ko‘proq narsa bilish uchun do‘konlarga kiradi. Marketologlar uchun iste’molchilarning asosiy
axborot manbayidan xabardorlik va xarid haqida qaror qabul qilishi davomida ularning har biriga
alohida ta’sir eta bilish ulkan ahamiyatga ega. Iste’molchilarning axborot manbalari to‘rt guruhga
bo‘linadi:
1. Shaxsiy manbalar: oilasi, do‘stlari, qo‘shnilar, tanishlar.
2.Tijorat manbalari: reklama, savdo vakillari, dillerlar, o‘ramlar, ko‘rgazmalar.
3.
Jamoatchilik manbalari: ommaviy axborot vositalari, iste’molchilar klassifikatsiyalarini
(tasnifini) o‘rganuvchi tashkilotlar.
4.
Shaxsiy tajriba: tanishuv, ko‘rib chiqish, tovardan foydalanish.
Axborot manbalarining soni va ularning iste’molchilarga ta’siri tovarning kategoriyasiga va
insonning individual o‘ziga xosligiga bog‘liq. Umuman tovar haqidagi ma’lumotlarning katta
qismini ishlab chiqaruvchi foydalangan tijorat manbalaridan olamiz, biroq eng samarali axborot
iste’molchining shaxsiy manbalaridan kelib tushadiganlari hisoblanadi. Har bir manba individning
xarid haqidagi qaroriga o‘zicha ta’sir ko‘rsatadi. Tijorat manbalari axborotlarni faqat tashiydi,
shaxsiy manbalar esa olingan bilimlarni mustahkamlaydi yoki ularga baho berishga imkon beradi.
Misol uchun, shifokor yangi dorilar haqida tijorat manbalaridan biladi, biroq uning narxi borasida u
hamkasblariga murojaat qiladi.
Ishonchli axborotlarni yig‘a borib, iste’molchi tovarning markasi va ularning xossalari haqida yangi
ma’lumotlarni bilib oladi. Tabiiyki, kompaniya xabardorlik yig‘malarida markalar ishtirokini
ta’minlashi mumkin bo‘lgan marketing strategiyasini ishlab chiqishi, maqsadli iste’molchilarni
ko‘rib chiqishi va tanlashi lozim. Bundan tashqari ishlab chiqaruvchi yana qaysi markalar
iste’molchilarning tanlov yig‘malariga kirishini aniqlash iste’molchilarning axborot manbalarini
belgilab, ularning nisbiy qimmatligini o‘rganishi kerak, shuningdek, iste’molchilar so‘rovnomasini
o‘tkazish va ular marka haqida birinchi marta ma’lumotlarga egaligi va turli xil axborot manbalarini
qanday baholashini aniqlashi zarur. Savollarga javoblar kompaniyalarga maqsadli bozor bilan
samarali kommunikatsiyalarni saqlab turishga yordam beradi.
Markalarning Xabardorlik Ko‘rib Tanlash Qaror
to‘liq yig‘masi yig‘masi chiqish yig‘masi yig‘masi
8.4- rasm. Xarid haqida qaror qabul qilish jarayonida amal qiluvchi markalar yig‘masini
Dostları ilə paylaş: