1. marketing va uni rivojlanishining asosiy bosqichlari ulgurji savdo


Xarid haqida qaror qabul qilish jarayonining bosqichlari



Yüklə 4,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/206
tarix14.12.2023
ölçüsü4,8 Kb.
#177407
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   206
M.A.

Xarid haqida qaror qabul qilish jarayonining bosqichlari 
Ilg‘or kompaniyalar doimiy ravishda iste’molchilar tomonidan tovar haqida ma’lumotlar yig‘ish, 
savdo markasini tanlash, mahsulotdan foydalanish va hatto uni yo‘q qilish jarayonlarini tadqiq qilish 
bilan shug‘ullanadilar. «Honda» ning muhandislari mahsulotlar solingan sumkalarni o‘z 
avtomobillari yukxonasiga joylashtirish (yuklash) jarayonini video tasmaga yozib oldilar va 
iste’molchilarning harakatlarini eng mayda holatigacha ko‘rib chiqib, konstruksiyaga zarur 
o‘zgartirishlar kiritdilar. «Quicken» - moliyaviy dasturlarni ishlab chiquvchi kompaniyaning 
«Intuit» xodimlari o‘z tovarlarining yangi sotib oluvchilarining har bir xatti-harakatlarini yuzaga 
kelgan murakkabliklari bilan qayd etgan holda kuzatdilar. Benson Shapiro va uning hamkasblari 
kompaniyalarni «buyurtmalar bilan qadrlash» tovarga buyurtma berish jarayonida yuz beradigan 
yoki yuz berishi mumkin bo‘lgan hamma narsaga e’tibor qaratishga chaqiradi. 
Marketolog tovarni xarid qilish jarayoni bosqichlarini qanday aniqlaydi? U o‘zini xaridorning 
o‘rniga qo‘yib ko‘rishi (introspeksiyalar metodi) yaqindagi xaridorlardan ularni ushbu tovarni sotib 
olishni rejalashtirayotgan iste’molchilardan xaridning bo‘lg‘usi jarayonini tasvirlab berishini 
so‘rashi vanihoyat, xaridorlar xaridning ideal jarayonini tasavvur qilishlari bilan qiziqishi mumkin. 
Ushbu metodlardan har biri yaratilayotgan xarid jarayoni bosqichlariga yangi-yangi «rang» beradi. 
Iste’molchining tovarga nisbatan tabiatini tadqiq qilish turlicha nomlanadi: iste’molchilik tizimi 
manzarasini tuzish, xaridorlik faoliyati sikli, xaridorlik ssenariysi. Tadqiqot obyekti iste’molchilik 
faoliyatining, masalan, yuvish, to‘yga tayyorgarlik, avtomobil xarid qilish kabi turlari bo‘lishi 
mumkin. Oxirgi holatni ko‘rib chiqamiz. Avtomobil sotib olish harakatlari mashina tanlash, xarid 
uchun pul qidirish, sug‘urtani rasmiylashtirish, aksessuarlar xarid qilish kabi bir yo‘la bir necha 
turlari bilan bog‘liq. Professor M.Shouni ushbu harakatlarning hammasini birlashtirib bozorga 
taalluqli iste’molchilarga, bu harakatlarni amalga oshrishda yordam beruvchi firmalarni esa 
“metavositachilar”, deb qaraydi. Bir metavositachiga misol sifatida Edmunds. com.web-saytini 
ko‘rsatish mumkin. Edmunds.com. sayt avtomobillar va yondosh xizmatlar bo‘yicha oldindan 
olinmagan, obyektiv ma’lumotlarni taklif qiladi. Ular quyidagicha ishlaydilar: 
Edmunds. com.da taqdim etilgan har qanday avtomobillar uchun foydalanuvchilar modelning o‘ziga 
xos xususiyatlari, sifati va dillerlar narxini bilishi mumkin. Bir necha marka va modelni tanlash 
bilan cheklanish, mashinalarni parallel taqqoslash mumkin. Sayt orqali ishlab chiqaruvchilarga, 
maxsus iste’molchilarga atalgan va tanlangan avtomobillar haqida axborotlar bilan risolalarni 
buyurtma berish mumkin. 
Yordam uchun turli avtomobillar egalari Edmunds («Edmunds Town Hall») ga murojaat qilish 
mumkin. Bu yerda turli kompaniyalar haqida salbiy fikrlar bilan saytlarga ilovalar ham topishi 
mumkin. Tez orada foydalanuvchilar uchun bir yo‘la bir necha markadagi avtomobillarning 
«haydovchilarini testdan o‘tkazish»ga yozilish imkoniyati bo‘ladi, ularga Edmunds va CarMax, 
Avto Nationalning sherik kompaniyalari va boshqalar homiylik qiladi. Xaridorlar mashinani 
bemalol, erkin ko‘zdan kechira oladilar. Bunday testlashtirishning vaqti, joyi va ishtirokchilari 
oldindan belgilanadi, chunki xaridorlar aynan o‘zlariga zarur modellarini sotib olishlariga ishonsa 
bo‘ladi. Mashinaning markasini aniqlagach, foydalanuvchilar zarur model va modifikatsiyalarni 


tanlashlari mumkin. Hammasi yakunlangach, “Edmunds” dan (National-Bank orqali) mashina sotib 
olish uchun kredit olish, servis kafolatni uzaytirish (Warranty Gold yordamida avtomobilni 
sug‘urtalash (GEICO kompaniyalarida), qolgan pulga esa aksessuarlar sotib olish (J.C.Whitney dan) 
mumkin. 
Olimlar tomonidan mashina sotib olishning tabiiy, besh bosqichni o‘z ichiga oluvchi modeli ishlab 
chiqilgan: muammoni tushunib yetish, axborotlar qidirish, variantlarni baholash, xarid haqida qaror 
va sotib olingandan keyingi reaksiya tabiiyki, xarid jarayoni bevosita tovar sotib olishdan ancha 
oldin boshlanadi, uning oqibati esa sotib olish aksi yuz bergandan keyin ancha vaqt o‘tib paydo 
bo‘ladi. 
Xarid jarayoni modeli uning bosqichlari izchil davom etishini ko‘zda tutadi. 
1.
Muammolarni anglab yetish. 
2.
Axborotlarni qidirish. 
3.
Variantlarni baholash. 
4.
Xarid haqida qaror. 
5.
Xaridga reaksiya. 

Yüklə 4,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin