishiga u anglab yetgan risk (xavf, tavakkalchilik) ko‘proq ta’sir 
etadi. Risk miqdoriga quyidagilar kiradi: 

xarid uchun talab qilinadigan pul miqdori 



variantlar bahosi 

tovar sotib olish niyati 

boshqa odamlar munosabati 

oldindan ko‘zda tutilmagan holatlar omillari 

xarid haqida qaror 
Xaridorning tovarning xususiyatlariga nisbatan gumonlariga va individning ishonganlik darajasiga 
ta’sir etadi. Xarid bilan bog‘liq risklarni kamaytirish uchun iste’molchilar sotib olishni keyinga 
qoldiradi, shu bilan birga ishlab chiqaruvchi mamlakat va beriladigan kafolatlarga tayanib, yangi 
axborotlar yig‘adi. Marketologlar xaridorlarning xarid bilan kuzatiladigan muammolar haqidagi 
fikrlarni yig‘ish omillarini e’tiborga olishlari va iste’molchini ular tomonidan anglashiladigan 
xatarni kamaytiruvchi axborotlar bilan avvalroq tanishtirishlari lozim. 

Yüklə 4,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin