1970-yillarda logistika sanoat tarmoqlariga kirib kelib, kompleks ta’minot, ishlab chiqarish
omborxonalarida saqlash, iste’molchilarga yetkazib berishni nazarda tutdi.
1980-yillarga kelib logistikaning ahamiyati shunchalik ortdiki, ishlab chiqarish korxonalarida
logistika bo‘limi tashkil etildi. AQSh va Yevropa oliygohlari logistika bo‘yicha mutaxasislar
tayyorlay boshladi. 1990-yillarda xalqaro iqtisodiy munosabatlarda logistika jarayonlari qo‘llanib,
savdo-sotiq, iqtisodiy erkin savdo zonalarida logistika xizmatlari joriy etildi.
Ketma-ket bajariladigan jarayonning samarali bajarilishi logistikaning asosiy maqsadidir.
Logistika obyekti bo‘lib –
tovarlar, shaxslar, axborotlar, texnologiyalar, energiya,
moliyaviy
resurslar hisoblanadi. Tarmoqlar oziq– ovqat sanoati, metall ishlab chiqarish va qayta ishlash, kimyo
sanoati, qog‘oz-selluloza sanoati, qog‘oz ishlab chiqarish,
elektron sanoat, tekstil sanoati,
mashinasozlik bo‘yicha xarajatlar ulushi turlicha.
11.5-rasm. Ishlab chiqarish jarayonida logistika integratsiyasi
1991-yilda Butunittifoq logistika Assotsiatsiyasi tashkil etilgan bo‘lib, u 1993-yil “Logistika
ishlanmalar Fondi”ga o‘zgartirildi. Yevropa va AQShda Logistik injenerlar jamiyati va
assotsatsiyasi mavjud.
11.3-jadval Logistika tavsifi
Dostları ilə paylaş: