1. marketing va uni rivojlanishining asosiy bosqichlari ulgurji savdo


Savdo vositachilaridan foydalanishning muhim afzalliklari



Yüklə 4,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə150/206
tarix14.12.2023
ölçüsü4,8 Kb.
#177407
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   206
M.A.

Savdo vositachilaridan foydalanishning muhim afzalliklari 
Sanoat firmasi mahsulot eksporti bilan shug‘ullanganda importyor mamlakat hududida savdo 
shaxobchalarini tashkil etish xarajatlarini tejaydi, chunki vositachi firmalar odatda, o‘z moddiy-
texnika bazalariga omborxonalar, namoyish zallari, ta’mirlash ustaxonalari va boshqalarga ega 
bo‘ladi.Yana bir afzallik shundan iboratki, eksport qilinganda vositachilar ishlab chiqaruvchilarni 
tovar harakati, tovarni sotish bilan bog‘liq mahsulotni yetkazib berish, saralash, joylash, turli 
xillarga ajratish, bozorga moslashish va boshqalardan ozod qiladi. 
Uchinchi bir afzallik - qisqa muddatli va uzoq muddatli kredit asosida bitimlarni moliyalashda 
vositachi kapitalidan foydalaniladi. Bu holda vositachilarning banklar, transport hamda sug‘urta 
kompaniyalari bilan aloqasi barqaror bo‘lishi lozim. 
Diler
- mustaqil kichik vositachi tadbirkor bo‘lib, oldi-sotdi ishlarini bajaradi va moddiy 
javobgarlikka ega.Vositachi hamkorlarni tanlash hamma tovar ishlab chiqaruvchilar uchun muhim 
omil hisoblanadi. Eng avvalo, shunga ahamiyat berish kerakki, tanlab olinayotgan vositachi bir 
vaqtning o‘zida bozordagi sizning firmangizning raqobatchisi bo‘lmasligi kerak. Umumiy holatda 
vositachi firmalar ichidan sizning tovaringizni sotish bo‘yicha ixtisoslashganini tanlash zarur. Yana 
vositachi firmaning bozordagi obro‘- e’tibori, mavqeyi, moliyaviy ahvoli qanday va qaysi bank bilan 
ishlaydi kabi savollarga javob olishi kerak. Uning asosiy belgilari: savdo shaxobchalarining moddiy 
texnikasi, joylashishi, sotuvchi xodimlarning malakasi va boshqalar. Oldin sinash uchun biror yilga 
shartnoma tuziladi va vositachi savdo firma vakili, rahbari – menejeri, vositachini va uning 
shaxobchalarini shaxsan o‘rganadi. Vositachilar iloji boricha ko‘proq tanlanadi va ularning 
marketing - bozor dasturlariga ahamiyat beriladi. 
Hozirgi sharoitda vositachilar bajaradigan vazifalar va ko‘rsatadigan xizmat turlari g‘oyat ko‘p. Ular 
quyidagilardan iborat: 

sotishni tashkil etish ishlarini bajarish - kontragentlarni izlash, sotuvchi nomidan xaridni 
rasmiylashtirish, tovar haqi uchun pul to‘lanishini xaridor nomidan kafolatlash, reklama 
kompaniyalarini o‘tkazish va bozorni tadqiq qilish; 

transport - tashish ishlari, yukni sug‘urtalashni amalga oshirish, savdo harakatlarini moliyalash; 

texnik xizmat, sotishdan keyingi texnik xizmat ko‘rsatish, bozor to‘g‘risidagi axborot to‘plash va 
uni taqdim etish. 

Yüklə 4,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin