1. marketing va uni rivojlanishining asosiy bosqichlari ulgurji savdo



Yüklə 4,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə148/206
tarix14.12.2023
ölçüsü4,8 Kb.
#177407
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   206
M.A.

Marketing-kontrolling
– nazoratning tarkibiy qismi bo‘lib, sotuv kontrollingi hisoblanadi. Uning 
asosiy maqsadi sotuv faoliyatidagi kuchsiz elementlarni aniqlash, ularni takomillashtirishga 
yo‘naltirilgan. 


Sotuv siyosati vazifalarining samarali bajarilishini, tarqatish kanallari faoliyatini nazorat qilish, 
natijaviy ko‘rsatkichlarni tahlil etish sotuv kanalining asosiy vazifasidir. Bu mexanizm yordamida 
marketing kompleksidagi tovarlarni tarqatish iste’molchiga yetkazib berish siyosatining bajarilishi 
ta’minlanadi. 
Sotuv kontrolling (marketing kontrolling) ning asosiy maqsadi – sotuvni tashkil etish va samarasini 
oshirishga qaratilgan. 
Sotuv kontrolling (nazorati) turlari
: moliyaviy kontrolling, xarajatlar kontrollingi, investitsion 
kontrolling, ishlab chiqaruvchi kontrollingi, tashqi ma’lumotlar asosida kontrolling, ichki 
ma’lumotlar asosida kontrolling, raqobatchilar-hamkorlar bilan qiyoslash, avtomatlashtirilmagan 
kontrolling, avtomatlashtirilgan (kompyuter dasturlari) kontrolling, logistik kontrolling va hokazo. 
Axborot bilan ta’minlash, kuzatish, nazorat va tartibga solish sotuv kontrollingning asosiy 
faoliyatlari bo‘lib hisoblanadi. Sotuv ko‘rsatkichlarini rejalashtirish qaysi tovarlarga talabning o‘sib 
borayotganini aniqlash, bozor sig‘imi, potensial talab kabi ko‘rsatkichlar tahliliga asoslanadi. 
Axborot bazasining keng qamrovliligi sotuv jarayonini samarali olib borilishning muhim omilidir. 
Axborotni tizimli tartibga solish, tahlil qilish, potensial bozor va uning segmentlarini o‘rganish 
menejment qarorlarini qabul qilishda juda muhim hisoblanadi. Nazorat funksiyasi miqdoriy va 
segment jihatdan sotuv jarayonining tahlili va kuzatuvini olib boradi. 
Tartibga solish funksiyasi mijozlar bilan o‘zaro aloqalar strategiyasi, narx siyosati, sotuvni 
rag‘batlantirish, marketing chora-tadbirlarini o‘tkazishga qaratilgan. 
Sotuv kontrolling (nazorati) funksiyasining bajarilishi bosh vazifalarni hal etishga qaratilgan, bular: 

xarajatlar va daromadlarni boshqarishga tizimli yondashish; 

bo‘lishi mumkin bo‘lgan salbiy holatlarni oldini olish, maqsad va natijalarga erishish uchun 
strategik va taktik rejalarni tartibga solish; 

integrallashgan tizim — firmaning barcha funksional bo‘limlarini muvofiqlashgan va 
integrallashgan (birlashgan) holda faoliyatini ta’minlaydi. 
Sotuv kontrollingini o‘tkazish albatta, operativ axborot ma’lumotlariga tayanadi. Bu ma’lumotlar 
ham tashqi, ham ichki axborotdan iborat. Axborot manbalari ichki va tashqi faoliyat natijalari, 
barcha iqtisodiy-statistik ma’lumotlardan tashkil topadi. Firmaning har bir bo‘limi faoliyatlari 
ko‘rsatkichlari sotuv kontrollingining axborotlar manbayi hisoblanadi. 
Axborot ta’minoti jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat: 

axborotlarni to‘plash; 



saqlash, xavfsizligini ta’minlash; 

axborotlarni qayta ishlash; 

sifatli ravishda axborotlarni tizimga joylash; - axborot bazasini shakllantirish. 
Sotuv jarayoni kontrollingi firmaning transport konsepsiyasidan kelib chiqqan bo‘lishi va strategik 
muhim vazifalarni hal etishga qaratilgan bo‘lishi kerak. 

tijorat faolligini oshirish, qachon va qaysi bosqichlarda zarur; 

tovar va xizmatlarning sifati qanday bo‘lishi kerak; 

mijozlar bilan munosabatlar qaysi strategiyalarga asoslanishi kerak; 

qaysi yangi bozorlarda yangi iste’molchilar segmentini topish kerak

firmaning raqobatchi firmalardan afzalligi; 

doimiy mijozlar bilan aloqalarni mustahkamllash; 

strategik konsepsiya qaysi doiraga mo‘ljallangan (barcha korxonalar uchun yoki bir bo‘lim 
uchun). 

strategik va operativ nazorat sotuv kontrollingning tarkibiy qismi bo‘lib, u sotuvga 
tayyorgarlik, uni samarali o‘tkazish funksiyasini o‘z ichiga oladi. 
Sotuv kontrolling tizimining samaradorligi quyidagi prinsplarga asoslanadi: 

sotuv jarayonida tavakkchilikni minimallashtirish; 

menejment jarayonida tub o‘zgarishlarsiz sotuvni qo‘llab-quvvatlash; 

savdo jarayonida vujudga keladigan muammolar tufayli kadrlar salohiyatiga qarab ularni 
o‘zgartirish, kerakli joyga qo‘yish, zaruriyatdan kelib chiqqan holda faoliyatga yo‘naltirish; 

ishlab chiqaruvchi marketing, logistika menejmenti sohalariga kasbiy talabni oshirish. 
Sotuv kontrollingi korxona strategik faoliyati samarasini ta’minlab, uning daromadining oshishiga, 
foyda, tovar aylanmasi, xarajatlar strukturasini boshqarishiga ta’sir ko‘rsatadi. 



Yüklə 4,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin